AJRATILGAN SIFATLOVCHI predmetning belgisini bo'rttirib ko'rsatish maqsadida ajratiladi. Ajratilgan sifatlovchilar sifatlanmishdan keyin kelsa ajratilgan sanaladi.
Masalan:
Ma'lum bo'lishicha u, ya'ni universitet domlasi dosent Obidov, bir necha yillardan beri biologik metodi ustida ish olib bormoqda ekan. (O.Ё) Ajratilgan aniqlovchilar, ya'ni sifatlovchi odatda birikma yoki uyushgan xolda keladi.
Masalan:
Qo'chqarov-do'ng peshona, qirra burun, ko'krakdor, polvontaxlit yigitcha-kichkina tuman gazetasiga ko'z tikib o'tirardi. Bunda predmetning belgisini bo'rttirib berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan. Ayrim paytda yakka kelgan sifatlovchilar ham ajratilishi mumkin.
Masalan:
Saxarlab mardikorlar, yalang oyoq . . . bozorga, ishga, chopdilar.
AJRATILGAN QARATUVCHI.
Bunda qaratuvchi o'zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izohlash, konkretlashtirish yo'li bilan ajratiladi.
Masalan:
Bu dugonamning, Xalimaning, ro'moli.Yoki:O'sha otga mana bu bolaning, Xudoyberdining, ishki tushib qolgan. (M.A)
AJRATILGAN IZOHLOVCHILAR.
Izohlovchilar ko'pincha ajratilgan bo'ladi. Bunda ular izohlanmishdan keyin kelib, maxsus intonasiya bilan talaffuz qilinadi.
Masalan:
Dadang-bizning qadrdon do'stimiz-hamisha qalbimizda yashaydi. Izohlovchi o'ziga oid so'zlar bilan kengayib kelsa, uning ajratilganligi tez payqaladi. Masalan: Denisov-dehqonlar orasida ko'p yurgan sobiq irrigator sodda, odamshinavanda lekin talabchan, haqiqatchi edi. (O)
AJRATILGAN HOLLAR.
Ajratilgan xol o'z formalariga ko'ra ikki xil.
Oborot formasidagi ajratilgan xol.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xol.
Ko'makchi konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol.
Ko'makchili konstruksiyasi formasidagi xol kesimdan uzoqda kelib, o'ziga oid so'zlar bilan kengayib, boshqa gap bo'laklardan ajralishi mumkin. Bunda konstruksiya kabi, bo'yicha, tufayli, yarasha, xolda, muvofiq kabi ko'makchi so'zlar bilan shakllanadi.
Masalan:
1.Navoiy bir qo'lini ko'ksiga qo'ygan holda, boshini kamtar, yengil qimirlatishi bilan xalqning tabrigiga samimiy javob berib bordi.
2.To'ppon, ishda to'rt kishining ishini qilgani kabi, ovqatda ham to'rt kishining ovqatini yegan edi.
Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan bo'laklardagi kabi, ma'lum darajada predikativlik mavjud. Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol quyidagi ma'noni ifodalaydi.
1.Turli xolatni
Masalan:
1.Nor xola xursandlik bilan yuragi to'ygan xolda, bog'ni aylanib keldi.
2.O'ktam allanechuk bo'shashgan holda otliq qizning orqasidan ancha vaqt o'ychan qarab qoldi.
2.O'xshatishni,
Masalan:
1.Buloqning suvi, podshox zamondagi mazlumlarning ko'zlaridan oqqan yosh kabi tinmay to'lib toshdi. (SH.R)
2.Farxodning qoyalarni o'pirgan afsonaviy teshasi kabi, shoir fikri toshlarni yaxlid kesib, misralarga boylab, qalab ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |