Statistikaning asosiy elementlari


Download 472.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana13.12.2022
Hajmi472.79 Kb.
#999553
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu Statistika

3. Statistik ko’rsatkich – bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va 
vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar hajmiy va hisoblangan 
ko’rsatkichlarga bo’linadi. Ular reja, hududiy, haqiqiy, bashoratlangan 
ko’rsatkichlar shaklida bo’lishi mumkin. Statistik ko’rsatkichlarni statistik 
ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik ma’lumotlar bu statistik 
ko’rsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir.  
4.Statistik ko’rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan statistik 
ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha 
pog’onalarini o’zida qamrab oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq 
darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona
firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi.  
Statistika o’z ob’ektini ma’lum metodlar yordamida o’rganadi.
Statistika dialektik metodga asoslanib, o’z predmetining o’ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o’rganishning maxsus statistik 
metodlarini yaratgan. Ularning yig’indisi statistika metodologiyasi deyiladi. 
Istalgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ma’lum bir xulosaga kelish 
uchun biz, birinchi navbatda, ular haqida ma’lumotlar to’plashimiz, ikkinchidan
to’plangan ma’lumotlarni tartibga solib, ularni jadvallarga joylashtiramiz va 
grafiklarda tasvirlaymiz, uchinchidan, olingan va hisoblangan ko’rsatkichlarni har 
tomonlama tahlil qilishimiz kerak. Mana shu shartlarni to’liq bajarsak
o’rganilayotgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ob’ektiv xulosaga 
kelishimiz mumkin. Shuning uchun ham har qanday statistik tekshirish statistik 
kuzatish, jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga 
bo’linadi.  
Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo’llaniladi. 
Birinchi bosqichda - statistik kuzatish metodi, ikkinchi bosqichda - jamlash va 
guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar, uchinchi bosqichda turli 
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni (mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, dinamika 
ko’rsatkichlarini tahlil qilish, balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish 
metodlari. 
Ilmiy jihatdan asoslangan statistik tadqiqot qayd etilgan metodlarning 
chambarchas bog’liq ravishda olib borilishini taqozo etadi. 

Download 472.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling