Amaliyot rahbari : Abdunazarova


Download 1.32 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1600984
Bog'liq
dilnoz3


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA BOSHLANG’ICH
TA’LIM FAKULTETI

5111700-“Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi”yo’nalishi


IV-bosqich 19-04-guruh talabasi

Mamatqobilova Dilnozaning


Malakaviy amaliyot bo’yicha haftalik
(4-hafta 06-martdan 10-martgacha) tayyorlagan
HISOBOTI

Amaliyot rahbari : __________ Abdunazarova.Z

Amaliyotchi talaba: __________ Mamatqobilova D

Amaliyotning to`rtinchi haftasi davomida bir nechta ochiq darslarga kirdim va o`zim ham mahorat darslarini o`tishga astoydil harakat qila boshladim.Bundan tashqari ushbu haftada men maktabda o`tkazilgan tadbirlarning bir nechtasiga guvoh bo`ldim.Jumladan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami 2-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`zgacha bir shukuhda o`tdi. Barcha sinflar tashkil etgan ushbu bayramga taomlar tanlovi bilan yanada qizgin tarzda o`tdi. Milliy taomlar namoyishi barchaning ko`zlarini quvontirdi. Bayram so`nggida o`quvchilar o`z onalariga gullar va esdalik sovg`alarini berishdi.


Shu bir hafta mobaynida o’quvchilar bilan yaqinda tanishdim ular bilan iloji boricha ko’proq ishlashga harakat qildim. Uyga vazifalarni bajara olmagan yoki xato bajarib kelgan o’quvchilar bilan darsdan keyin shug’ullandim. Ularga qayerda xato qilganini ko’rsatdim to’g’ri ishlash yo’lini tushuntirdim. Men o’quvchilarning aylanma daftarlarini tekshirdim va o’quvchilarning yozuvi, bilim saviyasi qanday darajada ekanligi haqida bilib oldim. Bu borada Nigora ustoz ham menga o’z tavsiyalarini berib bordilar.

Bu bizning bilimga chanqoq 2-“A”sinf o’quvchilari dars jarayoni
Pedagogik amaliyot haqida xulosam shundan iboratki, o’qish davomida olgan bilim va ko’nikmalarni amaliyotga tadbiq etmasdan turib biror kasb egasi bo’lish qiyin. Ayniqsa o’qituvchilik kasbi juda mas’ulyatlidir. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Buning uchun 4 yil o’qishning o’zi kamlik qilar ekan. Bo’lajak pedagog xodim uchun eng kerakli narsa o’quv jarajonini nazorat qila olishdir. Chunki nazariya va amaliyot bir-biridan tubdan farq qiladi. Bunda bizga eng kerakli bilimlar mutaxasislik fanlarimizning barchasi hamda psixologiya, nutq madaniyati, metodika kabi fanlarni mukammal bilish muhim ahamiyatga ega.

19-04-guruh talabasi Mamatqobilova Dilnoza
Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling