1-Laboratoriya ishi.
SINOV VA OʻLCHOV USKUNALARI. SINOV TRANSFORMATORINI
DARAJALASH
IZOLYATORNI TORTISH KUCHIGA MEXANIK CHIDAMLILIGINI
ANIQLASH.
KABEL VA ELEKTRMASHINALARDA ISHLATILADIGAN IZOLTSIYA
MATERIALLARNI SIG‘IMINI VA ENERGIYA BEFOYDA YO‘QOTISH
KOEFFITSIENTINI ANIQLASH.
KABELLARNI ELEKTR SINOVLARI.
SUYUUQ
DIELEKTRIKLARNI
XAR
XIL
ELEKTRODLAR
SISTEMASIDA ELEKTR CHIDAMLIGINI ANIQLASH.
I. Ishni bajarishdan maqsad.
Y
uqori kuchlanishni oʻlchashda va sinashda qoʻllaniladigan oʻlchash va
sinov asboblari, shu jumladan sinov transformatorining va oʻlchash uskunalarining,
hamda impuls kuchlanishlar generatorlarining ishlash printsipi va oʻlchash usullari
bilan tanishish. Sinov transformatoridan foydalanib elementlarning oʻlchash
chegarasini tekshirish va xarakteristikalari bilan tanishish.
Yuqori kuchlanish uskunalarining izolyatsiyasi
ekspluatatsiya jarayonida
faqat ishchi kuchlanish ta’sirida boʻlib qolmasdan balki kuchlanish impulsining
(kommutatsiyali va chaqmoqli) ta’sirida boʻlib qolishi mumkin.
Sistema elementlari izolyatsiya konstruktsiyalari va ularni izolyatsiyalovchi
elementlarining ishlash kobiliyati va ishonchliligi toʻg’risida
fikr yuritish uchun
ularni laboratoriya yoki sanoat (dala) sharoitida sinash kerak. Sanoat chastotasida
oʻzgaruvchan kuchlanishda sinovlar oʻtkazilayotganda yuqori kuchlanishning
amplitudaviy, ta’sir etuvchi qiymatlarini oʻlchash bilan birga
sinov kuchlanishining
shaklini nazorat qilishga ham toʻg’ri keladi. Bu tajribada kuchlanish turlarining
manbai – transformatorlar va transformatorlar kaskadi, toʻg’rilagich
uskunalari,
elektrostatik generatorlari, chaqmoq va kommutatsiya impuls kuchlanishi
generatorlari hisoblanadi.
Yuqori kuchlanishdagi oʻlchash asboblari - sharli oʻlchash razryadlagichlari
va elektrostatik voltmetr sinalayotgan ob’ektlarga
bevosita ulanadi, hamda
kuchlanishni oʻlchash vaqtida yuqori kuchlanish ostida boʻladi. Ancha yuqori
kuchlanishlarni,
toklarni, hamda tez kechayotgan jarayonlarni oʻlchash ma’lum
qiyinchiliklarga olib keladi va uni amalga oshirish uchun maxsus apparaturalar va
qurilmalarni (kuchlanishni boʻlgichlarni, sharli razryadlagichlarni, amplitudaviy
voltmetrlarni, ostsillograflarni) qoʻllashni taqozo etadi.
Past kuchlanishdagi
oʻlchash asboblari esa yuqori kuchlanish zanjiriga kuchlanishni boʻlgich yoki
pasaytiruvchi transformator yordamida ulanadi.
SHarli oʻlchov razryadlagichlari yuqori kuchlanishni bevosita oʻlchash yoki
yuqori kuchlanishni oʻlchashga moʻljallangan boshqa oʻlchov asboblarini va
uskunalarini darajalashda qoʻllaniladi.
Asosan
darajalash
sharli
razryadlagich
yordamida
oʻlchanayotgan
kuchlanish bilan sinalayotgan uskunalarning oʻlchash zanjiriga ulangan oʻlchash
asboblarining koʻrsatishi orasidagi bog’lanishni oʻrnatish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: