Modulli ta’limda maslahatlar tizimi va ta’lim innovatsiyalari - Tyutor - (lot. tutorem – maslahatchi) faoliyati o‘quvchilarga o‘quv jarayoniga moslashish, vujudga keluvchi ayrim savollarga javob topishga yordamlashishga qaratilgan.
- Edvayzer- (advisor - qadimgi fransuz so‘zi avisen, o‘ylamoq so‘zidan olingan) individual holda diplom ishi, kurs ishini ishlab chiqish, ilmiytadqiqot olib borish, individual dasturlarni ishlab chiqish jarayonida maslahatchidir.
- Fasilitator (ingl. facilitator, lot. facilis — «engil, qulay» degan ma’noni bildiradi) — fasilitator gruhlarda faoliyatni tashkil etishda ko‘maklashadi. U guruhlardagi faoliyatni samarali bo‘lishini ta’minlashi, guruhda sohlom komunikatsiyani o‘rnatishi, gruhda ishlash qoidalariga va regamentlarga amal qilishni ta’minlashi joiz. Fasilitator gruhda qulay psixologik muhitni yaratadi va faoliyatni samarali bo‘lishiga yordam beradi. Ushbu tushuncha mumtoz psixolog Rodjers Karl tomonidan kiritilgan bo‘lib, ingliz zabon mamlakatlarining ta’lim muassasalarida keng foydalaniladi. 1989 yildan buyon Xalqaro bosh fasilitaorlar assotsiatsiyasi (The International Association of Facilitators) faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda uning faoliyatida 63 davlatning 1200 a’zosi ishtirok etmoqda. Fasilitator faoliyati turli modellarda uchraydi. Qozog‘iston milliy tibbiyot universitetida bo‘lajak shifokorlarni kasbiy faoliyatini mohiyatini chuqur tushinishi va o‘z shaxsini mutaxassis sifatida taraqqiyotini ta’minlashda psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Fasilitator faoliyati har qanday treningning tarkibiga kiradi. Turli amaliy faoliyatlarni onlayn tizimida, guruhlarda tashkil etish jarayonida fasilitatorlik xususiyatlari o‘z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |