Ma'ruza Dispetcherlik markazlashtirish telemexanik tizimlaridagi kodlar


Download 93.1 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi93.1 Kb.
#1248948
  1   2
Bog'liq
Maruza 3


Ma'ruza 3. Dispetcherlik markazlashtirish telemexanik tizimlaridagi kodlar
Barcha birikmali kodlar – “PCHDM” va “ASDM” tizimlarida qo‘llaniladi.
Ushbu kod uchun:

. (18)

Barcha birlikmali kod himoya xususiyatiga ega bo‘lmaganiga qaramay, signal tashuvchining quvvati tasodifiy xalaqitlar quvvatidan ancha katta bo‘lishi evaziga bu kod telemexanik tizimlarda qo‘llanilishi mumkin.


Barcha birikmali ikkilik kod, telemexanikaning temir yo‘l tizimida qo‘llaniluvchi yagona xalaqitdan himoyalanmagan kod hisoblanadi. Biroq u temir yo‘l telemexanika tizimida keng tarqalgan himoyalangan kodlarni qurish uchun asos hisoblanadi.
Teng vaznli kod barcha birikmali ikkilik kodli kombinatsiyalarning umumiy sonidan faqat bir xil vaznli (birlar soni bir xil) kombinatsiyalarni tanlash yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Bunday kod uchun:

(19)

Bu yerda:p m – kod vazni.


Teng vaznli kodning eng katta sig‘imiga, agar “n” ning juft qiymatligida vaznini m=n/2 deb, “n” ning toq qiymatligida vaznini m=(n-1)/2 deb qabul qilganimizda erishishimiz mumkin.
Misol tariqasida n=4 dagi teng vaznli kodning hosil bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.
U holda barcha birikmali kod quyidagi 16 kodli kombinatsiyalardan tashkil topadi.


1. 0000
2. 0001
3. 0010
4. 0011
5. 0100
6. 0101
7. 0110
8. 0111

9. 1000
10. 1001
11. 1010
12. 1011
13. 1100
14. 1101
15. 1110
16. 1111

(20)

(20) dan faqat ikki birlikka ega kombinatsiyalarni ( m=2 ) tanlab, quyidagi olti kombinatsiyalarni olamiz.





4. 0011
6. 0101
7. 0110

10. 1001
11. 1010
12. 1011

(21)

Unda ikki xonali sonlar (21) ko‘pligi n=4 va m=2 teng vaznli kod hisoblanadi.


Qurilish prinsipi bo‘yicha ko‘rilayotgan kod ajralmas kod hisoblanadi, toq karrali barcha xatolarni (bitta,uchta, beshta va h.k.) va juft karralining qisman xatolarini (ikkita, to‘rtta va h.k.) aniqlaydi. Juft karrali xatolaridan teng vaznli kod “siljish” turidagi xatolarini aniqlamaydi. “Siljish” turidagi xatolar deb shunday xatolarga ataladiki, qachonki “1 0” transformatsiya simvollarining soni, “0 1” transformatsiya simvollari soniga teng. Buni (21) kod tahlilini o‘tkazib tekshirish mumkin.
Teng vaznli kodning ortiqchaligi “n” va “m” kattaliklariga bog‘liq.
Teng vaznli kod CHDM, SKS, RPK, Neva, Luch, Dialog turidagi telemexanika tizimlarida qo‘llaniladi.
Taqsimlash kodi. Bu teng vaznli kodning bir turidir. Taqsimlash kodining vazni 1(birga) ga teng.
Unda:
(22)

Taqsimlash kodida komanda “1” simvoli joylashgani bilan aniqlanadi, biroq bu belgi kodli kombinatsiyada bitta bo‘lgani uchun, (14 ) dan, kelib chiqadi:



(23)

Ushbu kodning barcha turlari ichida u maksimal ortiqchalik bo‘lib, uning qo‘llanilishi kodlashtirish va dekodlashtirish sxemalarining soddaligiga asoslangandir. Kod RPK, CHDM, Dialog telemexanika tizimlarida qo‘llaniladi.


Juft-toq” kodibirlikning juft soni, yoki birlikning toq sonini o‘z ichiga olgan kodli kombinatsiyalarning umumiy sonidan tanlash yo‘li bilan barcha birikmali kodlardan tashkil topadi. “Juft-toq” kodi uchun (6) va (14) ni inobatga olib, quyidagini yozish mumkin:
(24)
“Juft-toq” kodi ajralmas kod hisoblanadi va CHDM, Neva, Dialog tizimlarida qo‘llaniladi.
Ikki karra elementli kod. Ushbu kod barcha birikmalarga bo‘lgan koddan uning har bir axborot ( ) simvoliga bitta himoya (n3) simvolini qo‘shib qo‘yish yo‘li bilan tashkil topadi. Unda ikki karra elementli kod uchun

, (25)

Bu yerda: njuft son; = – har qanday butun son.


Kodli kombinatsiyalarning axborot simvollari toq tartib raqamiga (1,3,...) ega va signalning toq taktida uzatiladi, himoya simvollari esa juft tartib raqamiga (2,4,...) ega bo‘lib, signalning juft taktida uzatiladi. Himoya simvoli qiymatini aniqlash prinsipiga bog‘liq holatda (nol yoki bir), ikki karra elementli kodning ikki turi mavjud.
Birinchi turi har bir nazorat simvolining qiymati avvalgi axborot simvol qiymatining takrorlanishini inobatga oladi. Bunday kod turi juft taktlarda to‘g‘ri takrorlanish kodi nomini olgan. Bunday kodning tuzish misoli matritsa (26) ko‘rinishida ko‘rsatilgan.




(26)



Ikkinchi turi har bir nazorat simvolining qiymati avvalgi axborot simvoli qiymatining inversiyasi (teskari) hisoblanishini inobatga oladi. Bunday kod turi juft taktlarda inversiyali takrorlanish kodi yoki korrelyatsion kod deb ataladi. Korrelyatsion kod tuzishning misoli matritsa (27) ko‘rinishida ko‘rsatilgan.






(27)

Ikkala turdagi kodlar uchun: . (28)


Sig‘imini oshirish maqsadida ikkala turdan foydalanuvchi kod qo‘llaniladi va u juft taktlarda to‘g‘ri hamda inversiyali takrorlash kodi deb ataladi. Bunday kodning matritsasi to‘rtta ustun va sakkiz qatorga ega. Qatorlarning birinchi to‘rttasi (27) dan, qolgan to‘rttasi esa (28) dan olinadi. Juft taktlarda to‘g‘ri hamda inversiyali takrorlanish kodi ajralmas kodlar qatoriga taalluqli bo‘lib, “Luch” va “Dialog” telemexanika tizimlarida qo‘llaniladi. Bu kodning sig‘imi va kod masofasi quyidagicha:



Download 93.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling