Ma'ruza Dispetcherlik markazlashtirish telemexanik tizimlaridagi kodlar
Download 93.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaruza 3
Pariteti bo‘yicha himoyali kod. Ushbu kod barcha birikmalari kod kombinatsiyasiga o‘ng tomondan bitta nazorat simvolini qo‘shish yo‘li bilan tuziladi. Simvollar shunday qo‘shib yoziladiki, har qanday kodli kombinatsiyaning barcha birlar yig‘indisi yoki juft yoki toq sonni tashkil qiladi. Bunga bog‘liq holatda kod juftlikka tekshirish kodi yoki toqlikka tekshirish kodi deb ataladi. Juftlikka tekshirish kodini qurish misoli matritsa (29) ko‘rinishida ko‘rsatilgan.
(29) Paritet bo‘yicha himoyali kod tavsiflari “Juft-toq” kodidagi kabidir, biroq so‘ngisidan farqli o’laroq u ajraluvchi kod hisoblanadi. Inversiyali kod (Bauer kodi). Bunday kodda dastlabki barcha birikmali “ ” uzunlikdagi kod kombinatsiyalarning har biriga ma’lum qoida bo‘yicha “ ” himoya simvoli qo‘shib boriladi ( = ), buning natijasida aloqa kanaliga simvollarning qo‘sh sonlari uzatiladi, ya’ni:
Kodning hosil bo‘lish qoidasi quyidagicha: agar dastlabki kodli kombinatsiyada birlar soni juft bo‘lsa, unda himoya kombinatsiyasi dastlabkisini takrorlaydi; agar dastlabki kodli kombinatsiyada birlar soni toq bo‘lsa, unda himoya kombinatsiyasi inversiyalanadi. Inversiyali kodni qurish misoli matritsa (31) ko‘rinishda ko‘rsatilgan.
Inversiyali kod uchun . “d” masofasi qiymatiga kelsak, u kodning uzunligi “n” ga bog‘liq. Shunday qilib: n=4 bo‘lganda d=2, kod barcha bittalik xatolarni, 67% ikkkilik xatolarni va uchtalik xatolarni aniqlaydi; n=6 bo‘lganda d=3, kod barcha bittalik, ikkilik, besh karra va olti karra xatolarni, shuningdek uchtalik va to‘rttalik xatolarni 80%; n=8 bo‘lganda d=4. Bunda kod to‘rt karra va barcha sakkiz karra xatolarning faqat 22% topmaydi. Inversiyali kod ajraluvchi kodlar qatoriga kiradi va ASDM telemexanika tizimida qo‘llaniladi. Yuqorida ta’rifi berilgan ortiqcha kodlar, ularning hosil bo‘lishining faqat birgina qoidasini qo‘llash evaziga barcha birikmali koddan olinadi. Umuman, simvollarning transformatsiyasidan kodning himoyalanish darajasini oshirish maqsadida, bir qancha qoidalarni bosqichma-bosqich qo‘llash ehtimoli mavjud. Masalan, «Luch» turdagi dispetcherlik markazlashtirish tizimida birinchi bosqichda «Juft-toq» kodining hosil bo‘lish qoidasi qo‘llaniladi. Ushbu kombinatsiyaning biri 10100 kombinatsiyasi hisoblanadi. Ikkinchi bosqichda hosil bo‘lgan kodli kombinatsiyaga korrelyatsion kodni tuzish qoidasi qo‘llanilgan. Natijada kodli kombinatsiya 100110100101 ko‘rinishiga keladi. Ikkinchi bosqichni qo‘llash kod sig‘imini oshirmaydi, ammo kodlararo minimal masofani oshiradi va natijada telemexanika tizimi apparaturasini keskin murakkablashtiradi. Download 93.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling