ma`ruza: Gapning uyushiq bo‘laklari; uyushishning ifoda vositalari: sanash ohangi va teng bog‘lovchilar. Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumiy va umumlashtiruvchi birliklarning qo‘llanishi soat reja


Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari


Download 50.46 Kb.
bet13/14
Sana31.01.2024
Hajmi50.46 Kb.
#1817822
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ma`ruza Gapning uyushiq bo‘laklari; uyushishning ifoda vositala-fayllar.org

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:
1. Lekin bu musiqa jimjitlikni buzmas, balki uni quyultirardi. Ushbu gapda zidlov bog‘lovchisi qanday bo‘laklarni bog‘lagan? A) gap tarkibidagi sodda gaplarni B) uyushiq bo‘laklarni C) turli gap bo‘laklarini D) bog‘lovchi vazifasini bajarmagan
2. Qaysi qatordagi gapda uyushiq bo‘laklar mavjud emas? A) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. B) Xalqqa qaradi-yu, lekin gapirmadi. C) Til bilan dil bir bo‘lishi kerak D) Men asta-sekin bu xonadonning past-balandini yaxshi o‘rganib oldim.
3. O‘zbek tilida gapning uyushgan bo‘laklarini bog‘lash vazifasida nisbatan kam qo‘llanadigan bog‘lovchilarni aniqlang. A) biriktiruv bog‘lovchilari B) zidlov bog‘lovchilar C) ayiruv bog‘lovchilari D) A, B
4. Uyushgan egalar shaxsni anglatsa, kesim qanday shaklda bo‘ladi? A) Kesim ko‘plik shaklda qo‘llanadi. B) Kesim birlikda qo‘llanadi. C) Kesim fe’l bilan ifodalansa, ko‘plikda, sifat, ravish, son bilan ifodalansa, birlikda qo‘llanadi. D) Kesim birlikda ham, ko‘plikda ham qo‘llanishi mumkin.
5. Bosh bo‘laklar uyushib kelgan gapni toping. A) Saida kitob bilan, she’r bilan dardlashardi. B) Quyosh, havo – tanga davo. C) Havo salqin, toza. D) O‘rmonlar, bog‘lar uni quvontirdi, to‘lqinlantirdi.
6. Vaziyat (ravish) holi uyushib kelgan gapni toping. A) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. B) Qo‘qon, Farg‘ona va Andijonda yaxshi bir odat bor. C) U mayda-chuyda ishlarni ham aniq va puxta bajarardi. D) U tanib, bilib, keyin so‘rasha boshladi.
7. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Yangi mafkuraning asosi, negizi bormi, yo‘qmi?(I.A.Karimov) A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) ega va kesim.
8. Onam, opam va singlim bilan mehmonga bordim. Qaysi gap bo‘lagi uyushgan? A) ega B) to‘ldiruvchi C) ot D) aniqlovchi
9. Uyushiq bo‘lakli sodda gap berilgan qatorni aniqlang. A) Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi. B) Gap tashuvchilarni, tirnoqdan kir izlovchilarni, chaqimchilarni men yomon ko‘raman.C) Bahor keldi, gul ochildi, chaman bo‘ldi yurtimiz. D) Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar.
10. Qaysi uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z qo‘llanmagan? A) Bog‘imizdagi mevalar: olma, o‘rik, olxo‘rilar mo‘l hosil qildi. B) Berilgan barcha gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlar qo‘llangan. C) Suv, er, elektr - bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi. D) Majlisda qatnashdilar: Sobir Erkinov, Nodir Olimov, Abdulla Saidov va boshqalar.
11. Qaysi uyushiq bo‘lakli gapda umumlashtiruvchi bo‘lak (umumlashtiruvchi so‘z) qo‘llangan? A) Kamtarinlikni, zahmatkashlikni, sabot va sobirlikni Asqad Muxtordan o‘rgansak bo‘ladi B) Aql, bilim va hikmat – oltindan qimmat. C) Insonda hamma narsa: yuz ham, kiyim ham, qalb ham go‘zal bo‘lmog‘i lozim. D) Siz bilan biz o‘z e’tiqodimizga sodiq ekanmiz.
12. Gapda uyushgan bo‘laklarni jamlovchi umumlashtiruvchi so‘z ko‘pincha qanday so‘zlar bilan ifodalanadi? A) mustaqil so‘z turkumlari bilan B) barcha so‘z turkumlari bilan C) ot, olmosh va otlashgan so‘zlar bilan D) ot,olmosh, fe’l va ravish bilan
13. Uyushiq bo‘lakli quyidagi gaplarning qay birida umumlashtiruvchi so‘z mavjud emas? A) Masjidga qatnashdilar: Diyor Salimov, Davlat Usmonov, Sherzod Olimov B) Xolmurodning do‘stlari: Nodir, Qodir va Nozimalar ham birin-ketin qaytib kelishdi. C) Berilgan barcha gaplarga umumlashtiruvchi so‘z mavjud. D) Suv, er, elektr – bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi.
14. Umumlashtiruvchi bo‘lak qaysi gapda qo‘llangan? A) Negaki, ular meni katta ehtiros, qiziqish bilan kutib oladilar. B) Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladigan o‘zgarishlarni, hollarni, harakatlarni – barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. C) Xullas, Vatanimizning osti ham, usti ham oltindir. D) Albatta, vaqt kutib o‘tirmaydi, o‘tib ketaveradi.
15. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelganda, umumlashtiruvchi so‘zdan oldin qanday tinish belgi qo‘yiladi? A) vergul B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) tire
16. Bog‘da etilgan olma, anor, uzumlar – hammasidan oldik. Ushbu misoldagi uyushiq va umumlashtiruvchi bo‘laklar gapning qaysi bo‘lagi hisoblanadi? A) ega B) to‘ldiruvchi C) aniqlovchi D) hol
17. Umumlashtiruvchi so‘z bilan qo‘llangan uyushiq gap berilgan qatorni aniqlang. A) Havo issiq keldi, hamma narsadan go‘yo hovur ko‘tariladi. B) Tong yorisha boshladi, hamma jonlandi. C) Mehmon kirib kelishi bilan, hamma o‘rnidan turdi. D) Atrofni qurshagan tog‘lar, qirlar, daraxtlar – hamma narsa bahor havosiga cho‘milganday.
18. Ajratilgan bo‘laklar uyushiq bo‘laklardan qaysi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi? A) bir xil grammatik shaklda bo‘lishi bilan B) bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi bilan C) bir predmetning ikki xil nomi bo‘lishi bilan D) A, B
19. Ajratilgan izoh bo‘lak berilmagan qatorni aniqlang. A) Oshpaz opa, ellik-ellik besh yoshlarga borib qolgan ayol, yopilgan nonlarni dasta-dasta qilib o‘rarkan, kulib javob berdi. B) yozda, ta’til kunlarida bir necha badiiy asarlar o‘qidik. C) Bu xabar ko‘plarni, shu-jumladan, meni ham, ajablantirdi. D) Bulbullarning, sa’valarning sayrashi bizlarga zavq berardi.
20. U oilasi bilan – xotini, chaqaloq qizi, o‘n besh yoshli o‘g‘li bilan – Oltiariqqa ko‘chib bordi. Bu gapda qaysi bo‘lak ajratilgan? A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) ega D) kesim

Download 50.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling