Ma’ruza: Farmatsevtik ishlab chiqarishda farmatsevtik eritmalar
Download 47.14 Kb.
|
10 - MARUZALAR MATNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodning 5% li spirtli eritmasi.
Spirtli eritmalar.
Dori moddalarning xar xil quvvatli spirtdagi eritmalari spirtli eritmalar deyiladi. Farmatsevtika sanoatida xar xil spirtli eritmalar ishlab chiqarilib, ular ichish uchun va tashqi maqsadlarda ishlatishgga mo‘ljallangan bo‘ladi. Spirtli eritmalarni tayyorlash oddiy jarayon bo‘lib, maxsus asbob-uskuna talab qilmaydi. Ichishga mo‘ljallangan spirtli eritmalarga yodning 5 va 10% li eritmlari, novshadil, arpadiyon tomchisi, nitroglitserinning eritmalari va xakozolar kiradi.
Jodi 50 q. Kalii jodidi 20 q. Spiritus aethylici 95% Aquae destillatae aa ad 1 l.
Jodi 100 q Spiritus aethylici 95% ad 1 l
(liquor Ammonii anistatus) Olei Anisi - 2,81 g. Sol. Ammonii caustici - 15 ml. Spiritus aethylici ad - 100 ml YUqorida aytib o‘tilgan spirtli eritmalardan tashqari farmatsevtika korxonalari tomonidan quyidagi spirtli eritmalar ishlatiladi [5-8]. Spiritus camphorates 10% Spiritus acidi formici 1,25% Spiritus Sinapis 2% Spiritus Lavandulae 1% Spiritus Salycilici 1-2% Spiritus Mentholi 1-2% Spiritus Acidi borici 3% Farmatsevtika korxonalarida suvli va suvi bo‘lmagan (spirtli va moyli) suyuq dori shakllari ishlab chiqariladi. Qiyomlar (Sirupi) qandning suvdagi eritmalari yoki ularning dori moddalar bilan aralashmasiga qiyomlar deb ataladi. Qiyomlar quyuq va tiniq suyuqlik, o‘ziga shirin ta’mli va ichish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Asosan dori moddalarning yoqimsiz hidi va mazasini yaxshilash uchun va shuningdek dori modda sifatida ham ishlatiladi. Odatda qiyomlar qand eritmasida tayyorlanadi. Oddiy qand qiyomi ekstraktlar, nastoykalar meva sharbatlari bilan aralashtirib, kerak bo‘lsa, tayyorlanadp. Tayyor qiyom qalin material mato yoki filtr kog‘ozi orqali suziladi. Isitib tayyorlangan qiyomlar esa issiq holda suziladi. Ba’zi xollarda qiyomlarga konservant sifatida etil spirti qo‘shiladi. Qiyomlar zichligi, sofligi va dorivor moddaning miqdori bo‘yicha baholanadi. Qiyomlar ishlatilishiga binoan ta’m beruvchilarga va dorivorlarga bo‘linadi. Ta’m beruvchi qiyomlarga: qand, olcha va maymunjon (malina) qiyomlari kiradi. Qiyomlar tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, bolalar va qariyalar uchun tayyorlanadigan dorilarning ta’mini yaxshilaydi, dorilarning tanada ko‘rsatadigan noxush ta’sirini susaytiradi yoki yuqotadi. Lenin biofarmatsiyaga amal qilinadigan bo‘lsa, ularni ko‘r-ko‘rona ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Biofarmatsiya ta’limotiga kura, eritmalarning ta’mini qiyomlar yordamida yaxshilab berilishi ularning terapevtik faolligiga ta’sir etadi. Masalan: kalsiy xlorid, tetratsiklin, amidopirin, izoniazid eritmalarining ta’mini yaxshilash uchun qo‘shilgan qand olcha, karag‘at qiyomi, ularning so‘rilish tezligi va terapevtik faolligini pasaytiradi. SHuning uchun dori turlarining noxush ta’m va hidini o‘zgartirishda texnologiya, fiziologiya va biofarmatsiya nuqtai nazaridan yondashish lozim. Download 47.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling