Ma’ruza: Alisher Navoiyning lirik merosi


Download 388.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi388.37 Kb.
#204295
  1   2   3
Bog'liq
2-maruza matni Lirikasi



-ma’ruza: 

Alisher Navoiyning lirik merosi  

REJA 


1. 

Devonlari. Ilk devon.  

2. 

“Badoyi’ ul-bidoya” debochasida devon tartib berish masalalari. 



3. 

Xazoyin  ul-maoniy”  –  lirik  qomus  sifatida.  Kulliyotning  yaratilish 

tarixi,  tarkibiy  tuzilishi.  Kulliyotdagi  devonlar  tartibi  va  ularning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari.  

Navoiy va Bobur ijodiga chuqurroq nazar tashlasak, bu ikki buyuk ijodkor 

ijodida  hamohang  nuqtalar  ko‘plab  uchraydi.  bunday  hamohanglik  ularning 

ruboiylarida, g‘azallarida, tuyuqlarida, masnaviylarida ko‘zga tashlanadi.  

Garchand  ular  bir  zamonda  yashashsa-da,  jangu  jadallarga  boy  zamon 

ularning  uchrashuviga  imkon  bermadi.  Navoiyning  Boburga  maktub  yo‘llashi, 

Boburning  Navoiyga  javob  xati  bilan  ular  o‘rtasidagi  hayot  ishlari  uzildi.  Bobur 

Hirotga  kelganda  esa  Navoiy  vafot  etgan  edi.  Bobur  yigirma  kun  Navoiy  uyida 

yashadi.  Shu  yerda  Navoiy  asarlari  bilan  to‘liq  tanishdi.  Bobur  Navoiyning 

«Xazoyim-ul maoniy» devonini  mutoala qilib, aruz bahri tartibi bilan o‘zi uchun 

saylanma  devon  tuzadi.  Bu  holatni  Boburning  o‘zi  shunday  qayd  etgan: 

«Alisherbekning uylarini ta’yin qildilar Hiridin chiqquncha Alisherbekning uylarida 

edim. odina kuni, oyning yigirma uchida Alisherbekning to‘rt devonidin buhur va 

avzon tartibi bilan g‘azallar va abyotikim, intixob qililadur edi, itmomig‘a yetti». 

Mana  shunday  xatti-harakatlar  bu  ikki  ijodkor  ijodida  o‘xshash  holatlarni  yuzaga 

keltirgan.  

Bobur Samarqand taxtidan ajrab, Andijonga ham kira olmay qolgan damda 

yaratgan ruboiysida Vatandan ayrilgan g‘arib ko‘ngil izhorini shunday sharhlaydi: 

Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi, 

Shod etmas ko‘ngilni mehnatda kishi. 

Ko‘ngilni bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, ol, 

G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi. 

Bu ruboiy, bevosita, Navoiyning quyidagi mashhur ruboiysi ta’sirida yuzaga 

kelgan: 


 

/urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish, 

el anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish. 

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, 

Bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish.  

 

Navoiy ruboiylari ichida tavzi’ san’atidan mohirona foydalangan, to‘rt qator 



she’rida ma’shuqa maqtovini chiroyli ifoda qilgan bir ruboiy bor: 

 

Ko‘z birla qoshing yaxshi qabog‘ing yaxshi 



Yuz birla so‘zing yaxshi dudog‘ing yaxshi. 

Men birla eling yaxshi saqog‘ing yaxshi 

Bir-bir ne deyin boshdin oyog‘ing yaxshi. 

 



Ma’shuqa portretini «boshdin oyog‘» bu qadar muxtasar tasvirlash Boburga 

ham zavq bergan, oqibat, quyidagi ruboiy yuzaga kelgan: 

 

Jon vola erur la’ni shakar boringga, 



Ko‘nglim ham erur xarob ruhsoringga. 

Tuftoring erur boshdin-oyoq barchasi xo‘b, 

Men banda bo‘lay boshdin-oyoq boringga. 

 

Boburning quyidagi ruboiysi Navoiyning quyidagi matla’si ta’sirida yuzaga 



kelgan. 

 

Ishq ila bo‘ldim masal savdo bila afsona ham 



Shukurulloh, kim yana oshiq menu devona ham. 

 

Bobur yozadi: 



Yuz shukur qilayki yoka oshiq bo‘ldim, 

Olamg‘a bo‘lib afsona oshiq bo‘ldim. 

Yaxshi so‘zingu vasfi jamoling eshitib, 

Ko‘rmay seni g‘oyibona oshiq bo‘ldim. 

 

Bobur «Mustasar» asarida tuyuq janri, uning          tajxis san’ati asosida 



yuzaga  keluvchi  turi  haqida  so‘zlaganda,  misol  uchun  Navoiyning  quyidagi 

tuyug‘ini keltiradi: 

 

La’nidin jonimg‘a o‘tlar yoqilur, 



Qoshi qaddimni jafodin yoqilur. 

Men vafosi va’dasidan shodmen, 

Ul vafo bilmonki qilmas, yoqilur 

 

Navoiy  tuyug‘idagi  tajkisni  yuzaga  keltirayotgan  «yoqilur»  so‘zi  asosida 



Boburning quyidagi tuyug‘i yuzaga kelgan: 

 

Qaddimni firoq mehnati yoqildi, 



Ko‘klut g‘ashu andux o‘tig‘a yoqildi. 

Xolimni sabog‘a aytib erdim, eychun, 

Bilmon senga sharq qilmadi, yoqildi. 

 

Navoiyning «Koshki» radifli g‘azaki bor. Bu g‘azalga jomiy  muxammas, 



Husayniy  nazira  bog‘lagan.  Qizig‘i  shundaki,  Navoiyning  o‘zi  ham  bu  g‘azalga 

muxammas  bog‘lagan.  Shoirning  o‘z  g‘azaliga  muxammas  bog‘lashi  kam 

uchraydigan xodisa. Bunday holatni Ogahiy ijodida ham kuzatamiz. Shoir «Ustika» 

radifli g‘azaliga muxammas bog‘lagan. 

Navoiyning «Koshki» radifli g‘azali Boburga ham zavq bergan. Bobur ham 

Xusayniy  kabi  bu  g‘azalga  nazira  bog‘lagan.  /azal    va  naziralarning  matla’sini 

keltiramiz.  



 

Navoiy: 


 

Ochmagay erdi jamoli olam aro koshki 

Solmag‘ay erdi bori olamg‘a g‘avg‘o koshki. 

 

Husayniy: 



 

Qilmag‘ay erdim yuzin ko‘rmak tamanno koshki 

Solmag‘ay erdim ko‘ngil mulkiga yog‘mo koshki. 

 

Bobur: 



 

Ko‘rmagay erdim jamoli olam aro koshki 

Bo‘lmag‘ay erdim bori olamda rasvo koshki. 

 

Ko‘rinadiki,  Bobur  tazmin  asosida  Navoiy  matla’sidagi  torse  san’atini 



saqlagan  holda  go‘zal  bayt  yaratgan.  Bobur  ayrim    o‘rinlarda  tazmin  yo‘li  bilan 

Navoiy misralarini aynan olib, baytga kiritadi. Tazmin san’atida fikriy mutanosib 

mendan tashqari badiyat jihatidan ham baytlar bir-biriga mos bo‘lishi zarur. Navoiy 

g‘azallarida shunday bayt bor: 

 

Oshiq o‘ldim bilmadi yor o‘zgalarga yor emish 



Olloh, olloh, ishq aro mundoq bolalar bor emish. 

 

Bobur yozadi: 



 

Oshiq o‘lg‘och ko‘rdiki ul shamshod qaddin yuz balo 

Olloh, olloh, ishq aro mundoq bolalar bor emish 

 

Boburning  san’atkorligi  shundaki,  Navoiy  misrasi  Bobur  fikrining  izchil 



davomiga aylangan. Har ikki misrani ikki ijodkorga qalamiga mansubligini  faqat 

mutaxassis  adabiyotshunosgina  farqlaydi.  Navoiy  misrasida  «O»  tovushi  orqali  

assonans, «L», «M» tovushlari orqali tavzi’ san’ati qo‘llangan. Bobur misrasida ham 

«O» tovush to‘rt joyda takrorlanmoqda, «D» tovush orqali esa tavzi’ san’ati yuzaga 

kelmoqda.  

Navoiy  visol  anxori  zavqini,  oshiq  qalbidagi  orzu-ishtiyoqni  shunday 

tasvirlaydi: 

 

Ne xush o‘lg‘ay ikovlon mast bo‘lsak vasl bog‘inda, 



Qo‘lim bo‘lsa oning bo‘ynidayu og‘zim qulog‘inda. 

 

Oshiqning  visol damlari  haqidagi orzu-intilishlari  Bobur g‘azallarida ham 



Navoiyona  oshkora,  ham  shakliy,  ham  mazmun  jihatdan  hamohang  satrlarda 

ifodalanadi: 




 

Ne xush o‘lg‘ayning agar uyqunin baxtimni uyg‘otsam, 

Kechalar tori mo‘yidek beliga chirmashib yotsam. 

 

Navoiy «Xayrat-ul abror»  dostonida yomon shayxlar haqida fikr yuritib, 



o‘z fikrining darajama-daraja oshirib, ajoyib bayt yaratgan edi: 

 

Bu el erur barcha yomondin yomon



Kimki yo‘q andin yomon, andin yomon. 

 

Bobur  xijron  haqida  yozar  ekan,  o‘z  fikrini  Navoiyona  san’atkorlik  bilan 



ifoda qilgan: 

 

Bormi ekan hech kima olamda xijrondin yomon 



Har nekim ondin yomonroqdir, budur ondin yomon. 

 

Navoiyda shunday bayt bor: 



 

Ko‘zda suv, ko‘ngil aro o‘t, ne ko‘rarsen oxir? 

Yana ahvolin alarning ne so‘rarsen oxir? 

 

Bu  baytda  Navoiy  tazod  san’ati  (suv,  o‘t)  birikmani  radif  qo‘llash  orqali 



fikrni  ta’sirli  ifoda  qilmoqda.    Lirik  qahramonning  ko‘zda  suv,  ko‘ngil  aro  o‘t 

holatdagi  tasviri  kitobxon  ko‘z  oldida  yorqin  manzara-lirik  qahramon  kayfiyatini 

to‘la keltirmoqda. 

Bobur  mashhur  masnaviylaridan  birida  yurtdan  uzoqda,  yor  va  diyordan 

vafo  ko‘rmagan  lirik  qahramon  qalb  manzarasi  tasvirida  Navoiyda  uchragan 

yuqoridagi holat-tazod san’atidan foydalangan holda qalam tebratadi: 

 

Bir kecha xotirim mushavvash erdi, 



Ko‘zda suv ko‘nglim ichra otasi erdi. 

Navoiy  va  Bobur  ijodidagi  mushtarak  xususiyatlardan  biri  ularning  ko‘p 

tillik ijodkor ekanligidir. Navoiyshunoslikka doir adabiyotlarda Navoiy zulnisokayn 

shoir deb baholanadi. To‘g‘ri, Navoiy turkiy tilda, fors tilida devonlar yaratgan. Ikki 

tilda ijod qilgan shoirlar ko‘p bo‘lsa-da, ikki tilda devon yaratgan shoirlar ko‘p emas. 

Navoiy an’anasi Mohlaroyim Nodira tomonidan davom ettirlgan. 

Navoiy ijodiga nazar tashlasak, u turkiy va fors tilidan tashqari arab tilida 

ham  ijod  qilganiga  guvoh  bo‘lamiz.  «Hazoyin-ul  maoniy»  devonining  birinchi 

baytiyoq arab va turkiy tilda bitilgani (muolma san’ati) fikrimiz isbotidir.  

 

Ashraat min aksi shamsil kasi anvor-ul xudo 



Yor aksin mvyda ko‘r deb jondin chiqdi sado. 

 

Bundan tashqari, Navoiy arab tilida «Sab’xat abxur» nomli lug‘at yaratgan. 



Demak, Navoiy ko‘p tillik ijodkordir.  


Bobur ham Navoiy singari ko‘p tillik ijodkordir. U, asosan, turkiy tilda ijod 

qilgan bo‘lsa-da, Hind devoni fors va Urdu tilida yozilgan she’rlardan tarkib topgan. 

Bobur ham Navoiy singari bir she’rni ikki tilda ham yaratgan.  

 

Har hazki xaloyiq andin o‘yrilmas emish, 



Ul haz mazasiyu qadrini bilmas emish. 

Ma’junu basitu bo‘za bust yane, 

Bir jura’ chog‘ir durdi ishin qilmas emish. 

 

Navoiy va Bobur ijodiy faoliyatida badiiy ijoddagi hamohanglik bilan birga 



ilmiy ijodda ham mushtarak xususiyatlarini ko‘rish mumkin. Bu mushtaraklik ilmiy 

sohadagi  serqirralikda, qomusiy ilmga ega ekanlikda ko‘rinadi. Ular zamonasining 

buyuk  shoirlari  bo‘lish  bilan  birga  adabiyotshunos  olimlari  hamdir.  Ikkalasi  ham 

aruz  nazariyasiga  bag‘ishlangan  asar  yozganlar.  Navoiyning  «Mezon-ul  avzon», 

Boburning  «Muxtasar»  asarlari  aruz  ilmiga  bag‘ishlangan.  Aruz  ilmiga  oid  arab 

olimi  Xalil  ibni  Ahmad  kitobidan  tortib,  bugungi  kungacha  ko‘plab  asarlar 

yoziladiki,  bular  aruz  ilmini  o‘rganishga  bo‘lgan  katta  qiziqish,  ehtiyoj  borligini 

ko‘rsatdi. 

Fitratning  «Adabiyot  qoidalari»  kitobidagi  aruz  haqidagi  ma’lumotlar, 

A.Rustamovning  «Aruz haqida suhbatlar» risolasi A.Hojiahmedovning «Maktabda 

aruzni o‘rganish» nomli kitobi aruzni o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma bo‘lmoqda.  

Aruz  she’r  tizimi  haqidagi  S.Mirzayev,  U.To‘ychiyevlarning  ilmiy  ishlari  turkiy 

aruz  qonuniyatlarini  o‘rganishda  muhim  manbadir.  Demak,  Navoiy  va  Bobur 

an’analari bugungi kunga qadar davom etmoqda. 

Navoiy  adabiyotshunos  olim  sifatida  2  ta  tazkira  yaratgan.  «Majolis-un 

nafois»  turkiy  tildagi  birinchi   tazkira  bo‘lib,  unda  459  ta  Navoiy  zamondoshlari 

bo‘lgan shoirlar haqida ma’lumot berilgan. «Nasoyin-ul muhabbat» nomli asar ham 

tazkira bo‘lib, unda 770 ta sufiy shoirlar haqida ma’lumotlar bor. 

Bobur  tazkira  janrida  maxsus  asar  bitmagan  bo‘lsa-da,  «Boburnoma» 

asarida 30 dan ortiq shoir haqida ma’lumot qoldirgan. Boshqa tazkiranavis olimlar 

adabiyot tarixchisi sifatida ko‘rinsa, Navoiy va Bobur esa ham adabiyot tarixchisi, 

ham adabiyot tanqidchisi sifatida ish ko‘rgan. Ularning shoirlar haqidagi ijobiy va 

tanqidiy baholari xolisligi bilan diqqatga loyiqdir. 

Navoiy  va  Bobur  tilshunos  olimlar  hamdir.  Navoiy  «Muxokamati  ul 

lug‘atayn» kitobida turkiy til bilan fors tilini qiyosiy tahlil qilib, turkiy tilning boy 

va  jozibali  til  ekanini  isbotlab  berdi.  U  arab  tilida  «Sab’xat  anxur»  nomli  lug‘at 

yaratdi.  

Bobur tilshunos olim sifatida «Xatti Boburiy» deb nomlangan alifbo yaratdi. 

Arab alifbosini turkiy talaffuzga u qadar mos emasligini  ko‘rgan Bobur bu alifboni 

isloh qilib, 1503-1514 yillari «Xatti Boburiy» ni yuzaga keltirdi.                                                                                                                                             

Bu alifbo Boburiylar xonadonida qo‘llangan. Bobur «Boburnoma» asarida 

1528  yil  voqealari  haqida  to‘xtalar  ekan,  shunday  yozgan:  «Muxlo  Bixishtiydin 

Xikdolg‘a kamar va xanjar va «Boburiy xati» ning mufradoti yiborildi». Garchi bu 

alifbo hayotda keng qo‘llanmagan  bo‘lsa-da, uning vujudga kelishi zo‘r xodisa va 

katta jur’at edi.  



Bobur «Qur’on» ni o‘z alifbosida ko‘chirtirib, makkaga yuborgan. Hozir bu 

«Qur’on»  Mashxad  shahrida  saqlanadi.  «Xatti  Boburat»  bizning  davrimizgacha 

yetib  kelgan.  quyidagi  yozuvning  usti  qismida  Bobur  xarfi,  ostida  esa  arab  xarfi 

beriladi. 

Bobur  tilshenos  sifatida  badiiy  ifodaning  qayd  etadi.  O‘g‘li  Xurosonga 

yozgan  maktublaridan  birida  unga  nasixat  qilib,  shunday  yozadi:  «bu  xatlaringni 

bitibsenva  o‘qumaysen,  ne  uchunkim,  agar  o‘qir  xayol  qilsang  edi,  o‘quyolmas 

eding. O‘quyolmagandin so‘ng, albatta, tag‘yir berur eding. Xatingni xud tashvish 

bila o‘qisa bo‘ladur, vale asru mug‘laqtur. Imlong yomon emas. agarchi xeyli rost 

emas, «iltifot» ni «to» bila bitibsen. Kulungni «yo» bila bitibsen. Xatingni xud har 

tavr qilib o‘qusa bo‘ladur, vals bu mug‘naq alfozingdin maqsud tamoni mafxung 

bo‘lmaydur.  /olibo,  xat  bitirda  kolillig‘ing  ham  ushbu  jihattindur.  Bundin  kara 

betakalluf va ravshan va pok alfoz bila bitti: ham sanga tashvish ozroq bo‘lur va ham 

o‘qug‘uchig‘a». 

Bobur vatandan uzoqda ham ona tili ravnaqini o‘ylaydi. Uning Qobul va 

Xindistonda turib, turkiy tilda ijod etishining o‘zi ona tiliga mehr-muhabbatidan edi. 

Bobur  bu  bilan  cheklanmaydi.  Turkiy  tilni  rag‘batlantirishning  turli  shakllaridan 

foydalanadi.  «Boburnoma»  da  1519  yil  voqealari  bayonida  shunday  lavxa  bor: 

«Chahorshanba kuni. . .  mutoyaba jihatidan  deyildikim, har kim sortcha aytsa, bir 

ayog‘  (qadah)  ichsun,  bu  jihatin  ko‘p  kishi  ayog‘  ichti.  Sunna  vaqtida  chaman 

o‘rtasidag‘i tolor (so‘ri) ustida o‘lturuldi. Deyildikim, har kishi turkcha aytsa, bir 

ayog‘ ichsun. Bunda ham g‘alaba, (ko‘p) kishi ayog‘ ichti».  

Bobur  so‘zning  qudratini  juda  yaxshi  tushunuvchi  tilshunos,  ajoyib  notiq 

bo‘lgan.  Bobur  Xindistonda  Lano  Sango  qo‘shinlariga  qarshi  olib  borgan 

janglaridan birida uning lashkarlari orasida sarosima, parokandalik yuzaga keladi. 

Vaziyatni tushungan Bobur lashkarlari oldida otashin nutq so‘zlaydi. U, jumladan, 

shunday  deydi:  «Har  kimki  hayot  majlisiga  kiribtur,  oqibat,  ajal  paymonasidin 

ichqusidir va har kishikim, tiriklik manziliga kiribyutur, oxir dunyo g‘amxonasidin 

kechkisidir, yomon ot bilan tirilgandin, yaxshi ot bilan o‘lgan yaxshiroq. . . Tangri 

taolo  bu  navch  saodatni  bizga  nasib  qilibdur  va  mundoq  davlatni  bizga  qarayib 

aylabtur.  O‘lgan  shohid  va  o‘ldirgan  g‘oziy,  barcha  tangrining  kalomi  bilan  ont 

ichmoq kerakkim, hech kim bu qatildin yuz yondurur xayol qilmay to badanidin joni 

ayrilmaguncha, bu muhoriba va muhotiladin ayrilmagay». 

Navoiy va Bobur tarixchi olimlardir. Navoiy «Tarixi muluki Ashyan» nomli 

kitobida Eron va Turon shohlari tarixini yozgan. «Tarixi xukamo va anbiyo» nomli 

kitobida esa avliyolar va payg‘ambarlar tarixini yoritgan. Boburning «Boburnoma» 

asavri XVI asr Boburiylar tarixini eng izchil, haqqoniy va nolis yoritgan asar sifatida 

qimmatlidir. "B«burnoma" »indiston tarixini o‘rganishda Beruniyning «Xindiston» 

kitobidan keyingi eng yaxshi manbadir.  

Navoiy va Bobur tarjimonlardir. Navoiy Hazrati Imom  Alining «Nasrul-la 

oliy»  asarini  she’riy  yo‘lda  tarjima  qilgan.  Ma’lumki,  A.Jomiy  40  ta  xadis 

mazmunini 40 ta ruboiyga solgan edi. Navoiy ushbu asarni tarjima qilib, «Arbain 

xadis» deb atadi. Bunday faoliyat Bobur ijodiga ham xosdir. Bobur Xo‘ja Ahrorning 

«Volidiya» nomli asarini she’riy yo‘lda tarjima qilgan.  




Navoiy  va  Bobur  musiqashunos  olimlar  ham  edi.  O‘tmish  ziyolilarining 

bugungi  ziyolilarga  ibratli  tomonlaridan  biri  shundaki,  ular,  albatta,  musiqadan 

xabardor edilar. Ular soz chalar, kuylar yaratar edilar. Musiqani bilmaslik u zamon 

ziyolilari  uchun  ayb  sanalgan.  Bobur  bergan  ma’lumotga  ko‘ra  shoir  Binoiy 

musiqadan  bexabar  ekan.  Navoiyning  ta’miri  bilan  u  musiqani  o‘rganadi,  xatto, 

kuylar yaratish darajasiga boradi. «. . . Burunlar musiqiydin bexabar ekandur, bu 

jihattin  Alisherbek  ta’n  qilur  ekandur.  Bir  yil  Mirzo  Marvga  qishlay  borganda-

Alisherbek ham borur. Binoiy Hiriyda qolur. Ul kish musiqiy mashq qilur, yozgacha 

oncha bo‘lurkim, ishlar bog‘lar. Yoz Mirzo Hiriy kelganda sovet va naqsh o‘tkarur. 

Alisherbek taajub qilib, tahsin qilur. Musiqiyda tavr ishlar bog‘labtur, ul jumladin, 

bir  naqshi  bor,  nuhrangga  mavsum.  Bu  to‘qqiz  rangning  tuganishi  va  naqshning 

maylosi rosttadur»

1




Download 388.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling