Statistikaning asosiy elementlari


Download 472.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana13.12.2022
Hajmi472.79 Kb.
#999553
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu Statistika



Ikkinchi bob 
STATISTIKANING ASOSIY ELEMENTLARI 
Ushbu bobda quyidagi bilimlar bayon etilgan: 
1. 
Statistika fanining asosiy kategoriyalari, tushunchalari, usullari 
2. 
Statistik qo`llanmalarning turlari 
3. 
Bosh to`plam va tanlanma to‘plam 
4. 
Tanlanmaning statistik taqsimoti 
 
1. 
Statistika fanining asosiy kategoriyalari, tushunchalari, usullari 
 
Statistika o’z predmetini quyidagi kategoriyalar yordamida o’rganadi:
1. Statistik to’plam – bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi 
bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning 
yig’indisidir. Masalan, korxonalar soni, aktsiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni 
va h.k. To’plamlar bir jinsli (o’xshash, bir xil bo’lgan) va turli jinsli bo’lishi 
mumkin. 
O’rganilayotgan ob’ektning belgilari to’plamning hamma birliklari uchun 
umumiy bo’lsa to’plam bir jinsli deyiladi. Masalan, xususiy firmalarni o’rganishda, 
eng avvalo, ulardan ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi va shug’ullanmaydigan 
korxonalarni ajratish kerak. Bu yerdan ikkita yangi to’plam paydo bo’ladi. Bu 
to’plamlarga kirgan har bir korxona to’plam birligi hisoblanadi.
To’plam birliklari bir holatda bir jinsli, shu birliklar boshqa holatda bir jinsli 
bo’lmasligi mumkin. Masalan, ish haqi nuqtai nazaridan davlat (yoki nodavlat) 
korxonalarida band bo’lgan ayollar-ishchilar to’plami bir jinslidir. Aholini takror 
ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, aniqrog’i tug’ilish masalasidan qarasak bu 
to’plam bir xil emas, chunki ayollarning ayrim yoshdagilari endi bola tug’a 
olmaydi. 
2.Belgi - bu to’plam birligining sifatiy xususiyatidir. O’rganilayotgan to’plam 
birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va alternativ 
belgilarga bo’linadi.
Miqdoriy ifodaga ega bo’lgan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi. Masalan, 
ish staji, mehnat haqi, kishi yoshi va h.k.
Miqdoriy ifodaga ega bo’lmagan belgilar atributiv belgilar deyiladi. Masalan, 
professor, biznesmen, barmen, bankir va h.k.
Agarda belgida, mohiyati bo’yicha teskari variant mavjud bo’lsa, bunday 
belgilar alternativ belgilar deyiladi. Masalan, har bir kishi turmush qurgan va 
qurmagan bo’lishi mumkin, do’kondagi tovar iste’molga yaroqli va yaroqsiz 
bo’lishi mumkin. Bunday belgilar bo’yicha ma’lumot to’planayotganda, odatda, 
savolga ha yoki yo’q deb javob beriladi.
Statistik o’rganishning farqli xususiyati, unda faqat o’zgaruvchan 
(tebranuvchi, farqlanuvchi) belgilar o’rganiladi, ya’ni belgilar bir-biridan 
farqlanadi. Bu farqlanish statistikada variatsiya deb ataladi. Masalan, menejer 
ishini olaylik. Uning ishi natijasiga firmadagi umumiy sharoitlar va uning faqat 
o’ziga bog’liq omillar (uning ma’lumoti, ishchanligi, ishni tashkil qila bilishi va 


h.k.) ta’sir qiladi. Birinchi omil firmadagi hamma menejerlar uchun bir xil, 
ikkinchi omil esa har bir menejer uchun alohida tasnifga ega. Bu omillar bir-biri 
bilan qo’shilib, pirovard natijada ishchining ish natijasini har xil bo’lishiga olib 
keladi. Bunday belgilar variatsion belgilar deb ham ataladi.
Agarda, o’rganilayotgan belgining o’zgarishi turli davrlarga to’g’ri kelsa (oy, 
yil) bunday o’zgarish statistikada variatsiya emas, dinamika deyiladi.  

Download 472.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling