Yer, uning shakli va harakati (2 soat)


Download 38 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi38 Kb.
#267322
Bog'liq
1.Amaliy mashg'ulot Tabiatshunoslik


1-mashg’ulot

Yer, uning shakli va harakati (2 soat)

1.Yer uningrning shakli.

2.Yerning o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi.

3 Oy. Uning fazalari

4. Ekvator. Meridian va parallel chiziqlari.

Amaliy topshiriq

Globus va xarita bilan ishlashni amaliy mashg’ulotini ishlab kelish


Umumiy ma’lumot.Yer uning shakli, tuzilishi va Koinotda tutgan oʻrni toʻgʻrisidagi hoz. bilimlar uzoq davrlar davomidagi izlanishlar jarayonida tarkib topdi. Qadimda (mil. av. 7-a., Fales) Yerni — suv bilan oʻralgan yassi jism deb, keyinroq (mil. av. 6-a., Anaksimandr) silindrik shaklda deb va, nihoyat, mil. av. 6-a. 2-yarmida (Pifagor) shar shaklida deb tasavvur qiddilar. Mil. av. 4-a. da Aristotel Oyning Yer soyasiga kirish (Oy tutilishi) hodisasini oʻrganib, Yerning shar shakldaligini birinchi boʻlib isbot qildi. Ye.ning diametrini mil. av. 3-a. da aleksandriyalik Eratosfen yetarlicha katta aniqlikda oʻlchadi. 9-a. da Xorazmiy va Ahmad al-Fargʻoniy Yer meridiani yoyini oʻlchash asosida Yer diametrini yanada aniqroq oʻlchashga erishdilar. Yer radiusi uzunligini va G uzunlikni qiyalik burchagining pasayishi yordamida oddiy usulda oʻlchagan olim Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi.

Yerning Quyosh atrofida aylanish davri yil deb ataladi va Yer harakati osmon jismlarining qaysi biriga va osmon gumbazining qaysi nuqtasiga nisbatan olinishiga qarab yil har xil ataladi.

Yer nazariy – farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo’lib o’rganiladi: Qobiq,Mantiya va Yadro.

Yer qobig’i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5 – 10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 – 45 km,  tog’li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o’zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig’ini o’rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi. Qobiqdagi tog’ jinslari harorati o’rtacha har 33 metrda 1°C ga ko’tariladi.



Mashg'ulotdan maqsad: Talabalarning Yer va uning tuzilishi,o’z o’qi va quyosh atrofida aylanishi to'g'risdagi bilimlarini kengaytirish, tabiiy fanlar rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar haqida ma'lumot berish va ularning qilgan ishlari to'g'risidagi tasawurlarini rivoj lantirish.

Kerakli jihozlar: Globus, Xaritalar, stol lampasi, proektor.

Talaba bilishi kerak:

- Yer sayyorasining tuzilishi va vujudga kelishi to’g’risidagi ma‘lumotlarni;

- yerning o’z o’qi atrofida aylanib kun va tunni hosil bolishini

- Quyosh atrofida aylanishi va yilni hosil bo’lishini.

Talaba bajarishi kerak:


  • Globusdan yerni tuzilishi, qit’a va materiklarni ko’rsatib berishi:

  • Kun va tunni almashinishini amliy mashg’ulot ishlanmasini tayyorlab kelish

  • Yerning Quyosh atrofida aylanib fasllar almashinishini amliy mashg’ulot ishlanmasini tayyorlab kelish va tahlil qilish.

Ishni bajarish tartibi:

- talabalar Yer haqidagi yani uning relifi iqlimi, vujudga kelishiga oid adabiyotlardan ma‘lumotlar yig’adilar;



- talabalar kun vat un, fasillar almashinishihaqidagi amaliy mashg’ulotlarni ko’rsatadilar;

Nazarimizda, Yer — ulkan, unda istiqomat qilayotgan insonlar esa juda mitti. Biroq koinotning qolgan qismi bilan taqqoslaganda-chi? BigPicture tomonidan tayyorlangan fotogalereya Yerni uzoqdan tomosha qilish imkonini beradi.Cassini fazoviy qurilmasi yordamida 2013-yilda olingan bu suratda 1,4 milliard kilometr uzoqlikdagi Yer alohida ajratib ko‘rsatilgan.

Bu suratda Shimoliy Amerika bilan Yupiterdagi Katta qizil dog‘ hajmini taqqoslash mumkin. Ko‘rinib turibdiki, Yupiterdagi ulkan bo‘ron Yerdagi materikni butunlay yutib yuborishi mumkin.Saturnning halqalari juda chiroyli, biroq u Yerdan ko‘ra Saturnning o‘zida maftunkorroq ko‘rinadi.

Saturnning halqalari shu qadar kattaki, unga o‘lchamlari Yerniki kabi bo‘lgan olti sayyorani sig‘dirish mumkin.Mars insoniyat uchun ikkinchi uy bo‘lishi mumkin, biroq u Yerning yarmidan biroz kattaroq, xolos. Masalan, Shimoliy Amerika Marsning yarim sharlaridan biriga zo‘rg‘a sig‘adi.

Marsda joylashgan Olimp — Quyosh tizimidagi eng baland vulqonli tog‘. Agar u Yerda bo‘lganida edi, AQShdagi Arizona shtati o‘rnini to‘la qoplardi.

Yupiterning Oylaridan biri — Io Quyosh tizimidagi eng faol geologik obyekt hisoblanadi: uning sathida 400 dan ortiq harakatdagi vulqon mavjud. Taqqoslash uchun, Shimoliy Amerikadagi faol vulqonlar soni atigi 100 ta.

Yupiterning yo‘ldoshlaridan biri — Yevropaning o‘lchamlari Yerdan to‘rt barobar kichik, biroq, olimlarning fikricha, unda Yerning barcha okeanlarini qo‘shib hisoblagandan-da ko‘proq suv bor.Quyosh tizimi umumiy og‘irligining 99,86 foizi Quyoshning hissasiga to‘g‘ri keladi. U shu qadar kattaki, uning ichiga 1,3 millionta Yer sayyorasini sig‘dirish mumkin


Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling