Ma’ruza: Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan barokko arxitekturasi. Frantsiya renessansi davri


Download 164 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.10.2020
Hajmi164 Kb.
#134350
Bog'liq
2 5199497772293687563


13-ma’ruza:

 

Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan 

barokko arxitekturasi.  Frantsiya renessansi  davri  

MA’RUZA REJASI: 

1.  17chi - asr G`arbiy-Yevropa  mamlakatlaridagi  siyosiy- ma’naviy 

xayot. 

2.  17 asrda Italiya san’ati 

3.  17 asrda  Flandriya san’ati 

4.   17 asrda  Frantsiya san’ati 

Tayanch  so`zlar: 

Katolitsizm,  Rim, Inkvizitsiya,  iyezuitlar, Rim Papasi,  Pavel VII, Innokentiy X, 

Barokko  uslubi,    realizm,    karavadjizm,  akademizm,  eklektizm,  Bernini,  

Barromini,    Karrachilar,  Antverpen,  Rubens,  Van  Deyk,  Amsterdam,  

Rembrandt,  Xals,  byurgerlar,    korporatsiya,    guruxli  portret,  Madrid,  Filip  P,  

Karl  4,  ”Oltin  asr”,  Ekorial,  Toledo,  Velaskes,  bodegon,  infanta,  Ribera, 

pleteresk, churrigera, Errereska.. 

17- asrda  Italiya san’ati 

17-  asrda–Italiya.  Italiyada  16-asr  o`rtalaridan  beri  feodal-  katolik  reaktsiya 

xukm surar edi. 17-asrda  u Uyg`onish davridagidek  ilg`or, yetakchi  mamlakatlar 

qatorida  emas  edi.  Siyosiy  xamda  iqtisodiy  jixatdan  sust  va  tarqoq  mamlakat 

bo`lgan  Italiya  kichik  xududlarga  bo`lingan  bo`lib,  o`zidan  kuchli  bo`lgan  

Frantsiya  va  Ispaniyadek  davlatlarga  bas  kela  olmasdi.  U  ma’lum  muddat  o`z 

siyosiy  mustaqilligini  qo`ldan  boy  berdi.  Bu  mamlakatdagi  uzoq  yillik  urush 

Ispaniyaning  g`alabasi  bilan  yakunlanib,  u  Italiya  yerlarining  katta  qismini 

egallab  xukmronlik  qila  boshladi.Agar  Ispaniya  Italiyaning  butun  janubiy 

xududlarini  egallagan  bo`lsa,  Frantsuzlar  Mantuya,  Ferrara  xatto  Parm 

gertsogligiga  xam  ta’sirini  o`tkazib,  Modena  va  Pьyemontaga  xam  ko`z 

tikayotgan  edi.  1559  yilda-  Kato-  Kambrezi  sulxiga  bitim  tuzildi.  Shu  davrdan 

boshlab  Italiya  taqdiri  Ispaniya  bilan  bog`lanib  qoldi.  Venetsiya,  Genuya  va 

boshqa  Rim  papasiga  tegishli  bo`lgan  yerlardan  tashqari  Italiya,    ikki  asr 

mobaynida    Ispaniyaga  qaram  bo`ldi.  Bu  yerdagi  qirg`in-  barot  urushlarga 

Ispaniya  sababchi  bo`ldi.Bu  davrda  xokimiyatni  katolik  ruxoniylari  va 

aristokratlar boshqarar edi. Italiya xalqi:  shaxarliklar va dexqonlar og`ir axvolda, 

qashshoqlikda kun kechirar edi.

 

17-asrda  katolik  dinining  mavqei  faqat  italiyada  emas,  balki  xalqaro  maydonda 



xam  o`sib,  baquvvatlashdi.Cherkov  esa  Italiyada  katta  kuchga  ega  bo`lib,  u 

ma’naviy  xayot  va  jamiyatga  kuchli  ta’sirini    o`tkazar  edi.Papalik  ,  ispan 

gabsburglari  bilan  til  biriktirib,erksevar  kishilar  va  yetakchi  g`oyalar  ustidan 

ustun  kelib,tayziq  o`tkazishga  urinar  edi.  ”Inkvizitsiya”  (cherkov  sudi)  yoki 



inkvizatorlar bu yerda xam o`z mavqeini saqlashga urinib, san’atga xam  ma’lum 

daraja  ta’sirini  o`tkazdi.  Uyg`onish  davrining  ilg`or  gumanistik  g`oyalari  ham 

o`tmishda  qoldi.  16-asr  o`rtalaridan  san’atda  “manerizm”  deb  nom  olgan  ruhan 

tushkun kayfiyatdagi nosog`lom yo`nalish xukmronlik qila boshladi. 

        Iqtisodiy  va  siyosiy  munosabatlarda  taxqirlangan,  ammo  xayratlanarli 

darajada o`zining boy ma’naviy madaniyati va qudrati bilan Italiya tasviriy san’at 

va  madaniy  borada  yangicha qudratli  yo`nalishlar o`chog`i bo`ldi. Bu  yerda turli 

oqim  va  yo`nalishlar  yuzaga  kelib, keyingi Yevropa san’ati  va  madaniyatida o`z 

rivojini topdi. 16-asr oxirlarida italiya tasviriy san’ati murakkab shart-sharoitlarda 

rivojlangan bo`lsada,17-asrda uning dovrug`i butun yevropaga yoyildi. 

 

17  chi  yuz  yillik  italyanchada  “Seichento”  deb  nomlandi.    Italiya 



seichento  madaniyati  va  san’atining  umumiy  xarakteri  uning  tarixiy  rivojlanishi 

bilan  bog`lanadi.  Aynan,  Italiyada  barokko  stili  dunyoga  keldi  va  u  keng  rivoj 

topdi. Bu stil, asosan ikki sinf: cherkov va aslzodalar xoxish va talablariga javob 

berdi.    Barokkoga  asosiy  buyurtmachi  xam  ular  bo`ldi.  Diniy  janrdagi  asarlar 

cherkov  talabiga  javob  bergan  bo`lsa,  aslzodalar  uchun  mifologik  mavzudagi 

kompozitsiyalar keng o`rin egalladi.  Biroq, bu yo`nalish, Italiya san’atida yagona 

bo`lmay,  u  bilan  yonma-yon  realistik  yo`nalish  xam    rivojlandi.  Bu  oqim  Italiya 

jamiyatidagi  demokratik  qatlamlar    g`oyasi    bilan  bog`liq  bo`lib,  Italiyaning 

ko`pgina badiiy markazlariga keng yoyildi. 

16-asr  oxiri  17-asr  boshlaridayoq  Italiya  maktabining  asosiy  badiiy  prnitsiplari 

aniqlanib,  asrnnng  ikkinchi  o`n  yilligida  esa,  yirik  badiiy  maktablar  o`zlarining 

nomlarini  e’lon  qildilar.  16-asr  90-yillaridan  Rim    Yevropada  butun  katolik 

olamining  markazi  bo`lib  qolmay,  balki  tasviriy  san’atda  xam  yetakchi    badiiy 

markaziy  shaxarlaridan  biriga  aylanib,o`zida  milliy-madaniy  an’analarni  aks 

ettirgan xududiy lokal maktablarda  yangicha g`oyalar tez tarqalar edi. Rim  16 -

17  asrlar  arafasida    antik  san’at  va  madaniyatning  o`chog`i  bo`lib,  ko`plab 

mamlakat  rassomlari  bu  shaxarda  o`z  ijodiy  qobiliyat  va  saloxiyatini  oshirish 

maqsadida  bu  yerga  intilganlar.  Shuningdek,  Renesans  san’ati  bilan  yaqindan 

tanishishga  xam.Aynan,  barokko  printsiplari  Rim  shaxridan    boshlangan.  Italiya 

seichentosida  esa  yetakchi  stil  barokko  bo`lgan.  Bu  stil  16  -  asr  oxirlaridan  Rim 

arxitekturasida aniq bir ko`rinishiga ega edi. Barokko rim arxitekturasida o`zining 

tendentsion rivojini bosqichma-bosqich boshidan kechirdi.   

XVII  asr  Italiya  barokko  me’morligi  rivojida  D.Fontana,  K.Raynalьdi, 

K.Moderna, D.Della Portalar o`ziga xos o`rin egallagan bo`lsa, bu stilning yuqori 

cho`qqisi  –L.D.Bernini  ,  F.Barromini,  B.Longenalar  ijodiyoti  bilan  chuqur 

bog`lanadi. 

XVII  asr  Italiya  san’atining  dovrug`i  va  mavqei  L.D.Bernini  nomi  bilan 

bog`lanadi.  Bernini  serqirra  ijodkor,  me’mor,  rassom  va  xaykaltarosh  sifatida 



dong taratdi. U shu qadar mashxur bo`ldiki, xatto, Berninining nomi butun bir asr 

san’atining ustidan g`olib keldi. 

XVII  asr  Italiya  san’atida  lokal  (

joylik  o`ziga  xos  rangtasvir  maktablari

)  maktablar 

ichida Rim  alohida o`rin egallaydi. Rim  boshqa  markazlarga qaraganda san’atda 

yetakchilik  qilib,  u  bilan  yonma-yon  Venetsiya,  Bolonьya,  Verona  maktablari 

xam  o`zlarini  e’lon  qildilar.  Bolonьyada  aka-uka  Karrachilar  dastlabki  “To`g`ri 

yo`ldan  boruvchi  Akademiya”ga  asos  solishlari  bilan  birga,  akademizm 

yo`nalishga tamal toshini qo`ydilar.  Aka-uka  Karrachilarning barokko  maxobatli 

rangtasviri  rivojiga  qo`shgan  hissasi  xam  alohida  e’tiborga  loyiq.  Ayniqsa, 

Anniballe  Karrachi  san’ati  nafaqat  italiyada,xatto  boshqa  mamlakatlarda  xam 

mashxur bo`ldi. Italiya san’atida plafon rangtasviri 

(shipga  surat solish)

  keng  rivoj 

topdi.  Karrachilar  bu  soxada  o`zlaridan  ko`plab  shogirdlar  yetishtirdilar.  Ular 

akademik san’at rivojida xam o`ziga xos rol o`ynadilar. 

XVII  asr  Italiya  rangtasvirida  M.M.de  Karavadjo  san’ati  xam  alohida 

ahamiyatlidir. U Italiya rangtasvirida yirik isloxotlarni amalga oshiradi. Shu bilan 

birga o`zi yaratgan “karavadjizm” ga asos soldi. Bu uslub keyingi davr rassomlari 

ijodida  muhim  o`zgarishlarga  sabab  bo`ldi.  Karavadjizm  keyingi  yevropa 

rassomlari ijodiy izlanishlarida o`ta zarur usul va qo`llanilish sifatida qadrlandi va 

rivojlandi.  Karavadjizm  ta’sirida    Italiyada  –  Lotto  va  Bossanolar,  Frantsiyada  – 

J.de  Latur  va  Valantenlar,  Flandriyada-Rubensdek  rassomlar,  golland  san’atida- 

Rembrandt  va  butun  bir  Utrextchi  rassomlar  xam  bu  oqim  ta’siriga  tushib  va 

muvaffaqiyatli  ijod  qildilar.Aynan  Italiya    san’atida  janrlarning  mustaqil  janr 

sifatida  ajralib  chiqishi    va  ularda  defferentsiyalashish  jarayoni  xam  g`arb-

yevropa  tasviriy  san’atida  muhim  bo`ldi.  Italiya  rangtasvirida  ushbu  janrlar  shu 

davr rassomlari ijodida asoslandi. Italiya san’atida portret, maishiy, tarixiy, batal, 

manzara,  janrlari  o`ziga  xos  tarzda  rivoj  topib,  natyurmort  janriga  Karavadjo 

dastlabki qadamni tashlab berdi.(

Mevali savatcha natyurmorti) 

 

Italiya  maktabi  azaldan  G`arbiy  Yevropadagi    boshqa  milliy  badiiy 



maktablar  uchun  namuna  bo`lib  keldi.  XVII  –asrda  u  Renesans  an’analaridan 

uzoqlashib,  yangi  davrda  yangicha  izlanishlar  sari  intilib,  yana  avvalgidek 

yetakchilikni  qo`ldan  boy  bermadi.  U  bu  davrda  ham  boshqa  milliy  badiiy 

maktablar  uchun  taqlid  qilishning  namunasi  bo`ldi.    Xuddi  Uyg`onish 

davridagidek  ko`plab  Yevropa    rassomlari  bu  yerga  badiiy    ta’limni 

mukamallashtirishda  xamda amaliyot o`tash uchun bu yerga shoshildilar. Italiya 

san’atidan  bahramand  bo`lmagan  biror  maktab  yoki  ijodkorning  o`zi  bo`lmasa 

kerak.  XVII  asrda  ular  Renesans  va  Barokko  stilini  butun  dunyoga  keng 

yoydilar.Bu  kabi  xulosalar  shuni  ko`rsatadiki,  Italiya  maktabi  barcha  maktablar 

uchun  asos,  poydevor  vazifasini  o`taydi.  Umuman  qaralganda  Italiya,  butun 

madaniy  jabhada,  arxitektura,  tasviriy  va  amaliy  san’at  borasida  yagona 


o`choqlardan  biri  sifatida  XVIII  asr  o`rtalarigacha  yetakchilikni  qo`ldan    boy 

bermadi. 



Italiyada - barokko stili 

       O`n  yettinchi  asr  G`arbiy  Yevropa  san’ati  tarixida  “Barokko  asri”  deb 

yuritiladi.  Davrning  estetik  qarashlari  aynan  shu  uslubda  ko`proq  o`z  ifodasini 

topishi, bu  iboraning  fanda qo`llanilishiga  sabab bo`ldi. Yangi  uslub  –  Barokko 

stilining  belgilari  dastlab Italiya san’atida  16-asrning 80 chi  yillarida kirib keldi. 

U butun XVII asr davomida rivojlanib, XVIII asrning birinchi yarmigacha xukm 

surdi.  Barokko,  dastlab,  arxitektura  soxasida  o`zini  namoish  etib,  u  xali 

Uyg`onish me’morlari Palladio, Vinьola qurilmalarida o`z ifodasini topdi. Bu stil 

keyinroq,  tasviriy  san’at  va  xaykaltoroshlikda  xam  ko`rina  boshladi. 

Mikelandjeloning maxobatli suratlari va xaykallarida, Korredjoning maxobatli va 

dastgoxli  asarlarida  uning  ilk  belgilari  xamda  xususiyatlari  ko`rina  boshladi. 

Barokko    bu  qarama-  qarshiliklar  va  kompozitsion  elementlarning  notekis 

bo`linishidir.  Bu  ibora  italyanchada  -“g`aroyib”, ”bachkana”, ”serxasham”  va 

xaddan  ziyod  bo`rttirilgan  degan  ma’noni  anglatadi.  Bu  badiiy  stil,  faqat 

me’morlik va tasviriy san’atda o`zini namoish etmay, balki butun badiiy-madaniy 

jabxada  jumladan,  adabiyot  va  musiqada  xam  o`zini  namoish  etdi.  Bu  stil, 

keyinchalik,  butun  Yevropa  mamlakatlariga  keng  tarqalib,  jumladan:  Flandriya, 

Ispaniya, Frantsiya, Germaniya va Angliyada, qisman boshqa davlatlarga xam o`z 

ta’sirini  o`tkazdi.  Davrning  sotsial  kelishmovchiliklari,  feodal  va  kapitalistik 

tuzum  o`rtasidagi  o`zaro  siyosiy  -iqtisodiy  kurashlar,  shuningdek,  milliy 

davlatlarning tiklanishi va ulardagi qirg`in-barot urushlar  bu uslubga o`z talabini 

qo`ydi.  Uni  xaddan  ziyod  bo`rttirilgan,  dabdabali,  serxasham  va  jozibador 

bo`lishiga    ,  undagi  shakllarning  o`ta  qarama-qarshi  va  xarakatchan  keltirilishi. 

Barokko  stili  shuningdek,  absolyut  monarxiyani  olqishlashga  va  ko`klarga 

ko`tarishga  xamxizmat  qildi.  Qurilgan  qurilmalarda  absolyut  manarxiyaning 

qudratini  namoish etsa, tasviriy san’at asarlarida shaxsni olqishlash  va ko`klarga 

ko`tarish  kabi  xususiyatlar  ko`zga  tashlanadi.  Barokko  stili  asosan,  ikki  sinf: 

cherkov    va  aslzodalar  talab  istagidan  yuzaga  kelib,  bu  ikki  sinfga  xizmat  qildi. 

Uning  kurtak  yozishi  aynan  katolik    cherkovi  talab  istagidan  kelib  chiqib,  Rim 

papasi  qarorgoxlaridan  boshlanadi.  Rim  papasi  16-asr  oxirlaridan  butun 

yevropada,  o`z  mavqeini  tiklab  olishda,  o`z  maqsad  va  g`oyalarini  keng  targ`ib 

qilishda  bu  stildan  unumli  foydalandi.  Shu  sabab,  eng  avval  u,  o`z  qarorgoxini 

qayta qurdirib,  uni  yanada ko`rkam serxasham  va  dabdabador bo`lishiga  xarakat 

qildi.  Bu  esa  san’atda  ekstravagantlilik  yoki  jimjimadorlik  sari  intilishning  bir 

ko`rinishi  bo`lib,  ba’zan  ekzaltatsion  hissiyotga  boy  yoki  ekstsentrik 

bo`rttirilishlar  orqali  o`z  ifodasini  topdi.  Katolitsizm  g`oyasini  keng  targ`ib 

etishda barokko stili eng avval cherkov qurilishida, xashamatli  saroy va villalarni 



bezatishda  maxobatli  rangtasvir,  xaykaltoroshlik  va    cherkov  mexrobiga 

ishlangan  asarlarda  qo`l  keldi.  Ularda  diniy  rivoyatlardan  olingan  mavzular 

yetakchilik qildi. Bunda Iso, Mariya,saxobalar bilan birga aziz avliyolar boshidan 

o`tkazgan  azob-uqubatlarni  tasvirlovchi  saxna  ko`rinishlar  dramatik  talqin  etilib, 

ular  emotsional  ta’sirli  yetkazilib,  insonlarda  dinga  bo`lgan  e’tiqodni 

kuchaytirishga  qaratildi.    Barokko  stiliga  xos  dekorativlilik,  his-xayajonga  to`la 

dramatik talqin etilgan san’at  asarlar o`zining dinamik yechimi va nur va soyaga 

to`laligi  bilan  ko`plab  ijodkorlarni  o`ziga  jalb  eta  oldi.Bu  G`arb  Yevropa 

mamlakatlariga  tezda  yoyildi  va  maxalliy  an’analar  va  uslublar  bilan 

uyg`unlashib,  o`ziga  xos  milliy  rux  kasb  eta  bordi.

1

  Jumladan,  Ispaniyada  va 



Portugaliyada  barokko  o`ta  xashamdor  va  jimjimadorligi  bilan  e’tiborni  tordi. 

Bunga  sabab,  bu  yerdagi  milliy  me’moriy  an’analar  bilan  birga  amaliy  bezak 

san’ati  rivojidan  dalolat  beradi.Flandriyada  barokko  o`ta  jozibador  va  ko`tarinki 

ruxda ko`rinish kasb etgan bo`lsa, Germaniyada barokko gotik an’analar ta’sirida 

shakllandi.  Frantsiyada barokko klassitsizm  tamoyillari bilan  uyg`unlashib ketdi. 

Aniqrog`i,  barokko,  arxitekturada  klassitsizmga  zamin  yaratdi.  Keyinroq, 

Skandinaviya va Rossiyada xam o`z rivojini boshidan o`tkazdi.  

Italiyada  barokko  xaykaltaroshligi

.

 



17chi  asr  Italiya  barokko  xaykaltoroshligida  barokko  arxitekturasi  printsiplari 

o`zining  kuchli  ta’sirini  o`tkazib,uning  g`oyaviy-  badiiy  yechimi  bilan  bog`liq 

xolda  rivojlandi.  Xaykaltoroshlik  interьyer,cherkov  fasadi,saroy  va  villalar,bog` 

saylgoh,  ansambllarni  bezatishda  katta  axamiyatga  ega  bo`ldi.  Xaykallar,  qabr 

toshlar,mexrobga  mo`ljallangan  xaykaltoroshlik  kompozitsiyalari  va  fontan 

xaykaltoroshlik guruxlari shuningdek, dekorativ bezaklar  me’moriy ansambllarni 

bezatish  bilan  birga,  ularga  joziba  va  ko`rk  bag`ishlab,ajralmas  qismiga 

aylandi.Papalik  ,taniqli  amaldorlar,  yuqori  tabaqa  va  badavlat  kishilar  asosiy 

buyurtmachilar  bo`lib,  xaykaltoroshlik  san’atining  g`oyaviy  mazmunini  va 

tematikasini  belgilab,bu  turdan  dinni  keng  targ`ib  etishda,  cherkov  obro`sini 

oshirishga,yoki  aslzodalar  o`z  xayotini  namoish  qilish  maqsadida  undan  unumli 

foydalandilar. 

Barokko xaykaloroshligida asosiy qaxramon bu eng avval  - Iso, Mariya va uning 

saxobalari,ularning  xayotidan  olingan  g`aroyib  saxnalar,undan  so`ng  mifologik 

qaxromonlar,aslzodalarni  tasvirlovchi  tantanavor  portretlar  va  jimjimador 

qabrtoshlar  ishlash  shu  davrning  sevimli  mavzulari  xisoblangan.Endi  Uyg`onish 

davridagidek xayotdan mamnun yetuk ideallar o`rnigabarokko xaykaltoroshligida 

insonning  yuqori  emotsional  xissiyoti  ,  xatti-xarakati  bilan  birga  uning  ichki 

tug`yoni  va  iztirobini  yoritishasosiy  masala  bo`ldi.  Obrazlarningichki  ma’naviy 

                                                             

1

Ф.Дасса. Барокко. М., 2002. 



olami va kechinmasini ko`rsatish bilan birga,ularulkan  maxobatli xajmda, keskin 

va  qaltis  burilishlarda,intiluvchan  xarakatda  talqin  etildi.  Shuningdek,yuz 

ifodasida  qayg`u  va  quvonchni  ifodalay  olish  xam  bu  davr  xaykaltoroshlarining 

izlanishlaridagi asosiy muammo bo`ldi.  

Arxitekturakabi  barokko  xaykallari  juda  ko`p  narsani  o`z  qamroviga  olib,  keng 

makonda  u  boy  taasurot  qoldiradi.  Ayni  vaqtda  me’moriy  ansambllar  bilan 

uyg`unlashgan  xaykal  o`zining  mustaqilligini  yo`qotib,uni  tekis  yuzadan 

tashqarida  m:  devor  o`yig`ida  yoki  turtib  chiqqan  portiklarda,  karniz  va 

kapitellardan  joy  egallay  boshladi.  Bog`-  saylgoxlarda,  suvlik,chim  yoki 

ko`kalamzorlarni xam xaykaltaroshlik kompozitsiyalarisiz tasavvur etishning o`zi 

mushkul bo`lib qoldi. 

Marmar      barokko  xaykaltoroshligining  eng  sevimli  xom  materiali  bo`lib,  o`ta 

nozik  xaykallarni  jonli  yasashda  undan  unumli  foydalanildi.Barokko  ustalari 

o`zlari  yaratayotgan  xaykallarda  marmarning  o`ziga  xos  xususiyatlarini  yaxshi 

anglab,ba’zi  joylarini  silliq,  ba’zan  g`adir-budur  ko`rinishda  qoldirib,  tana 

plastikasini,  mato,”krujeva”va  xakozolarni  illyuzion  ko`rinishga  ega  bo`lishi 

uchun  xarakat qilganlar.Italiyada 17 chi asrning dastlabki   xaykaltoroshi  Stefano 

Moderna  edi.Uning“Avliyo  Tsetsiliya”  kompozitsiyasi  ilk  barokko  xaykal 

namuna sidir. Unda yosh  avliyo   Tsetsiliyani qabrdan qazib olingani va u uzala 

tushib yotganitasvirlanadi. 



                    

 

Lorentso Jovanni  Bernini. 

(1599  -1680 ) 

17-asr  barokko  xaykaltoroshligi  rivojida  va  uning  yuksalishida  L.J.Berninining 

xizmati  beqiyosdir.U  boshlang`ich  ma’lumotni  juda  erta  otasi  Pьyetro  Bernini 

ustaxonasida  oldi.  Yosh  Bernini  bu  ustaxonada  renesans  an’anasi  ta’sirida 

shakllanib,birgalikda 

ko`plab 


buyurtmalarga 

yordamlashdi.Uning 

-

Dovud”,”Platon  va  Prozerpina”  ,      “Apollon  va  Dafna



”(1622-  25  Borgeze  gal.) 

guruxli xaykaltaroshlik asarlari ilk davrda yaratilgan asarlaridir.

2

Bernini Dovudni 



yerga  bir  egilib,toshni  uloqtirmoqchi  bo`layotgan  xolatda  ko`rsatadi.Bunday 

yechim  tanlashda  u  keskin  burilishni  nazarda  tutgan.Uning  chimirilgan 

qoshi,qisilgan  lablari  o`ta  induvidual  dir.Antik  mifologiyadan  olingan  “Apollon 

va  Dafna”  kompozitsiyasi  xaykaltorosh  tomonidan  shoirona  tariflanib,nafis 

oxangda  ishlanishi  bilan  e’tiborlidir.Ushbu  kompozitsiyada  xaykaltorosh 

Mikelandjelo  kabi  tomoshabinni  marmarning  og`irligini  bildirmaslikka 

qaratadi.Chopayotgan  Apollon    yerga  salgina  tegib,Dafna  esa,hissiyotga 

                                                             

1. 

2

Мусский С.Л. 100 великих скульпторов М.: 2002. 



 

berilib,yuqoriga  intilmoqda.Afsonaga  ko`ra,  uning  lavr  daraxtiga  aylanish  vaqti  

ushbu  kompozitsiyaga  syujet  qilib  tanlangan.Agar  Dovud  xaykali  xar  taraflama 

ko`rishga  mo`ljallangan  xaykaltaroshlik  namunasi  bo`lsa,Apollon  va  Dafna 

xaykaltoroshlik guruxida xajmdor va nafissan’atga xos hislatlarva saxna ko`rinish 

ko`z oldimizda gavdalanadi.  

“Uxlayotgan  Germofrodit”  “Kardinal  Borgeze”bьyusti  (

1632y.Rim,gal.  Borgeze

Berninining eng sira xaykallaridan biridir.Kardinal Borgeze bьyustida ulug`vorlik 



ideallashtirish  bilan  qiyoslanib  Unda  tasvirlanuvchining  ko`pqirrali  shaxs  va 

nozik  did  egasi  ekanligi  katta  xayotiy  xaqiqat  bilan  yetkazilgan.  Ma’lumki, 

Bernini,  o`zining  xaykallarida  modelni  xar  taraflama  kuzatib,uni  turli  xolatda  va 

xarakatda  chizib  olishga  intilgan.  Bu  esa,  portretni  yanada  tugal  va  bir  laxzali 

ta’surotni  ilg`ab  olishga  imkon  beradi.  Borgeze  bьyustidan  keyin  Bernini  yana 

ko`plab  bьyustlarni  yaratib,  ular  obrazlarining  realistik  yoritilishi  va  moxirona 

ishlanishi 

bilan 


ajralib 

turadi.Shundaylardani 

-”Innokentiy 

X”.(


1647y.)

 

”Konstantsa 



Buonarelli” 

bьyustlaridir

.(Rim,gal.Doria 

Pamfiliya)

Konstantsa 

Buonarelli  portreti  tantanavor  ruxdagi  portretga  yaqin  bo`lib,  bu  sodda  intim 

portretda  xaykaltorosh  o`zi  sevgan  va  ardoqlagan  sevgilisining  obrazini  katta-

kuch bilan yetkazishga xarakat qilgan.

3

 

 Avliyo Pyotr soborini bezatishda Berninining  xizmati  xaddan ziyod kattadir. Bu 



ishlar  salkam  50  yildan  oshiq  vaqt  mobaynida  yakunlandi.  Undagi  baxaybat 

bronzadan yasalgan “Kivoriy

”(1624-33y),

xam me’morlik xamda xaykaltoroshlikka 

tegishli,”Avliyo 

Petrkafedrasi”(

1657 


66yy)

.Uning 


mehrobida 

ko`plab 


xaykallar,bo`rtmalar,qabrtoshlar,devoriy  dekorativ  bezaklar,rangli  marmardan  

ishlangan  ustunlar  va  xakazo    bularning  barchasi  Bernini  boshchilik  qilgan 

ustaxonadagi  boshqa  xaykaltoroshlar  bilan  birgalikda  ishlangan.Eng  e’tiborli 

ishlaridan  bu  yerdagi  ibodatxona  interьyeri  markaziy  qismini  bezab  turgan  xajm 

jixatdan 

ulkan 


 

Avliyo 



Iyeronim” 

xaykalidir.(

1629 

-38y


). 

Avliyo 



Longen”

4

xaykali  go`yo  ko`rsatilmagan  Isoga  qarab  sajda  qilayotgani,keng 



ochilgan  qo`llari,orqaga  tashlangan  boshi  va  yopinchig`idagi  burmalar,xaykalda 

fojeaviylikdan ko`ra teatral ko`rinish kasb etadi. 

Berninining Santa Mariya della Vittoriya cherkovidagi “Avliyo Tereza” mexrob 

kompozitsiyasi o`z o`rnida butun barokko  xaykaltoroshligida   namunaviy  xaykal 

bo`ldi.  Bu  xaykaltaroshlik  guruxi  cherkov  mexrobi  uchun  mo`ljallanib,    u  xuddi 

rangtasvir  asariga  o`xshata  talqin  etilib,  unda  ko`z  o`ngingizda  jonli  xayotiy 

voqea:  Terezaning  tush  ko`rayotgani,  tushida  farishta  uning  qalbiga  sevgi 

                                                             

2.   

3

Е.П.Львова, Н.Н. Фомина и др. Мировая художественная культура. От рождения до ХVII 



века. М.2008  

 

4



Мусский С.Л. 100 великих скульпторов М.: 2002. 

 


nishlarini  sanchayotgani  tasvirlanadi.Tereza    obrazi  shunday  ishonarli,  real 

tasvirlanganki,bir  vaqtning  o`zida  mistik  g`aroyib  voqea    ko`z  oldingizda 

jonlanayotgandek  taasurot  qoldiradi.Uning  bexol,    kuchsiz  boshi  orqaga 

tashlangan,marmar bulutlar orasida yotibdi.Ko`zlari esa yarim yopiq xolda,go`yo 

qarshisida turgan farishtani sezmayotgandek. Uning qaltirayotgan va alahlayotgan 

xolatiga ustidagi yopinchiq burmalari xam juda mos tushgan. Bu kompozitsiyada 

mistik  va  erotik  xissiyotlar  bir-biriga  aralashib  ketgan.  Bernini  o`zining  ushbu 

asarini  cherkov  o`yig`iga  joylashtirib,  oltin    jilvali  nurga  burkab  ko`zni 

chalg`itishga 

qaratadi.. 

Bunday 

ajoyib,o`ziga 



xos 

effektni 

yaratishda 

Bernini,marmarni  o`yib  emas,misoli  undan  ajoyib  jonli  shakllarni  yasashga 

muvaffaq  bo`ldi.“Men  marmar  ustidan  g`olib  chiqdim.Men  uni  xuddi  yumshoq 

va  egiluvchan  narsaga  aylantirdim”  –deydi  u.  Bu  bilan  u  ma’lum  ma’noda 

xaykaltoroshlik bilan rangtasvirni umumlashtirishga muvaffaq bo`ladi.

5

 



So`nggi  davrdagi  ishlaridan    “Gertsog  Franchesko  d,Este

”(1650  -51

)va 

Lyudovik 14”(



1665.Versal

) portret bьyustlari barokko portretchiligining eng oliy 

maxsuli  sifatida  qabul  qilinadi.Bunday  portretlarda  xaykaltorosh  obrazni 

psixologik  yechimdan  ko`ra,saroy  kiborlarining  induvidual  o`ziga  xos 

ko`rinishiga 

 

e’tibor 



qaratadi..”Papa 

Urban 

VIII” 

qabrtoshi

(1628


-

47y)


.”Aleksandr  VII”  ga  bag`ishlangan  qabrtosh  va  boshqalar.

(1671-


78yy)

Shuningdek,  avliyo  Angel  ko`prigidagi  xaykallar,  Panteon  yaqinidagi  katta 

Fil  xaykali  va  obelisk,  Barberini  maydonidagi  “  Triton”  fontani  va  undagi 

xaykaltoroshlik  guruxi,  Mavr  maydonidagi  -”  Navon”  fontani

(1648-55yy)

va 


boshkalar  Berninining  buyuk  xaykaltorosh    va  daxo  sifatida  namoish  etadi. 

L.Bernini  nafaqat  italiya san’atidagi  yirik namoyanda bo`lib qolmay, balki jaxon 

xaykaltaroshligi rivojida o`z o`rni va mavqeiga ega bo`ldi.Butun 17 chi asr Italiya 

san’ati  Bernini  nomi  bilangina  mashxurdir.  Keyingi  yevropa  xaykaltaroshligida 

Bernini san’ati  ko`plab  xaykaltaroshlarni  o`ziga  maftun etib,  ular  uchun  maktab 

vazifasini o`tadi. 



Italiyada   barokko san’ati.

 

17chi  asr  Italiya  tasviriy  san’atida  xuddi  me’morlik  kabi  barokko  stili  yetakchi 

o`rin  egallaydi.Uesa,manerizmga  qarama-qarshi  xolatda  shakllandi.  Manerizm 

esa  Uyg`onish  davri  gumanizmining    inqirozga  yuz  tutishi  bilan  bog`langan  edi. 

Italiyada bu davrda feodal katolik reaktsiya xukm surayotgan edi. Italiya tasviriy 

san’atini endi o`rta asr san’atiga qaytarib bo`lmas edi.Uyg`onish davri an’analari 

o`z kuchi va ta’sirini faqat fanda va qisman san’atda saqlab qolgan edi.Boshqaruv 

sinf  manerizmdek  umri  qisqa  san’atdan  qoniqmay,  xali  xam  renesans  san’atidan 

o`z  maqsadlari  yo`lida  foydalanmoqda  edilar.Boshqa  tarafdan  Uyg`onish 

                                                             

5

Вилфред Кох. Энциклопедия арх-ных стилей.  М., 2005 



davrining  ashaddiy  ixlosmandlari  chiqishlar  uyushtirib,cherkov  va  aslzodalarga 

qarshi chiqdilar.Shu sabab 16chi asrning so`ngida manerizmni bartaraf etishda va 

yangi  badiiy  muammolarni  xal  etishda  ikki  yo`l:      biri--    Akademizm  -  uning 

asoschilari  aka-uka  Karrachilar  va  ular  yaratgan  uslub,  ikkinchisi--   

Karavadjoning realistik san’ati bu davrda ko`ndalang turar edi. 

Karavadjizm. 

Italiya 


san’atida 

Bolonьya 

akademizmidan 

keyinroq,manerizmga  qarshi  o`ta  shijoatkor  boshqa  bir  oqim  paydo  bo`lib,u 

o`zining  ma’lum  miqyos  xalqchilligi  va  obrazlarining  realistik  talqini  bilan 

ko`zga  tashlanib,  boshqalardan  ajralib  turdi.  Bu  oqim    “karavadjizm”  deb  nom 

olib,  keyingi  realistik  yo`nalishning  rivojida  o`ta  muxim  bo`ldi.  Karavadjizm  - 

uning yo`lboshchisi Mikelandjelo Merize de Karavajo nomidan kelib chiqdi. 



 

Download 164 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling