Maruza: Boshlang’ich sinf ona tili fanidan kompetensiyaviy yondashuv asosidagi o’quv dasturi, darslik, multimedia ilovali metodik qo’llanmalar tahlili


Компетентный, -ая, ое, -тен, -тна – etarli ma’lumotga ega bo‘lgan, puxta bilimli, yaxshi biladigan, bilimdon, xabardor, omilkor; 2) asosli, e’tiborli, mo‘‘tabar; 3) kompetensiyaga, ya’ni huquqqa ega b


Download 176.75 Kb.
bet10/13
Sana05.01.2022
Hajmi176.75 Kb.
#203531
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Тақдимот

Компетентный, -ая, ое, -тен, -тна – etarli ma’lumotga ega bo‘lgan, puxta bilimli, yaxshi biladigan, bilimdon, xabardor, omilkor; 2) asosli, e’tiborli, mo‘‘tabar; 3) kompetensiyaga, ya’ni huquqqa ega bo‘lgan; vakolatli;

Kompetentlik – chuqur bilimga egalik; chuqur bilimga asoslanganlik, asoslilik; xabardorlik, omilkorlik.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim

Tayanch kompetensiyalar insonning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirisha olish, jamiyatda o‘z o‘rnini egallay olish, duch keladigan muammolarning echimini hal eta olish, eng muhimi, o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘la olish ko‘nikma-malakalarini tarkib toptirishga qaratiladi.

  • Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘zo‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling