“Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish” fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi «Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish»
Sinov transformatorini darajalash
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o (2)
2.4. Sinov transformatorini darajalash.
Ikkilamchi (yuqori kuchlanish) kuchlanishni birlamchi kuchlanishning qiymatidan foydalanib ma’lum transformatsiyalash koeffitsientini qoʻllab aniqlash ancha qulaydir 1 2 U K U Lekin, bu holda sinalayotgan ob’ektning sig’imi bilan aniqlanadigan, sinov transformatorining chulg’ami boʻylab tokning oqib oʻtishi va sinov transformatorining toʻyinishi bilan bog’liq boʻlgan yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan xatolikga olib keladi. Quyidagi 1.1 –rasmda keltirilgan vektor diagrammasidan 1 2 U U kuchlanishlar nisbatiga yuklama sig’im tokining ta’siri illyustratsiya qilingan, shuning uchun ikkilamchi kuchlanish U 2 -ni yanada aniqroq aniqlash uchun ommaviy sinovlarda sharli razryadlagich yordamida tajriba yoʻli bilan olingan U 2 =f(U 1 ) darajalash egri chizig’idan foydalaniladi. Ma’lumki, shar–shar oraliqqa mansub boʻlgan bir qancha afzaliklarga ega boʻlgan sharli razryadlagichlar yuqori kuchlanish laboratoriyalarida amplitudaviy voltmetr sifatida qoʻllaniladi. SHarlar orasidagi masofaning keng diapazonda S 0,5D oʻzgarishida bu oraliq oʻlchashning ancha turg’un natijalarini beradi. Impulьslar koeffitsienti birga yaqin. SHar–shar oralig’i boshqa oriliqlarga qaraganda ixchamdir. Sinov transformatorining boshqarish sxemasini oʻz ichiga olgan tajriba ishining printsipial sxemasi 2.2.-rasmda keltirilgan. SHarli razryadlagich yordamida transformatorlarni darajalash ikkita usul boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Birinchi usul boʻyicha birlamchi chulg’amda voltmetrning shkalasidagi butun songa mos keluvchi boʻlinishlarga teng kuchlanish qoʻyiladi va keyinchalik oldindan ancha masofaga uzoqlashtirilgan sharlar ular orasida razryad paydo boʻlguncha yaqinlashtiriladi. Keyin esa sharlar orasidagi masofaning uzunligi (X) oʻlchanadi va tablitsa yoki sharli razryadlagichning darajalash egri chizig’i yordamida birlamchi kuchlanishning bu qiymatiga mos keluvchi U 2 kuchlanish aniqlanadi. Bu usulni qoʻllaganimizda sharli razryadlagich sharlari orasidagi masofaning uzunligini kuchlanish qoʻyilgan xolatda oʻzgartiradigan moslama va razryadlanish oraliqning (X) qiymatini hisoblaydigan shkala boʻlishi kerak. Ikkinchi usul boʻyicha tanlangan ma’lum kuchlanishga mos keluvchi sharlar orasidagi masofa oʻrnatiladi. Keyin sinov transformatori qoʻshiladi va kuchlanish X oraliqda razryad olinguncha sekin koʻpaytirilib boriladi. Razryad boshlangan paytdagi (lahzadagi) kuchlanish U 1 volьtmetr yordamida qayd qilinadi. Bu usulning afzalligi darajalash uchun masofadan boshqarilishga ega boʻlmagan sharli razryadlagichni qoʻllashdir. Tajriba ishini bajarishda shu usuldan foydalanamiz. SHarli razryadlagichdan foydalanilganda uni shunday oʻrnatish lozimki, uni oʻrab turgan predmetlar (narsalar) undan 5D masofada joylashishi kerak. SHarlar sirtining toza saqlanishi talab etiladi. Oʻlchash paytida tasodifiy xatoliklardan muhofazalanish uchun teshilish tajribasi bir necha (3-5) marta takrorlanib ularning oʻrtachasi olinishi kerak. Xavfli oʻtakuchlanishlarning oldini olish maqsadida sinov transformatorini zarb bilan qoʻshib boʻlmaydi. .a) b) 1.1-rasm. Transformatorning vektor diagrammasi a) Induktiv xarakterli yuklama; b) Sig’im xarakterli yuklama Kuchlanishning koʻtarilish tezligi 1kV/sek dan oshmasligi kerak. SHuni yodda tutish lozimki, sinalayotgan oraliqning har bir teshilishi sinov transformatori uchun qisqa tutashuv sifatida qabul qilinadi. SHuning uchun har bir razryadlanish (teshilishdan) keyin sinov transformatorini avtomatik ravishda oʻchirish moslamasi koʻzda tutilishi va avtomatik oʻchirish moslamasi boʻlmasa uni qoʻlda oʻchirish kerak. Har bir razryadlanish KSHR uskunasida ma’lum bir iz qoldaradi - sharlar sirtida kuyindi hosil boʻlishi va razryad kuchlanish qiymatining oʻzgarishi nazarda tutilgan. Sinov transformatorining yuqori kuchlanish zanjirida tokning qiymatini I ’ 2 j 1 1 x I 1 1 1 1 1 x I _ 1 1 1 x I E 1 I 0 I Ф 0 2 ' 2 I 1 1 x I -E 1 j 1 1 x j 1 U 1 I ' 2 I I 0 Ф 0 2 2 ' ' 2 U ' 2 ' 2 r I 0 0 2 1 x I E E ' 2 U 0 0 2 1 x I E E -j ' 2 ' 2 x I - r I ' 2 chegaralash maqsadida 1kOm/kV hisobidan aktiv qarshilik (koʻpincha suvlik yoki sopol) ulanishi kerak a) b) kV m ax 0 2 4 6 8 10 12 X (sm) 2.2.-rasm Sinov transformatorining boshqarish sxemasini oʻz ichiga olgan tajriba ishining printsipial sxemasi a) IOM 100/25 rusumli sinov transformatorli sinov qurilmasining printsipial sxemasi. R 3 V V A РОТ (РНО) R 3 V V A РОТ (РНО) U ’’ 2 80 60 20 40 b) x<8 sm boʻlgandagi U” 2 =f(x) funktsional bog’lanish 8> Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling