Maruza atd ki att ax
Download 88.47 Kb. Pdf ko'rish
|
8-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzlar
8-ma’ruza. Istisnolarni qayta ishlash Istisnolar, xato va kamchiliklardan qutulish .NET platformasida istisnolarni qayta ishlash bloklarining tuzilishi. try operatorlari va istisnolar Kalit soʻzlar: catch, CLR, Data, Exception, finally, HelpLink, InnerException, istisno, Message, Source, StackTrace, TargetSite, try, using, when, xato Istisnolar, xato va kamchiliklardan qutulish Texnologiyalar qanchalik rivojlanmasin, ideal dasturchining mavjud emasligi hammaga ma’lum. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish murakkab jarayon va bu murakkablik sababli, hatto eng yaxshi dasturlar ham turli muammolarga duch kelishi tabiiy hol. Ba'zi hollarda, muammo "yomon yozilgan" kod tufayli yuzaga keladi (masalan, qator chegaralarining oshib ketishi tufayli), boshqalarida esa, foydalanuvchi kod bazasida hisobga olinmagan notoʻgʻri ma’lumotlar kiritilishi natijasida (masalan, telefon raqami uchun ajratilgan maydonga Chucky qiymati kiritilganida). Muammoning sabablaridan qat'iy nazar, dastur oxir-oqibat kutilganidek ishlamaydi. Kelgusida istisnolarni strukturali qayta ishlashga zamin yaratish uchun anomaliyalarni tafsiflashda ishlatiladigan uchta keng tarqalgan atamani koʻrib chiqaylik. Nuqsonlar. Sodda qilib aytganda, dasturchi tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatoliklar. Misol tariqasida, tasavvur qilaylik, Siz boshqarilmaydigan C++ da dastur tuzayapsiz. Agar Siz dinamik ajratilgan xotirani tozalashni unutsangiz, bu xotiradagi nuqsonlarga sabab boʻladi. Foydalanuvchi xatoliklari. Boshqa tomondan qaralganda, foydalanuvchi xatoliklari odatda ilovani yaratgan dasturchi tomonidan emas, balki ishga tushiruvchi tomonidan yuzaga keladi. Masalan, oxirgi foydalanuvchining matn maydoniga notoʻgʻri shakllantirilgan satrni kiritishi, agar kod notoʻgʻri kiritilishni boshqarishni nazarda tutmagan boʻlsa, katta ehtimol bilan kutilmagan xatoliklarning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Istisnolar. Istisnolar deyilganda, odatda, ilovalarni dasturlash bosqichida hisobga olish qiyin (hatto mumkin boʻlmagan), dastur bajarilishi jarayonida yuzaga keladigan kutilmagan holatlar nazarda tutiladi. Mavjud boʻlmagan (yoki oʻchirilgan) ma’lumotlar bazasiga ulanishga urinish, buzilgan XML faylini ochish yoki joriy vaqtda avtonom rejimda boʻlgan mashinaga ulanishga urinishlar ham istisnolarga misol boʻlishi mumkin. Yuqorida sanab oʻtilgan har bir holatda, dasturchi (yoki oxirgi foydalanuvchi) bunday "istisno" holatlarni nazorat qila olmaydi. Keltirilgan tavsiflarni hisobga olganda shuni tushuntirish lozimki, .NET da istisnolarni strukturali qayta ishlash – bu dastur bajarilishi jarayonida istisno holatlari bilan ishlash usulidir. Dasturchi nazaridan chetda qolgan nuqsonlar va foydalanuvchi xatoliklari uchun ham CLR muhiti yuzaga kelgan muammolarni identifikatsiyalovchi tegishli istisnolarni generatsiyalaydi. .NET asosiy sinf kutubxonalarida FormatException, IndexOutOfRangeException, FileNotFoundException, ArgumentOutOfRangeException va boshqa shu kabi koʻplab istisnolar mavjud. Garchi dasturchilar har bir anomaliyani alohida muammo sifatida koʻrib chiqishsada, .NET terminologiyasi doirasida istisnolar nuqsonlar, foydalanuvchi tomonidan notoʻgʻri kiritilish holatlari va dastur bajarilishi jarayonidagi xatoliklar bilan izohlanadi. Tafsilotlarga kirishdan oldin, keling, tuzilgan istisnolarni boshqarish rolini rasmiylashtiraylik va uning an’anaviy xatoliklardan qanday farq qilishini koʻrib chiqaylik. Download 88.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling