Maruza Avtomobillarning axborot-diagnistik tizimlari1
Avariya temperaturasi xabarchilari. A
Download 1.9 Mb.
|
Mavzu 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.3. Bosimni o‘lchash asboblari
Avariya temperaturasi xabarchilari. Avtomobillarda strelkali temperatura ko‘rsatkichlarining o‘rnatilishi, dvigatelning issiqlik rejimini birdan buzilishi (masalan, suv nasosining ishdan chiqishi, suv nasosining harakatga keltiruvchi tasmaning uzilishi yoki sovutuvchi suyuqlikning oqib ketishi va boshqa sabablarga ko‘ra) natijasida, uning temperaturasi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan qiymatlargacha ko‘tarilib ketishini haydovchi darhol sezadi va tegishli chora ko‘radi deb kafolatlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ba’zi avtomobillarda strelkali termometrga qo‘shimcha avariya temperaturasi xabarchilari ham o‘rnatiladi.
Suyuqlikli sovutish tizimiga ega bo‘lgan dvigatellarda avariya temperaturasi xabarchisining datchigi radiatorning yuqori bakiga, havo bilan sovutiladigan dvigatellarda esa, moylash tizimiga o‘rnatiladi. Avtomobillarda avariya temperaturasi xabarchisi sifatida termobimetall plastinali datchiklar ishlatiladi. Datchiklarni tuzilishining o‘ziga xos tomonlarini TM104 belgili datchik misolida ko‘rishimiz mumkin (6.4-rasm). TM104 datchigida uchiga kontakt 5 o‘rnashtirilgan bimetall plastina 4 jez ballon 3 ga joylashtirilgan va qobiqdan izolyatsiya qilingan. U qalin sim 9 orqali izolyator 2 ga mahkamlangan qisqich 1 bilan tutashtirilgan. CHeklagich 6 bimetall plastina 4 ning ballon 3 ga tegib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kontakt plastinasi 8 ga mahkamlangan qo‘zg‘almas kontakt 7, qobiq orqali «massa» ga ulangan. Nazorat qilinayotgan muhit harorati ortishi bilan bimetall plastina 4 ham qiziydi va past tomonga qarab egila boshlaydi. Temperatura ma’lum xavfli qiymatga yetganda bimetall plastinaning egilishi shu darajaga yetadiki, u kontaktlar 5 va 7 ni tutashtiradi. Bu holda avtomobilning asboblar panelida joylashtirilgan qizil xabarchi chiroq 10 yonadi. 6.3. Bosimni o‘lchash asboblari Avtomobillarda o‘rnatilgan bosim o‘lchash asboblari dvigateldagi va gidromexanik uzatmalardagi moy, pnevmatik tormoz tizimidagi havo bosimini nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Moy va havo bosimini nazorat qiluvchi asboblari nosoz bo‘lgan avtomobillarni ishlatish qat’iyan man etilgan, chunki bu avariya rejimlarini yuzaga keltirishi mumkin. Haydovchi diqqatini shoshilinch tarzda jalb qilish maqsadida, deyarli hamma avtomobillarda strelkali manometr bilan birga avariya bosimi xabarchisi ham o‘rnatiladi. O‘lchash usuliga ko‘ra, manometrlar bevosita ta’sirlanuvchi (mexanik) va elektr asboblarga bo‘linadi. Bevosita ta’sirlanuvchi asboblar turiga naychasimon prujinali manometrlar, elektr asboblariga termobimetall impulsli va reostat datchikli logometrik manometrlar kiradi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling