Ma’ruza №8 mavzu: elektron hujjat aylanish tizimlari reja
“Kodeks: Dokumentooborot” hujjat aylanish tizimi
Download 187.96 Kb. Pdf ko'rish
|
8-ma ruza-KAT
“Kodeks: Dokumentooborot” hujjat aylanish tizimi
“Kodeks: Dokumentooborot” tizimi – bu hujjat aylanish tizimi dasturi “Центр компьютерных разработок” nomli Sankt-Piterburg davlat korxonasi tomonidan yaratilgan. “Kodeks: Dokumentooborot” korporativ hujjat aylanish tizimi – o‘zaro bog‘langan ish yuritish tizimlari, hujjatlar banki va korporativ xizmatlar ko‘rsatuvchi amaliy dasturlar kompleksidan tashkil topgan bo‘lib, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda ish yuritish, hujjat aylanish masalalarini avtomatlashtirish ishlarini amalga oshiradi. Kompleksning asosiy xarakteristikalari quyidagilardan iborat: • Ish yuritishning odatiy masalalarini (funksiyalari) tayyor yechimi - korporativ tizim tarkibiga kiruvchi har bir tizim hujjatlarni qayta ishlashning odatiy vazifalarini bajarishga ixtisoslashgan, ya’ni rasmiy yozishmalarning harakatlanishini ro‘yxatga olish va nazorat qilish, fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish va nazorat qilish, ma’muriy hujjatlarni markazlashtirilgan nazorat qilish, ko‘rsatmalar va boshqalar; • Qog‘ozli hujjat aylanish ishlarini qo‘llab-quvvatlash va yuritish, qog‘ozdan elektron hujjat aylanishiga bosqichma-bosqich o‘tish; • Yagona axborot mantig‘i bilan birgalikda modullik - kichik tizimlar o‘rtasida hujjatlar almashinuvi, global kataloglarni markazlashtirilgan holda olib borish, Internet / Intranet texnologiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalariga joylardan kirishni ta’minlash, xabarlar, xulosalar, ogohlantirishlarni elektron pochta orqali tarqatish; • tizimning tejamkorligi ommaviy dasturiy-texnik platformalarga, birinchi navbatda, Microsoft uchun yo‘naltirilgan o‘z mahsulotlari va texnologiyalaridan foydalanish bilan aniqlanadi. Ularni tatbiqi uchun ham ko‘p sarf-xarajat ketmaydi. “Kodeks: Dokumentooborot” tizimiga kiruvchi funksional tizimostilariga quyidagilar kiradi: 1. «Kodeks: Slujebnaya korrespondensiya» – kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi; 2. «Kodeks: Kontrol ispolneniya dokumentov» – nazorat hujjatlarini, topshiriqlarni, bajaruvchilarni ro‘yxatga olish tizimi bo‘lib, nazorat kartalarini bajaruvchilarga jo‘natish, bajarish muddatlarini cho‘zish, to‘liq bajarilgan hujjatlarni nazoratdan olishni avtomatik va qo‘l rejimlaridan foydalangan holda bajarish kabi bir qancha ishlarni ham bajaradi; 3. «Kodeks: Pisma i obrasheniya grajdan» – bu tizim arizachilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish; arizalarni va ulardagi savollarni ro‘yxatdan o‘tkazish; murojaatlarni va boshliq ko‘rsatmalarini ko‘rib chiqishni nazorat qilish, ularning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish kabi ishlarni bajaradi; 4. «Kodeks: Sistema podgotovki dokumentov» — hujjatlarning elektron to‘liq matnli arxivini yaratish tizimi; 5. «Kodeks: Sistema registratsiya normativnix i rasporyaditelnix dokumentov» — tashkilot hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni elektron shaklda bajarish uchun yuborish, shuningdek, tashkilotning to‘liq matnli elektron hujjatlar saqlanishini ta’minlash; 6. «Kodeks: Spravochnaya sistema dokumentooborota» — bu tizim Internet / Intranet texnologiyasidan foydalangan holda hujjat bazalariga kirishni ta’minlaydi va har qanday masofada joylashgan kompyuterdan hujjat aylanish jarayoni haqida tezkor axborot olish imkonini beradi. 7. «Kodeks: Obmen dokumentami» — bu lokal kompyuter tarmog‘i doirasida va korporativ axborot tizimlari o‘rtasida hujjatlar almashinuvini amalga oshiradi. Tizim ikki xil – fayl-server va mijoz-server tahririyatlarda ishlab chiqilgan. Download 187.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling