“Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish” fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi «Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish»


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1611112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o (2)

Sinov sharoitiga talablar: Sinov sharoitini izolyatsiyaning ishlash 
sharoitiga maksimal yaqinlashtirish va aniqroq natija olish uchun bir qancha 
shartlar bajarilishi kerak: 
1. Sig’imi elektr maydon shakliga ta’sir koʻrsatuvchi va tashqi elektr magnit 
maydon ta’sirini bartaraf etish uchun katta oʻlchamli predmetlarni sinov va oʻlchov 
olib borilayotgan joydan uzoqlashtirish kerak. Buning uchun birinchidan
zaminlangan yoki oʻzga kuchlanish ostidagi oʻlchami katta uskunalar sinov 
ob’ektidan ma’lum bir masofada boʻlishi kerak. Misol uchun kuchlanishi 220 kV-
dan yuqori kuchlanishda sinov oʻtkazilsa, qayd etilgan masofa sinov ob’ekti 
oʻlchamiga nisbatan 2-3 marta katta boʻlishi kerak. 
2. Tashqi maydonning oʻlchash natijalariga ta’sirini bartaraf etish uchun 
sinov maydoni maxsus oʻtkazuvchi ekran - faradey qafasi ichiga olinadi. Ekran 
ishonchli zaminlangan boʻlishi kerak. Bu haqiqatan ham tashqi maydon ta’sirini va 
elektromagnit maydon tarqalishini bartaraf etadi.
3. Asosiy talablardan yana biri bu sinov jarayonida texnika xavfsizligi 
qoidalariga rioya qilish va zaminlash jamlamasining qarshiligi 0.5 Om dan katta 
boʻlmasligini ta’minlash kerak. 
4. Potentsiallarni taqsimlanishini tekislash uchun inshoatning poliga setka 
toʻshalishi va sinalayotgan ob’ekt ham aktiv qarshilikli (folьgalar) yordamida yer 
ustidagi nuqtalarda zaminlanishi kerak. 
5. Sinash maydoni shunday tanlanishi zarurki, sinalayotgan ob’ektdan – 
laboratoriya devorlariga va doimiy toʻsiqlarga, hamda elektr qurilmalarining 
zaminlangan qismlarigacha boʻlgan masofa tavsiya etilgan normaga mos kelishi 
kerak va oldinda koʻzda tutilmagan yoʻnalish boʻyicha razryadlanishning 
rivojlanishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
II. Ishga oid nazariy tushunchalar. 
2.1. Oʻzgarmas kuchlanish sinov uskunalari. 
Laboratoriya sharoitiga oʻzgarmas tok kuchlanishi oʻzgaruvchan tok 
kuchlanishini toʻg’rilash yoʻli bilan olinadi. Bu maqsadda kenotron yoki yarim 
oʻtkazgichli (germaniy, selen yoki kremniy moddalari asosida ishlangan) 
toʻg’rilagichlar (oʻzgartirgichlar) ishlatiladi. Ish uslubi sodda boʻlgani uchun yarim 
oʻtkazgichli toʻg’rilagichlar qoʻllanilishi maqsadga muvofiqdir. Ularni ketma-ket 
ulab, qiymati 100-200 kV oʻzgarmas kuchlanish olish mumkin. Faqat 
toʻg’rilagichlarni tanlab olishda ularning volьt-amper xarakteristikasi bir xil 
boʻlishiga ahamiyat berish kerak. 


Oʻta kuchlanishlar hosil etish uchun koʻpaytirish sxemalari qoʻllaniladi. 
Hozirgi vaqtda yuqori kuchlanish texnikasida qoʻllanilayotgan kuchlanishi 3200 
kV, tok kuchi 100-200 mA boʻlgan oʻzgarmas kuchlanish generatorlari mavjud. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling