Ma’ruza: Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan barokko arxitekturasi. Frantsiya renessansi davri
Download 164 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5199497772293687563
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’RUZA REJASI: 1. 17chi - asr G`arbiy-Yevropa mamlakatlaridagi siyosiy- ma’naviy xayot. 2. 17 asrda Italiya san’ati
- Katolitsizm, Rim, Inkvizitsiya, iyezuitlar, Rim Papasi, Pavel VII, Innokentiy X, Barokko uslubi, realizm, karavadjizm, akademizm, eklektizm, Bernini
- Karl 4, ”Oltin asr”, Ekorial, Toledo, Velaskes, bodegon, infanta, Ribera, pleteresk, churrigera, Errereska.. 17- asrda Italiya san’ati
- Italiyada - barokko stili
- -“g`aroyib”, ”bachkana”, ”serxasham” va xaddan ziyod bo`rttirilgan
- Italiyada barokko xaykaltaroshligi
- Lorentso Jovanni Bernini. (1599 -1680 )
- Dovud”,”Platon va Prozerpina” , “Apollon va Dafna
- Avliyo Petrkafedrasi
- Avliyo Iyeronim”
- Gertsog Franchesko d,Este
- Papa Urban VIII” qabrtoshi
- Triton
- Italiyada barokko san’ati.
13-ma’ruza: Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan barokko arxitekturasi. Frantsiya renessansi davri MA’RUZA REJASI: 1. 17chi - asr G`arbiy-Yevropa mamlakatlaridagi siyosiy- ma’naviy xayot. 2. 17 asrda Italiya san’ati 3. 17 asrda Flandriya san’ati 4. 17 asrda Frantsiya san’ati Tayanch so`zlar: Katolitsizm, Rim, Inkvizitsiya, iyezuitlar, Rim Papasi, Pavel VII, Innokentiy X, Barokko uslubi, realizm, karavadjizm, akademizm, eklektizm, Bernini, Barromini, Karrachilar, Antverpen, Rubens, Van Deyk, Amsterdam, Rembrandt, Xals, byurgerlar, korporatsiya, guruxli portret, Madrid, Filip P, Karl 4, ”Oltin asr”, Ekorial, Toledo, Velaskes, bodegon, infanta, Ribera, pleteresk, churrigera, Errereska.. 17- asrda Italiya san’ati 17- asrda–Italiya. Italiyada 16-asr o`rtalaridan beri feodal- katolik reaktsiya xukm surar edi. 17-asrda u Uyg`onish davridagidek ilg`or, yetakchi mamlakatlar qatorida emas edi. Siyosiy xamda iqtisodiy jixatdan sust va tarqoq mamlakat bo`lgan Italiya kichik xududlarga bo`lingan bo`lib, o`zidan kuchli bo`lgan Frantsiya va Ispaniyadek davlatlarga bas kela olmasdi. U ma’lum muddat o`z siyosiy mustaqilligini qo`ldan boy berdi. Bu mamlakatdagi uzoq yillik urush Ispaniyaning g`alabasi bilan yakunlanib, u Italiya yerlarining katta qismini egallab xukmronlik qila boshladi.Agar Ispaniya Italiyaning butun janubiy xududlarini egallagan bo`lsa, Frantsuzlar Mantuya, Ferrara xatto Parm gertsogligiga xam ta’sirini o`tkazib, Modena va Pьyemontaga xam ko`z tikayotgan edi. 1559 yilda- Kato- Kambrezi sulxiga bitim tuzildi. Shu davrdan boshlab Italiya taqdiri Ispaniya bilan bog`lanib qoldi. Venetsiya, Genuya va boshqa Rim papasiga tegishli bo`lgan yerlardan tashqari Italiya, ikki asr mobaynida Ispaniyaga qaram bo`ldi. Bu yerdagi qirg`in- barot urushlarga Ispaniya sababchi bo`ldi.Bu davrda xokimiyatni katolik ruxoniylari va aristokratlar boshqarar edi. Italiya xalqi: shaxarliklar va dexqonlar og`ir axvolda, qashshoqlikda kun kechirar edi.
17-asrda katolik dinining mavqei faqat italiyada emas, balki xalqaro maydonda xam o`sib, baquvvatlashdi.Cherkov esa Italiyada katta kuchga ega bo`lib, u ma’naviy xayot va jamiyatga kuchli ta’sirini o`tkazar edi.Papalik , ispan gabsburglari bilan til biriktirib,erksevar kishilar va yetakchi g`oyalar ustidan ustun kelib,tayziq o`tkazishga urinar edi. ”Inkvizitsiya” (cherkov sudi) yoki inkvizatorlar bu yerda xam o`z mavqeini saqlashga urinib, san’atga xam ma’lum daraja ta’sirini o`tkazdi. Uyg`onish davrining ilg`or gumanistik g`oyalari ham o`tmishda qoldi. 16-asr o`rtalaridan san’atda “manerizm” deb nom olgan ruhan tushkun kayfiyatdagi nosog`lom yo`nalish xukmronlik qila boshladi. Iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda taxqirlangan, ammo xayratlanarli darajada o`zining boy ma’naviy madaniyati va qudrati bilan Italiya tasviriy san’at va madaniy borada yangicha qudratli yo`nalishlar o`chog`i bo`ldi. Bu yerda turli oqim va yo`nalishlar yuzaga kelib, keyingi Yevropa san’ati va madaniyatida o`z rivojini topdi. 16-asr oxirlarida italiya tasviriy san’ati murakkab shart-sharoitlarda rivojlangan bo`lsada,17-asrda uning dovrug`i butun yevropaga yoyildi.
17 chi yuz yillik italyanchada “Seichento” deb nomlandi. Italiya seichento madaniyati va san’atining umumiy xarakteri uning tarixiy rivojlanishi bilan bog`lanadi. Aynan, Italiyada barokko stili dunyoga keldi va u keng rivoj topdi. Bu stil, asosan ikki sinf: cherkov va aslzodalar xoxish va talablariga javob berdi. Barokkoga asosiy buyurtmachi xam ular bo`ldi. Diniy janrdagi asarlar cherkov talabiga javob bergan bo`lsa, aslzodalar uchun mifologik mavzudagi kompozitsiyalar keng o`rin egalladi. Biroq, bu yo`nalish, Italiya san’atida yagona bo`lmay, u bilan yonma-yon realistik yo`nalish xam rivojlandi. Bu oqim Italiya jamiyatidagi demokratik qatlamlar g`oyasi bilan bog`liq bo`lib, Italiyaning ko`pgina badiiy markazlariga keng yoyildi. 16-asr oxiri 17-asr boshlaridayoq Italiya maktabining asosiy badiiy prnitsiplari aniqlanib, asrnnng ikkinchi o`n yilligida esa, yirik badiiy maktablar o`zlarining nomlarini e’lon qildilar. 16-asr 90-yillaridan Rim Yevropada butun katolik olamining markazi bo`lib qolmay, balki tasviriy san’atda xam yetakchi badiiy markaziy shaxarlaridan biriga aylanib,o`zida milliy-madaniy an’analarni aks ettirgan xududiy lokal maktablarda yangicha g`oyalar tez tarqalar edi. Rim 16 - 17 asrlar arafasida antik san’at va madaniyatning o`chog`i bo`lib, ko`plab mamlakat rassomlari bu shaxarda o`z ijodiy qobiliyat va saloxiyatini oshirish maqsadida bu yerga intilganlar. Shuningdek, Renesans san’ati bilan yaqindan tanishishga xam.Aynan, barokko printsiplari Rim shaxridan boshlangan. Italiya seichentosida esa yetakchi stil barokko bo`lgan. Bu stil 16 - asr oxirlaridan Rim arxitekturasida aniq bir ko`rinishiga ega edi. Barokko rim arxitekturasida o`zining tendentsion rivojini bosqichma-bosqich boshidan kechirdi. XVII asr Italiya barokko me’morligi rivojida D.Fontana, K.Raynalьdi, K.Moderna, D.Della Portalar o`ziga xos o`rin egallagan bo`lsa, bu stilning yuqori cho`qqisi –L.D.Bernini , F.Barromini, B.Longenalar ijodiyoti bilan chuqur bog`lanadi. XVII asr Italiya san’atining dovrug`i va mavqei L.D.Bernini nomi bilan bog`lanadi. Bernini serqirra ijodkor, me’mor, rassom va xaykaltarosh sifatida dong taratdi. U shu qadar mashxur bo`ldiki, xatto, Berninining nomi butun bir asr san’atining ustidan g`olib keldi. XVII asr Italiya san’atida lokal ( joylik o`ziga xos rangtasvir maktablari ) maktablar ichida Rim alohida o`rin egallaydi. Rim boshqa markazlarga qaraganda san’atda yetakchilik qilib, u bilan yonma-yon Venetsiya, Bolonьya, Verona maktablari xam o`zlarini e’lon qildilar. Bolonьyada aka-uka Karrachilar dastlabki “To`g`ri yo`ldan boruvchi Akademiya”ga asos solishlari bilan birga, akademizm yo`nalishga tamal toshini qo`ydilar. Aka-uka Karrachilarning barokko maxobatli rangtasviri rivojiga qo`shgan hissasi xam alohida e’tiborga loyiq. Ayniqsa, Anniballe Karrachi san’ati nafaqat italiyada,xatto boshqa mamlakatlarda xam mashxur bo`ldi. Italiya san’atida plafon rangtasviri (shipga surat solish) keng rivoj topdi. Karrachilar bu soxada o`zlaridan ko`plab shogirdlar yetishtirdilar. Ular akademik san’at rivojida xam o`ziga xos rol o`ynadilar. XVII asr Italiya rangtasvirida M.M.de Karavadjo san’ati xam alohida ahamiyatlidir. U Italiya rangtasvirida yirik isloxotlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga o`zi yaratgan “karavadjizm” ga asos soldi. Bu uslub keyingi davr rassomlari ijodida muhim o`zgarishlarga sabab bo`ldi. Karavadjizm keyingi yevropa rassomlari ijodiy izlanishlarida o`ta zarur usul va qo`llanilish sifatida qadrlandi va rivojlandi. Karavadjizm ta’sirida Italiyada – Lotto va Bossanolar, Frantsiyada – J.de Latur va Valantenlar, Flandriyada-Rubensdek rassomlar, golland san’atida- Rembrandt va butun bir Utrextchi rassomlar xam bu oqim ta’siriga tushib va muvaffaqiyatli ijod qildilar.Aynan Italiya san’atida janrlarning mustaqil janr sifatida ajralib chiqishi va ularda defferentsiyalashish jarayoni xam g`arb- yevropa tasviriy san’atida muhim bo`ldi. Italiya rangtasvirida ushbu janrlar shu davr rassomlari ijodida asoslandi. Italiya san’atida portret, maishiy, tarixiy, batal, manzara, janrlari o`ziga xos tarzda rivoj topib, natyurmort janriga Karavadjo dastlabki qadamni tashlab berdi.( Mevali savatcha natyurmorti)
Italiya maktabi azaldan G`arbiy Yevropadagi boshqa milliy badiiy maktablar uchun namuna bo`lib keldi. XVII –asrda u Renesans an’analaridan uzoqlashib, yangi davrda yangicha izlanishlar sari intilib, yana avvalgidek yetakchilikni qo`ldan boy bermadi. U bu davrda ham boshqa milliy badiiy maktablar uchun taqlid qilishning namunasi bo`ldi. Xuddi Uyg`onish davridagidek ko`plab Yevropa rassomlari bu yerga badiiy ta’limni mukamallashtirishda xamda amaliyot o`tash uchun bu yerga shoshildilar. Italiya san’atidan bahramand bo`lmagan biror maktab yoki ijodkorning o`zi bo`lmasa kerak. XVII asrda ular Renesans va Barokko stilini butun dunyoga keng yoydilar.Bu kabi xulosalar shuni ko`rsatadiki, Italiya maktabi barcha maktablar uchun asos, poydevor vazifasini o`taydi. Umuman qaralganda Italiya, butun madaniy jabhada, arxitektura, tasviriy va amaliy san’at borasida yagona
o`choqlardan biri sifatida XVIII asr o`rtalarigacha yetakchilikni qo`ldan boy bermadi. Italiyada - barokko stili O`n yettinchi asr G`arbiy Yevropa san’ati tarixida “Barokko asri” deb yuritiladi. Davrning estetik qarashlari aynan shu uslubda ko`proq o`z ifodasini topishi, bu iboraning fanda qo`llanilishiga sabab bo`ldi. Yangi uslub – Barokko stilining belgilari dastlab Italiya san’atida 16-asrning 80 chi yillarida kirib keldi. U butun XVII asr davomida rivojlanib, XVIII asrning birinchi yarmigacha xukm surdi. Barokko, dastlab, arxitektura soxasida o`zini namoish etib, u xali Uyg`onish me’morlari Palladio, Vinьola qurilmalarida o`z ifodasini topdi. Bu stil keyinroq, tasviriy san’at va xaykaltoroshlikda xam ko`rina boshladi. Mikelandjeloning maxobatli suratlari va xaykallarida, Korredjoning maxobatli va dastgoxli asarlarida uning ilk belgilari xamda xususiyatlari ko`rina boshladi. Barokko bu qarama- qarshiliklar va kompozitsion elementlarning notekis bo`linishidir. Bu ibora italyanchada -“g`aroyib”, ”bachkana”, ”serxasham” va
me’morlik va tasviriy san’atda o`zini namoish etmay, balki butun badiiy-madaniy jabxada jumladan, adabiyot va musiqada xam o`zini namoish etdi. Bu stil, keyinchalik, butun Yevropa mamlakatlariga keng tarqalib, jumladan: Flandriya, Ispaniya, Frantsiya, Germaniya va Angliyada, qisman boshqa davlatlarga xam o`z ta’sirini o`tkazdi. Davrning sotsial kelishmovchiliklari, feodal va kapitalistik tuzum o`rtasidagi o`zaro siyosiy -iqtisodiy kurashlar, shuningdek, milliy davlatlarning tiklanishi va ulardagi qirg`in-barot urushlar bu uslubga o`z talabini qo`ydi. Uni xaddan ziyod bo`rttirilgan, dabdabali, serxasham va jozibador bo`lishiga , undagi shakllarning o`ta qarama-qarshi va xarakatchan keltirilishi. Barokko stili shuningdek, absolyut monarxiyani olqishlashga va ko`klarga ko`tarishga xamxizmat qildi. Qurilgan qurilmalarda absolyut manarxiyaning qudratini namoish etsa, tasviriy san’at asarlarida shaxsni olqishlash va ko`klarga ko`tarish kabi xususiyatlar ko`zga tashlanadi. Barokko stili asosan, ikki sinf: cherkov va aslzodalar talab istagidan yuzaga kelib, bu ikki sinfga xizmat qildi. Uning kurtak yozishi aynan katolik cherkovi talab istagidan kelib chiqib, Rim papasi qarorgoxlaridan boshlanadi. Rim papasi 16-asr oxirlaridan butun yevropada, o`z mavqeini tiklab olishda, o`z maqsad va g`oyalarini keng targ`ib qilishda bu stildan unumli foydalandi. Shu sabab, eng avval u, o`z qarorgoxini qayta qurdirib, uni yanada ko`rkam serxasham va dabdabador bo`lishiga xarakat qildi. Bu esa san’atda ekstravagantlilik yoki jimjimadorlik sari intilishning bir ko`rinishi bo`lib, ba’zan ekzaltatsion hissiyotga boy yoki ekstsentrik bo`rttirilishlar orqali o`z ifodasini topdi. Katolitsizm g`oyasini keng targ`ib etishda barokko stili eng avval cherkov qurilishida, xashamatli saroy va villalarni bezatishda maxobatli rangtasvir, xaykaltoroshlik va cherkov mexrobiga ishlangan asarlarda qo`l keldi. Ularda diniy rivoyatlardan olingan mavzular yetakchilik qildi. Bunda Iso, Mariya,saxobalar bilan birga aziz avliyolar boshidan o`tkazgan azob-uqubatlarni tasvirlovchi saxna ko`rinishlar dramatik talqin etilib, ular emotsional ta’sirli yetkazilib, insonlarda dinga bo`lgan e’tiqodni kuchaytirishga qaratildi. Barokko stiliga xos dekorativlilik, his-xayajonga to`la dramatik talqin etilgan san’at asarlar o`zining dinamik yechimi va nur va soyaga to`laligi bilan ko`plab ijodkorlarni o`ziga jalb eta oldi.Bu G`arb Yevropa mamlakatlariga tezda yoyildi va maxalliy an’analar va uslublar bilan uyg`unlashib, o`ziga xos milliy rux kasb eta bordi. 1 Jumladan, Ispaniyada va Portugaliyada barokko o`ta xashamdor va jimjimadorligi bilan e’tiborni tordi. Bunga sabab, bu yerdagi milliy me’moriy an’analar bilan birga amaliy bezak san’ati rivojidan dalolat beradi.Flandriyada barokko o`ta jozibador va ko`tarinki ruxda ko`rinish kasb etgan bo`lsa, Germaniyada barokko gotik an’analar ta’sirida shakllandi. Frantsiyada barokko klassitsizm tamoyillari bilan uyg`unlashib ketdi. Aniqrog`i, barokko, arxitekturada klassitsizmga zamin yaratdi. Keyinroq, Skandinaviya va Rossiyada xam o`z rivojini boshidan o`tkazdi.
.
17chi asr Italiya barokko xaykaltoroshligida barokko arxitekturasi printsiplari o`zining kuchli ta’sirini o`tkazib,uning g`oyaviy- badiiy yechimi bilan bog`liq xolda rivojlandi. Xaykaltoroshlik interьyer,cherkov fasadi,saroy va villalar,bog` saylgoh, ansambllarni bezatishda katta axamiyatga ega bo`ldi. Xaykallar, qabr toshlar,mexrobga mo`ljallangan xaykaltoroshlik kompozitsiyalari va fontan xaykaltoroshlik guruxlari shuningdek, dekorativ bezaklar me’moriy ansambllarni bezatish bilan birga, ularga joziba va ko`rk bag`ishlab,ajralmas qismiga aylandi.Papalik ,taniqli amaldorlar, yuqori tabaqa va badavlat kishilar asosiy buyurtmachilar bo`lib, xaykaltoroshlik san’atining g`oyaviy mazmunini va tematikasini belgilab,bu turdan dinni keng targ`ib etishda, cherkov obro`sini oshirishga,yoki aslzodalar o`z xayotini namoish qilish maqsadida undan unumli foydalandilar. Barokko xaykaloroshligida asosiy qaxramon bu eng avval - Iso, Mariya va uning saxobalari,ularning xayotidan olingan g`aroyib saxnalar,undan so`ng mifologik qaxromonlar,aslzodalarni tasvirlovchi tantanavor portretlar va jimjimador qabrtoshlar ishlash shu davrning sevimli mavzulari xisoblangan.Endi Uyg`onish davridagidek xayotdan mamnun yetuk ideallar o`rnigabarokko xaykaltoroshligida insonning yuqori emotsional xissiyoti , xatti-xarakati bilan birga uning ichki tug`yoni va iztirobini yoritishasosiy masala bo`ldi. Obrazlarningichki ma’naviy
1 Ф.Дасса. Барокко. М., 2002. olami va kechinmasini ko`rsatish bilan birga,ularulkan maxobatli xajmda, keskin va qaltis burilishlarda,intiluvchan xarakatda talqin etildi. Shuningdek,yuz ifodasida qayg`u va quvonchni ifodalay olish xam bu davr xaykaltoroshlarining izlanishlaridagi asosiy muammo bo`ldi. Arxitekturakabi barokko xaykallari juda ko`p narsani o`z qamroviga olib, keng makonda u boy taasurot qoldiradi. Ayni vaqtda me’moriy ansambllar bilan uyg`unlashgan xaykal o`zining mustaqilligini yo`qotib,uni tekis yuzadan tashqarida m: devor o`yig`ida yoki turtib chiqqan portiklarda, karniz va kapitellardan joy egallay boshladi. Bog`- saylgoxlarda, suvlik,chim yoki ko`kalamzorlarni xam xaykaltaroshlik kompozitsiyalarisiz tasavvur etishning o`zi mushkul bo`lib qoldi. Marmar barokko xaykaltoroshligining eng sevimli xom materiali bo`lib, o`ta nozik xaykallarni jonli yasashda undan unumli foydalanildi.Barokko ustalari o`zlari yaratayotgan xaykallarda marmarning o`ziga xos xususiyatlarini yaxshi anglab,ba’zi joylarini silliq, ba’zan g`adir-budur ko`rinishda qoldirib, tana plastikasini, mato,”krujeva”va xakozolarni illyuzion ko`rinishga ega bo`lishi uchun xarakat qilganlar.Italiyada 17 chi asrning dastlabki xaykaltoroshi Stefano Moderna edi.Uning“Avliyo Tsetsiliya” kompozitsiyasi ilk barokko xaykal namuna sidir. Unda yosh avliyo Tsetsiliyani qabrdan qazib olingani va u uzala tushib yotganitasvirlanadi. Lorentso Jovanni Bernini. (1599 -1680 ) 17-asr barokko xaykaltoroshligi rivojida va uning yuksalishida L.J.Berninining xizmati beqiyosdir.U boshlang`ich ma’lumotni juda erta otasi Pьyetro Bernini ustaxonasida oldi. Yosh Bernini bu ustaxonada renesans an’anasi ta’sirida shakllanib,birgalikda ko`plab
buyurtmalarga yordamlashdi.Uning - ”Dovud”,”Platon va Prozerpina” , “Apollon va Dafna ”(1622- 25 Borgeze gal.) guruxli xaykaltaroshlik asarlari ilk davrda yaratilgan asarlaridir. 2 Bernini Dovudni yerga bir egilib,toshni uloqtirmoqchi bo`layotgan xolatda ko`rsatadi.Bunday yechim tanlashda u keskin burilishni nazarda tutgan.Uning chimirilgan qoshi,qisilgan lablari o`ta induvidual dir.Antik mifologiyadan olingan “Apollon va Dafna” kompozitsiyasi xaykaltorosh tomonidan shoirona tariflanib,nafis oxangda ishlanishi bilan e’tiborlidir.Ushbu kompozitsiyada xaykaltorosh Mikelandjelo kabi tomoshabinni marmarning og`irligini bildirmaslikka qaratadi.Chopayotgan Apollon yerga salgina tegib,Dafna esa,hissiyotga
1. 2
berilib,yuqoriga intilmoqda.Afsonaga ko`ra, uning lavr daraxtiga aylanish vaqti ushbu kompozitsiyaga syujet qilib tanlangan.Agar Dovud xaykali xar taraflama ko`rishga mo`ljallangan xaykaltaroshlik namunasi bo`lsa,Apollon va Dafna xaykaltoroshlik guruxida xajmdor va nafissan’atga xos hislatlarva saxna ko`rinish ko`z oldimizda gavdalanadi. “Uxlayotgan Germofrodit” “Kardinal Borgeze”bьyusti ( 1632y.Rim,gal. Borgeze ) Berninining eng sira xaykallaridan biridir.Kardinal Borgeze bьyustida ulug`vorlik ideallashtirish bilan qiyoslanib Unda tasvirlanuvchining ko`pqirrali shaxs va nozik did egasi ekanligi katta xayotiy xaqiqat bilan yetkazilgan. Ma’lumki, Bernini, o`zining xaykallarida modelni xar taraflama kuzatib,uni turli xolatda va xarakatda chizib olishga intilgan. Bu esa, portretni yanada tugal va bir laxzali ta’surotni ilg`ab olishga imkon beradi. Borgeze bьyustidan keyin Bernini yana ko`plab bьyustlarni yaratib, ular obrazlarining realistik yoritilishi va moxirona ishlanishi bilan
ajralib turadi.Shundaylardani -”Innokentiy X”.(
1647y.)
”Konstantsa Buonarelli” bьyustlaridir .(Rim,gal.Doria Pamfiliya) Konstantsa Buonarelli portreti tantanavor ruxdagi portretga yaqin bo`lib, bu sodda intim portretda xaykaltorosh o`zi sevgan va ardoqlagan sevgilisining obrazini katta- kuch bilan yetkazishga xarakat qilgan. 3
ishlar salkam 50 yildan oshiq vaqt mobaynida yakunlandi. Undagi baxaybat bronzadan yasalgan “Kivoriy ”(1624-33y), xam me’morlik xamda xaykaltoroshlikka tegishli,”Avliyo
1657
66yy) .Uning
mehrobida ko`plab
xaykallar,bo`rtmalar,qabrtoshlar,devoriy dekorativ bezaklar,rangli marmardan ishlangan ustunlar va xakazo bularning barchasi Bernini boshchilik qilgan ustaxonadagi boshqa xaykaltoroshlar bilan birgalikda ishlangan.Eng e’tiborli ishlaridan bu yerdagi ibodatxona interьyeri markaziy qismini bezab turgan xajm jixatdan ulkan
“Avliyo Iyeronim” xaykalidir.( 1629 -38y
). “Avliyo Longen” 4 xaykali go`yo ko`rsatilmagan Isoga qarab sajda qilayotgani,keng ochilgan qo`llari,orqaga tashlangan boshi va yopinchig`idagi burmalar,xaykalda fojeaviylikdan ko`ra teatral ko`rinish kasb etadi. Berninining Santa Mariya della Vittoriya cherkovidagi “Avliyo Tereza” mexrob kompozitsiyasi o`z o`rnida butun barokko xaykaltoroshligida namunaviy xaykal bo`ldi. Bu xaykaltaroshlik guruxi cherkov mexrobi uchun mo`ljallanib, u xuddi rangtasvir asariga o`xshata talqin etilib, unda ko`z o`ngingizda jonli xayotiy voqea: Terezaning tush ko`rayotgani, tushida farishta uning qalbiga sevgi
2. 3
века. М.2008
4 Мусский С.Л. 100 великих скульпторов М.: 2002.
nishlarini sanchayotgani tasvirlanadi.Tereza obrazi shunday ishonarli, real tasvirlanganki,bir vaqtning o`zida mistik g`aroyib voqea ko`z oldingizda jonlanayotgandek taasurot qoldiradi.Uning bexol, kuchsiz boshi orqaga tashlangan,marmar bulutlar orasida yotibdi.Ko`zlari esa yarim yopiq xolda,go`yo qarshisida turgan farishtani sezmayotgandek. Uning qaltirayotgan va alahlayotgan xolatiga ustidagi yopinchiq burmalari xam juda mos tushgan. Bu kompozitsiyada mistik va erotik xissiyotlar bir-biriga aralashib ketgan. Bernini o`zining ushbu asarini cherkov o`yig`iga joylashtirib, oltin jilvali nurga burkab ko`zni chalg`itishga qaratadi.. Bunday ajoyib,o`ziga xos effektni yaratishda Bernini,marmarni o`yib emas,misoli undan ajoyib jonli shakllarni yasashga muvaffaq bo`ldi.“Men marmar ustidan g`olib chiqdim.Men uni xuddi yumshoq va egiluvchan narsaga aylantirdim” –deydi u. Bu bilan u ma’lum ma’noda xaykaltoroshlik bilan rangtasvirni umumlashtirishga muvaffaq bo`ladi. 5
So`nggi davrdagi ishlaridan “Gertsog Franchesko d,Este ”(1650 -51 )va “Lyudovik 14”( 1665.Versal ) portret bьyustlari barokko portretchiligining eng oliy maxsuli sifatida qabul qilinadi.Bunday portretlarda xaykaltorosh obrazni psixologik yechimdan ko`ra,saroy kiborlarining induvidual o`ziga xos ko`rinishiga
e’tibor qaratadi..”Papa Urban VIII” qabrtoshi (1628
- 47y)
.”Aleksandr VII” ga bag`ishlangan qabrtosh va boshqalar. (1671-
78yy) Shuningdek, avliyo Angel ko`prigidagi xaykallar, Panteon yaqinidagi katta Fil xaykali va obelisk, Barberini maydonidagi “ Triton” fontani va undagi xaykaltoroshlik guruxi, Mavr maydonidagi -” Navon” fontani (1648-55yy) va
boshkalar Berninining buyuk xaykaltorosh va daxo sifatida namoish etadi. L.Bernini nafaqat italiya san’atidagi yirik namoyanda bo`lib qolmay, balki jaxon xaykaltaroshligi rivojida o`z o`rni va mavqeiga ega bo`ldi.Butun 17 chi asr Italiya san’ati Bernini nomi bilangina mashxurdir. Keyingi yevropa xaykaltaroshligida Bernini san’ati ko`plab xaykaltaroshlarni o`ziga maftun etib, ular uchun maktab vazifasini o`tadi. Italiyada barokko san’ati. 17chi asr Italiya tasviriy san’atida xuddi me’morlik kabi barokko stili yetakchi o`rin egallaydi.Uesa,manerizmga qarama-qarshi xolatda shakllandi. Manerizm esa Uyg`onish davri gumanizmining inqirozga yuz tutishi bilan bog`langan edi. Italiyada bu davrda feodal katolik reaktsiya xukm surayotgan edi. Italiya tasviriy san’atini endi o`rta asr san’atiga qaytarib bo`lmas edi.Uyg`onish davri an’analari o`z kuchi va ta’sirini faqat fanda va qisman san’atda saqlab qolgan edi.Boshqaruv sinf manerizmdek umri qisqa san’atdan qoniqmay, xali xam renesans san’atidan o`z maqsadlari yo`lida foydalanmoqda edilar.Boshqa tarafdan Uyg`onish
5 Вилфред Кох. Энциклопедия арх-ных стилей. М., 2005 davrining ashaddiy ixlosmandlari chiqishlar uyushtirib,cherkov va aslzodalarga qarshi chiqdilar.Shu sabab 16chi asrning so`ngida manerizmni bartaraf etishda va yangi badiiy muammolarni xal etishda ikki yo`l: biri-- Akademizm - uning asoschilari aka-uka Karrachilar va ular yaratgan uslub, ikkinchisi-- Karavadjoning realistik san’ati bu davrda ko`ndalang turar edi.
Italiya
san’atida Bolonьya akademizmidan keyinroq,manerizmga qarshi o`ta shijoatkor boshqa bir oqim paydo bo`lib,u o`zining ma’lum miqyos xalqchilligi va obrazlarining realistik talqini bilan ko`zga tashlanib, boshqalardan ajralib turdi. Bu oqim “karavadjizm” deb nom olib, keyingi realistik yo`nalishning rivojida o`ta muxim bo`ldi. Karavadjizm - uning yo`lboshchisi Mikelandjelo Merize de Karavajo nomidan kelib chiqdi. Download 164 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling