Ma’ruza №8 Statik va dinamik tavfsiflarni tahlil etish. Reja Sxemadagi elementlarning ko‘rsatgichlarini hisoblash va ularni tanlash


Download 366.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.04.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1362514
  1   2   3


Ma’ruza №8 
Statik va dinamik tavfsiflarni tahlil etish. 
 
Reja 
1.Sxemadagi elementlarning ko‘rsatgichlarini hisoblash va ularni tanlash. 
2.Statik va dinamik tavsiflarni tahlil qilish. 
 
CHastota o‘zgartkichli yopiq elektr yuritmalar. Umumiy xolda chastota o‘zgartkich 
yordamida amalga oshiriladigan dvigatelni chastotali boshqarish uch variant orqali xosil kilinadi: 

parametrik boshqarish, bunda dvigatelga boshqaruvchi ta’sir dvigatelga berilayotgan
kuchlanishning effektiv qiymati chastota bo‘ladi;
o chastotaviy-tokli boshqarish, bunda dvigatelga boshqaruvchi ta’sir dvigatel tokining effektiv 
qiymati va chastota bo‘ladi.
o vektorli boshqarish, kerakli qiymatdagi dvigatelning elektro-magnit momentini shakllantirish 
maqsadida manbalovchi kuchlanish va toklarning oniy qiymatlarini rostlash bilan bog‘likdir. 
 
Parametrik chastotaviy boshqariladigan yonik elektr yuritma. Ushbu prinsipdan 
foydalangan xolda ko‘plab chastotaviy rostlanadigan asinxron elektr yuritmalar qurilgan. Ularda 
turli teskari aloqalar va funksional bloklardan foydalanish xisobiga, dvigatel tezligini sifatli 
rostlash uchun, uning mexanik xarakteristikalari bikr ishchi bo‘laklarida shakllantiriladi. Bunda 
tok va moment xam chegaralanadi xamda rostlanayotgan chastota va kuchlanish orasidagi talab 
qilanayotgan nisbat ta’minlanadi. Bunday elektr yuritmaning umumlashtirilgan sxemasi (8.1,a-
rasm) keltirilgan. 
Kuchli tokli o‘zgartkich sifatida o‘zgarmas tok bo‘g‘iniga ega bo‘lgan chastota o‘zgartkich 
ishlatiladi, u boshqarilmaydigan to‘g‘rilagich va tranzistor va diodlardan tarkib topgan oltita 
kuchli tokli modullardan tuzilgan kuchlanish invertoridan iboratdir. To‘g‘rilagich va invertor
orasida filtr ulangan, u reaktor L va kondensator dan iborat bo‘lib, to‘g‘rilagichning chiqish
kuchlanishni silliqlash va sxemaning kuchli tokli qismidagi reaktiv energiyani kerakli tarzda 
aylanishni ta’minlaydi.
Invertor impuls kengligi bo‘yicha modulyasiya rejimida ishlaydi va filtr chiqishidagi 
rostlanmaydigan o‘zgarmas tok kuchlanishini dvigatel M statoridagi chastotasi va amplitudasi 
bo‘yicha rostlanadigan kuchlanishga o‘zgartiradi. Elektr yuritmaning kuchli tokli sxemasi 
noreversiv bo‘lib, unda elektrik to‘xtatish ko‘zda tutilmagan. 
Invertorni boshqarish, chastota o‘zgartkichning chiqishidagi chastotasi va kuchlanishi 
qiymatlarini aniqlovchi f

va U
b
signallar orqali amalga oshiriladi. Ushbu signallar boshqarish
sxemasida shakllantiriladi. Uning tarkibiga tezlik rostlagichi TezR, tok rostlagichi TokR, tezlik TT 
va tok TD datchiklari, yig‘uvchi kuchaytirgichlar Σ

va
Σ
2
(proporsional rostlagichlar), TezR 
signalini chegaralash bloki CHB, funksional o‘zgartirgich FO‘ va jadallashtirish topshiriqgichi
JT kiradi. 



Download 366.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling