Ma’ruza: elektr dvigatellarning himoyasi reja
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan generatorlarning rele himoyasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
5 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchlanishi 1000 V dan yuqori generatorlarning stator chulg’amida yerga tutashuvdan himoya
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan generatorlarning rele himoyasi
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan generatorlarning neytrali yerga ulanadi. Bir fazali yerga qisqa tutashuvdan himoya generatorlarni uzishga ishlaydi. Quvvati 150 kVt va undan kichik generatorlarning qisqa tutashuvlardan himoyasini eruvchan saqlagichlar yordamida bajarish mumkin. Quvvati 1 mVt gacha bo‘lgan generatorlarni hamma turdagi shikastlanishlar va normal bo‘lmagan rejimlardan avtomatik viklyuchatellar yoki kommutatsiya apparatlari, masalan kontaktorlar mavjud bo‘lsa, MTH yordamida himoya qilishga ruxsat beriladi. Boshqa generatorlar bilan yoki energosistema bilan parallel ishlaydigan generatorlarning yig’ma shinalarga chiqish tomoniga hayallash vaqtiga ega bo‘lmagan tok otsechkasini o‘rnatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori generatorlarning stator chulg’amida yerga tutashuvdan himoya Kuchlanish 1000 v dan yuqori, quvvati 1 mVt gacha bo‘lgan generatorlar uchun ko‘p fazali qisqa tutashuvlardan, generatorning yig’ma shinalar tomonga chiqishlariga tok otsechkasi o‘rnatiladi. Tok otsechkasining sezgirligi 2 dan kichik bo‘lsa bo‘ylama differensial himoya qo‘llaniladi. Quvvati kichik yakka ishlaydigan generatorlar uchun neytral tomonga o‘rnatiladigan MTH dan foydalanishga ruhsat beriladi. Agar generator fazalarining neytral tomonda chiqishlari bo‘lmasa, ko‘p fazali qisqa tutashuvlarda minimal kuchlanish himoyasidan foydalanish mumkin. Quvvati 1 mVt dan katta generatorlar uchun ko‘p fazali qisqa tutashuvlardan asosiy himoya bo‘lib bo‘ylama differensial himoya hisoblanadi, uning sxemasi 28 - rasmda keltirilgan. Himoya RT- 40 turdagi relelar (KA1 va KA2) yordamida bajarilgan. Hobalans toklarini kamaytirish uchun ular 5...10 Om ga teng bo‘lgan K R1 va K R2 qarshiliklar orqali ulanadi. 28-rasm. Generator bo‘ylama differensial himoyasining sxemasi Bevosita shinalarga ishlaydigan generatorlarda yerga tutashuvdan himoya sifatida nol ketma - ketlik tok himoyasi qo‘llaniladi. Himoya generatorning shinalar tomonga chiqishlariga o‘rnatilgan nol ketma - ketlik tok transformatoriga ulanadi. Statorda yerga tutashuv hosil bo‘lganda tarmoqdan yerga tutashuv nuqtasi tomonga yo‘nalgan nol ketma - ketlik toklari 3Ioek hosil bo‘ladi. U tok generator kuchlanishi zanjirdagi hamma shikastlanmagan elementlarning umumiy sig’imi bilan belgilanadi. Tashqi yerga tutashuvlarda generatordan tarmoq yo‘nalishda generatorning sig’imi bilan belgilanuvchi 3Iog nol ketma - ketlik toki hosil bo‘ladi. Ushbu tok odatda umumiy nol ketma-ketlik tokidan kichik bo‘ladi 3I oek > 3I og . Demak himoyani generatorning xususiy sig’im tokidan chetlashtirib, tanlash xususiyatiga va etarli sezgirlikka ega bo‘lgan yerga tutashuvdan himoyani bajarish mumkin. Generator stator cho‘lg’amiga o‘rnatiladigan yerga tutashuvdan himoyaning sxemasi 29- rasmda ko‘rsatilgan. Himoya qo‘shimcha magnitlashga ega bo‘lgan TAZT nol ketma- ketlik tok transformatoriga ulangan. Qo‘shimcha magnitlash ishchi zonani magnit o‘zak magnitlanish xarakteristikasining boshlang’ich chiziqli bo‘lmagan qismidan chiziqli qismiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi. 29-rasm. Generatorning yerga tutashuvdan himoyasi Tashqi ko‘p fazali qisqa tutashuv vaqtida himoyada katta nobalans toklari hosil bo‘ladi. Bu toklardan chetlashtirish himoyaning sezgirligini yo‘l qo‘yib bo‘lmas darajada kamaytirmasligi uchun KL1 rele yordamida blakirovka qilinadi. Lekin bu holda himoya ikki nuqtada yerga tutashuv bo‘lganda ishlamasligi mumkin. SHuning uchun qo‘shimcha biri generatordan tashqarida bo‘lgan ikki nuqtada yerga tutashuvda ham ishlaydigan himoya ishlatiladi. Odatda bunday himoya generatorning yerga tutashuvdan himoyasi bilan birlashtiriladi. Natijada har xil sezgirlikka ega bo‘lgan ikkita tok relesi (KA1 va KA2) bitta nol ketma-ketlik tok transformatoriga ulangan himoya hosil bo‘ladi, yaoni himoya sezgir va sezgir bo‘lmagan komplektlardan iborat bo‘ladi. Yerga tutashuvdan himoya sezgir komplektining (KA1, KT va KN2 relelar) ishga tushish toki quyidagicha aniqlanadi I hi1 =(k 1 I h,s +k 2 I nb )/k q , bu erda k1=2…3 va k2=1,3…1,5 – sig’im tokining sakrashini va nobalans toklarini hisoblash xatoliklarini hisobga oluvchi koeffitsientlar, I h,s -generatorning xususiy sig’im toki (generatorlarning pasport maolumotlarida beriladi, masalan TGV-300 turdagi generator uchun I h,s =4,56A), I nb - TNP turdagi nol ketma-ketlik tok transformatorining birlamchi tamoniga keltirilgan nobalans toki (kabel turdagi TNPdan foydalanilganda Inb≈1A olinadi), k q =0,8-tok relesining qaytish koeffitsienti. Himoyaning sezgir bo‘lmagan komplekti (KA2 rele) biri generatorda ikkinchisi esa generatordan tashqarida bo‘lgan ikki nuqtada yerga tutashuv sodir bo‘lganda tezlik bilan (hayallash vaqtisiz) generatorni uzishga ishlaydi. Uning ishga tushish toki odatda I hi2 = 100 200A olinadi. Nazorat savollari 1. Stator cho‘lg’amining shikastlanish turlari. 2. Rotor cho‘lg’amining shikastlanish turlari. 3. Sinxron generatorlarning normal bo‘lmagan rejimlari. 4. Kuchlanishi 1000 Vgacha va 1000 V dan yuqori generatorlarda qanday himoyalar qo‘llaniladi? 5. Stator cho‘lg’amini yerga tutashuvdan himoya qanday bajariladi? 6. Quvvatli 150 kVt undan kichik generatorlarning qisqa tutashuvlardan himoyasi qanday bajariladi? 7. Quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan generatorlarning himoyasi. 8. Quvvati 1 MVt dan katta generatorlarning himoyasi. 9. Generatorning yerga tutashuvda himoyasi nima uchun uning xususiy yerga tutashuv tokidan chetlashtiriladi? 10. Stator cho‘lg’amining yerga tutashuvdan himoyasi tashqi ko‘p fazali qisqa tutashuvlar vaqtida qanday ishlaydi? 1. Elektr dvigatellarning rele himoyasiga qanday asosiy talablar qo‘yiladi? 2. Elektr dvigatellarning qanday shikastlanish turlari va normal bo‘lmagan rejimlarini bilasiz? 3. Elektr dvigatellarda qanday himoyalar qo‘llaniladi? 4. Elektr dvigatellarning qisqa tutashuvdan himoyasi qanday bajariladi? 5. O‘ta yuklanishdan himoya nima uchun xizmat qiladi? 6. Elektr dvigatelarning qisqa tutashuvdan himoyasi maksimal tok relesi yordamida qanday ko‘rinishda bajariladi? 7. Tok otsechkasining ishlash toki qanday hisoblanadi? 8. Tok otsechkasining sezgirligi qanday hisoblanadi? 9. O‘ta yuklanishdan himoya qanday relelar yordamida bajarilishi mumkin? 10. Nima uchun elektr dvigatellarning o‘ta yuklanishdan himoyasi hayallash vaqtiga ega? Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling