“Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish” fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi «Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish»


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1611112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o (2)

2
.3. Sinov transformatori. 
Sinov transformatori (ST) yuqori kuchlanish texnikasi laboratoriyasining 
asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ular bir fazali (chulg’amli) qilib 
tayyorlanadi va uning nominal kuchlanishi 1 mln volьtdan oshib ketishi mumkin. 
Nominal kuchlanishi 250 kV-gacha boʻlgan sinov transformatorlari 0,1

1,0 A 
tokka tayyorlansa, undan yuqoriroq nominal kuchlanishga esa 1-10 A tokka 
moʻljallab 
tayyorlanadi. 
Quyidagi 
1-jadvalda 
sinov 
trnsformatorlarining 
parametrlari keltirilgan. 
Jadval -1
Qisqach

Nomi 
Rusumi 
Kuchlanish
qiymati, kV
Nominal 
quvvati, 
kV 
Toʻlqin 
shakli 
Uk,

I,

ST 
PEOI 350/700 
700 
350 
50 Gts 
12.8 
0.5 
ST 
FREO 2100/ 600 
600 
2400 
50 Gts 
10 
3.3 


ST 
IOM 100/100 
100 
100 
50 Gts 


ST 
SH 100/10 
100 (50) 
10 
50 Gts 

Kuch 
transformatorlariga 
nisbatan, 
sinov 
transformatorlarining 
chulg’amlararo va bosh izolyatsiyasining elektr mustahkamligi anchagina past 
boʻladi. SHu sababdan sinov transformatorlarini qoʻshish qoidalarini va unda 
kuchlanishni oʻzgartirishni juda aniq bajarish kerak. Ya’ni sinov transformatoriga 
uning nominal kuchlanishidan 25% ortiq kuchlanishni zarb bilan berib boʻlmaydi. 
Kuchlanishning koʻtarilish tezligi 1Kv/s.dan oshmasligi kerak. Zavod va firmalar 
beradigan yoʻriqnomalarda bu talablar aniqlashtiriladi. 
Sinov transformatorining birlamchi tomoniga ulangan oʻlchov asbobi 
yordamida yuqori kuchlanishni oʻlchashda, oʻlchash asbobini darajalashi 
sinalayotgan ob’ekt sinov transformatorining yuqori kuchlanish tomoniga ulangan 
holda amalga oshiriladi. Uning birlamchi chulg’amiga tarmoqdan rostlovchi 
transformator yordamida oʻzgaruvchi U
1
, kuchlanishi beriladi va ikkilamchi 
chulg’amidan U
2
, yuqori kuchlanishning qiymati olinadi. 
Ba’zan sinov transformatorlari ikkita yuqori kuchlanishga moʻljallangan 
kirishli kilib bajariladi. Bu holda chulg’amlarning oʻrtasi zaminlanadi va har bir 
kirish nominal kuchlanishning yarmiga moʻljallanib hisoblanadi. Bu ayniqsa 500 
kV va undan yuqori kuchlanishlar uchun jiddiy, chunki kirishlarning 
izolyatsiyasini bajarish og’irlashib boraveradi.
Bir kirimli sinov transformatorining afzalligi (yuqori kuchlanish 
chulg’amining oxiri zaminlangan) uning izolyatsiyaning sinash sharoitining 
ekspluatatsiya sharoitiga maksimal yaqinligidir. 
Yuqori kuchlanish izolyatsiyasini va yuqori kuchlanish kirishining 
izolyatsiyasini tashkil etish bilan bog’liq boʻlgan qiyinchiliklarini bartaraf etish, 
sinov transformatorlarini kaskad koʻrinishda ulashni keng qoʻllanishga olib keldi. 
Lekin kaskad koʻrinishida ulanadigan sinov transformatorlarining soni 2–3-tadan 
oshmaydi. Bu chegaralashlar razryad paytida kaskad elementlarida oʻta 
kuchlanishning paydo boʻlishi bilan chegaralangan. Zamonoviy kaskadlar 3 mln 
volt va undan yuqori kuchlanishlarni olishga moʻljallanib koʻriladi. Hozirgi vaqtda 
sinov transformatorlarining kaskad sxemasi keng qoʻllanilmokda, unda har bir 
keyingi sinov transformatori oʻzidan oldingi pog’onodagi sinov transformatorda 
koʻzda tutilgan va uning yuqori kuchlanish chulg’ami bilan avtotransformator 
aloqada boʻlgan maxsus qushimcha qoʻzg’atish chulg’amidan ta’minlanadi. Bu 
holda sinov transformatorining qoʻzg’atish chulg’amida va past kuchlanish 
chulg’amlarida kuchlanish bir xil boʻladi, lekin qoʻzg’atish chulg’amining 
potentsiali, ikkilamchi chulg’am kuchlanishiga teng qiymatga yuqori boʻladi. 
Maxsus chulg’amli sinov transformatoridan PEOI 350/700 rusumli sinov 
transformatori keng tarqalgan. 
Yopiq binolarda oʻrnatishga juda qulay boʻlgan TUR firmasining korpusi 
izolyatsiyalangan 
sinov 
transformatori 
kaskadini 
qaraymiz. 
Kaskad 
transformatorlarining korpusi metall belbog’li getenaksdan tayyorlangan boʻlib, 
«Bashnya» sxemasi boʻyicha bir-biriga oʻrnatilgan. Ular kaskad yoki paralel 
ulanishi, hamda alohida ham ishlashi mumkin. Sinov transformatorining past 


kuchlanish chulg’amiga uchinchi, beshinchi va ularga karrali garmonikalarni 
yoʻqotishga moʻljallangan drosselь va 12,5

7,5 pF kondensatorlardan iborat filtr 
ulangan. 
Yuqori kuchlanish sinov ob’ektiga r
soʻndirish
qarshilik orqali beriladi. Bu yoʻl 
bilan sinov transformatorini sinov ob’ektining sirtida razryad rivojlanishidan hosil 
boʻladigan katta toklardan yoki sharlar orasidagi masofa teshilganda kuchlanish 
keskin kesilishining asoratlaridan muhofaza qilish mumkin boʻladi. 
Rostlash uskunasining kuchlanishi U
1
sinov transformatorining quvvatiga 
asoslanib tanlanadi. Quvvati 250 kVa-gacha boʻlgan sinov transformatorlari uchun 
PHO, ROT va ROTM turidagi rostlash transformatorlari moʻljallangan. Katta 
quvvatli ST uchun maxsus yuqori kuchlanish avtotransformatorlari qoʻllaniladi. 
Misol uchun FREO 2400/600 rusumli sinov transformatorida U
1
kuchlanish 
qiymatini 0 dan 6 kV gacha koʻtarish uchun quvvati 1000 kVa boʻlgan ikki 
avtotransformator qoʻllanilgan. 
Yuqori kuchlanish chulg’ami izolyatsiyasi odatda koʻp qatlamli qog’oz 
izolyatsiyadan iborat boʻlib, qatlamlari orasiga izolyatsiyalovchi tsilindr qoʻyilgan 
boʻladi. Razryad vaktida paydo boʻladigan oʻta kuchlanishni kamaytirish uchun 
yuqori kuchlanish chulg’amining, chulg’am oxiriga (erga) nisbatan sig’imini 
oshirish uchun metalldan yasalgan ekran oʻrnatiladi. Past kuchlanish chulg’amiga 
ekran oʻrnatish razryad paytida yuqori potentsialning sig’imiy uzatishini 
kamaytiradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling