Ma’ruza №8 mavzu: elektron hujjat aylanish tizimlari reja
Elektron hujjat aylanishi tizimi (EHAT)
Download 187.96 Kb. Pdf ko'rish
|
8-ma ruza-KAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron hujjat aylanish tizimini joriy
Elektron hujjat aylanishi tizimi (EHAT) deganda hujjatlarni uzatish,
saqlash, qayta ishlash va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturiy va texnik vositalar kompleksi tushuniladi. Elektron hujjat aylanish tizimini avtomatlashtirish har qanday tashkilotni raqobatbardoshlik qobiliyatini oshishida muhim qadamlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Elektron hujjat aylanish tizimini korxonaga joriy etish hujjatlarni qidirish, ularni saqlash va shunga o‘xshagan ko‘plab muammolarni oson hal etishga imkon beradi. Elektron hujjat aylanish tizimini joriy etishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: - tashkilotning hujjat oqimini samarali boshqarish; - hujjatlarning markazlashgan holda saqlanishi; - hujjatlar bilan ishlashda nazoratni kuchayishi; - xodimlar ish unumdorligining oshishi; - boshqaruv qarorlarini qabul qilishda zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni olish imkoniyati tezlashishi; - tashkilotning axborot xavfsizligi to‘liq ta’minlanishi. Korxonalarda elektron hujjat aylanish tizimini joriy etishning afzalliklari quyidagilardan iborat: • hujjatlarni qidirishning ko‘p kriteriyligi; • hujjatlarni ijrosini nazorat qilish; • hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish; • hujjatlarga rezolyutsiyalar kiritish; • hujjatlarni tarmoqda taqsimlangan ko‘rinishda qayta ishlash; • har xil hujjatlarga va tizim funksiyalariga murojaat huquqini taqsimlash; • hujjatlar loyihasi bilan ishlash; • hujjatlarni kiruvchi, ijrodagi, nazoratdagi va shu kabi boshqa papkalarga taqsimlash; • standart hisobotlar ishlab chiqish; • elektron pochta orqali hujjat almashish; • hujjatlarni ishga tikish; • hujjatlarni uzatilishini kuzatib borish, reyestrlarga kiritish; • rahbar xodimlarni, tashkilotlarni, hujjatlarni foydalanuvchi ro‘yxatlarini kiritish; • bosmaga chiquvchi hujjatlar shablonini tahrirlash. Elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish korxonaga 2 turdagi afzallik keltiradi: taktik va strategik. 1. Taktik afzallik - bu asosan xarajatlarning qisqarishi bilan bog‘liq hisoblanadi. Buni aniqlash unchalik murakkab emas. Ya’ni elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish qancha qog‘oz hujjat saqlanadigan shkaflardan, ularni qo‘yishga ketadigan joydan, qancha vaqtdan va hujjatlarni printerdan chiqarish va ularni bir necha marotaba ko‘chirish xarajatlaridan ozod qilish hisoblanadi. Demak taktik afzallik tashkilotga quyidagilarda ijobiy samara keltiradi: •katta maydondagi joyni bo‘shatish; •hujjatlardan nusxa ko‘chirishdagi xarajatlarni qisqartirish; • hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishda tashishga bo‘lgan xarajatlarni qisqartirish; • resurslarga bo‘lgan xarajatlarni qisqartirish: xodimlar va jihozlar; • qog‘ozlarga ketadigan xarajatlarni qisqartirish; •ish unumdorligini oshirish: ishni bajarilishini tezlashtirish, umumiy bajarilgan ish hajmini oshishi, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar bilan ishlashni yaxshilanishi, qo‘shimcha turdagi ishlar bajarish imkoniyati paydo bo‘lishi va boshqalar. 2. Strategik afzallik – bu biznes faoliyatni yaxshilash bilan bog‘likdir. Bu esa o‘z navbati agar tijorat korxonalari bo‘lsa korxona oborotini yoki foydasini o‘sishi bilan agar davlat hokimiyat organlari bo‘lsa u holda qarorlar qabul qilish, xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilanishi bilan bog‘liq. Umuman olganda bu afzallikni aniq ifodalash ancha murakkab bo‘lib hisoblanadi. Demak elektron hujjat aylanish tizimini strategik afzalligi quyidagilar bo‘lib hisoblanadi: • hujjatlar ustida umumiy ish qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.; • hujjatlarni tanlash va izlashda juda katta tezlikka ega bo‘lish; • axborot xavfsizligini yuqori darajada ta’minlanganligi, ya’ni elektron hujjat aylanish tizimi bilan ishlaganda qayd qilinmagan foydalanuvchiga hech qanday tizimdan foydalanishga imkon berilmasligi; •hujjatlarni saqlash xuddi elektron hujjatni serverda saqlaganday qulay ekanligi; •hujjatlar harakatini boshqarishni yaxshilanishi. Hujjat aylanish tizimini avtomatlashtirishning asosiy natijasini birinchi navbatda hujjatlar bilan ishlashdagi chalkashliklar bo‘lmasligi, biznes faoliyatni optimallashtirishi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish vaqtini qisqarishi va tashkilotning butun ish faoliyati samaradorligini o‘sishida ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi kunda ko‘p tarqalgan ba’zi bir mahalliy ish yuritish jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan hujjat aylanish tizimlarini ko‘rib chiqaylik. Hujjatlarni boshqarish tizimlari (HBT) – hujjatlar tashkil qilish, ularga murojaatni boshqarish va katta hajmdagi hujjatlarni kompyuter tarmoqlari orqali tarqatish va tashkilotdagi hujjatlar oqimini nazorat qilish jarayonlarini ta’minlaydi. Ko‘pincha bu hujjatlar maxsus fayllar yoki fayllar tizimi iyerarxiyasi ko‘rinishida saqlanadi. Odatda HBT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan fayl turlari matnli hujjatlar, rasmlar, elektron jadvallar, audio, video ma’lumotlari va web-hujjatlarni o‘z ichiga oladi. HBTlarning umumiy imkoniyatlariga hujjatlarni yaratish, erkin foydalanishni boshqarish, qayta ishlash va xavfsizlikni ta’minlash kabilar kiradi. Download 187.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling