ma`ruza: Gapning uyushiq bo‘laklari; uyushishning ifoda vositalari: sanash ohangi va teng bog‘lovchilar. Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumiy va umumlashtiruvchi birliklarning qo‘llanishi soat reja


Download 124 Kb.
bet4/13
Sana27.02.2023
Hajmi124 Kb.
#1235386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-ma'ruza matni

Uyushmagan sifatlovchilar
Ba’zan bir qancha sifatlovchilar bir predmetni aniqlab kelsa ham, uyushgan sinalmaydi. Masalan: Bog’da katta bir tup yong’oq va har xil meva daraxtlari bor edi. (P.T.)
Bu misolda katta va bir tup so’zlari yong’oq so’ziga nisbatan aniqlovchidir. Lekin ular uyushgan emas. Chunki katta aniqlovchisi yong’oqning hajmini, bir tup esa miqdorini aniqlab kelayotir.
Uyushgan sifatlovchilar uyushgan sifatlovchilardan sanash intonatsiyasining yo’qligi bilan ham farqlanadi.
Masalan: Kichkina qora uyga yig’ilgan etti-sakkiz kelin uyning chetida qator-qator o’tirar edilar. (B.Kerb.)
Soy tomondan yoqimli mayin shaboda esa boshladi.
Yuqoridagi misolda kichkina so’zi hajmni, qora so’zi esa rang-tusni bi’ldirib uyushmagan sifatlovchi hosil qilgan. Keyingi misolda yoqimli so’zi bilan mayin sifatlovchi har xil belgini bildirgani uchun uyushmagan sifatlovchi hisoblanadi.
3. Uyushuq bo’laklarda bog’lovchilar
Gap bo’laklarining uyushib kelishda bog’lovchilarning roli katta. Ularning harakteriga ko’ra, uyushib kelgan bo’laklar ham ma’nolarni ifodalaydi.
Bu quyidagicha:
1. Va, hamda bog’lovchilari uyushuq bo’laklarni biriktiruv yo’li bilan o’zaro bog’laydilar.
Masalan: Yigit tor va qorong’I yo’ldan dalaning keng va yorug’ maydoniga chiqdi. Katta xovuzlardagi suvlarda ko’lankalar hamda shu’lalar jim-jim o’ynashdi. (O.)
Uyushuq bo’laklar ko’p bo’lganda, biriktiruvchi bog’lovchi oxirgi juft orasida kelib, sanalishning tugalishini ko’rsatadi.
Masalan: Bozor ichkari xovlidan dasturxon, non va mayiz olib chiqdi. (S.A.)
Bilan aslida ko’makchi bo’lib, ayrim paytlarda biriktiruvchi bog’lovchi vazifasini ham bajaradi. Masalan: Umarjon Qurbon ota bilan Sodiqjonni sozandalar yalla qilayotgan davradan topdi. (A.K.)
Shuningdek, - u (-yu); -da yuklamalari ham biriktiruvchi bog’lovchi vazifasida keladi.
Masalan: Chaqmoq qilichi ufqqacha yarqirab cho’zildi-yu, so’ndi. (S.N.) Jannatxon Namanganga ketish oldida o’ziga tanish bo’lgan tepaga chiqdi-da, o’ziga qarashli boqqa nazar tashladi. (Gaz). Biriktiruvchi bog’lovchilardan va, bilan yordamida bog’langan uyushuq bo’laklar juft-juft bo’lib kelishi mumkin.
Masalan: Zulfiya bilan Komiljon ham, Anorhon bilan Ernazar aka ham selning oqibati tog’risida o’ylar edilar. (I.R.) Erta sahardan beri ish boshida yurgan Oyqiz va Olimjon, ayniqsa Suvonqul bilan Bekbuta ko’k piyoz sepilgan oshni zo’r ishtaxa bilan edilar. (Sh.P.)
2. Biroq, lekin, ammo bog’lovchilari uyushgan bo;laklarni bir-biriga zid qo’yish yo’li bilan bog’laydi:
Masalan: Komiljon Saodatxonning ko’zlari muloyimgina qaradi, lekin javob bermadi. Boboqul ota uni kimgadir o’xshatdi, ammo tanimadi. (S.Anorboev.) Qiz Saidiydan o’z ishiga doir ko’p ma’lumotlar olishga umidvor, biroq so’ramaydi. (A.K.)
Zidlovchi bog’lovchi vazifasida ba’zan –u; -yu; yuklamalari ham keladi. Masalan: Nazira hola mehmonlar bilan so’rashdi-yu, gapirmadi. Zidlovchi bog’lovchilar yordami bilan ko’proq kesim uyushib keladi.
3. dam …, dam …, goh …, goh …, ba’zan …, ba’zan …, bir …, bir …, yohud …, yohud …, yoki …, yoki …, yo …, yo …; bog’lovchilari uyushgan bo’laklarni ayrish yo’li bilan bog’laydi.
Ayruvchi bog’lovchilardan bir guruh (goh …, goh …, ba’zan …, ba’zan …, bir …, bir…) uyushgan bo’laklardan anglashilgan ma’noning bajarilish – bajarilmasligida galma-gallikni ko’rsatadi.
Masalan: Chapda, goh o’ngda quloqlarni teshuvchi chinqiriq tovushlar bilan chigirtkalar chirillashadi. (M.I.)
Kechki shabada dam musaffo suv zidini, dam atrofdagi gullarning ajoyib xidlarini, dam yoqimli suv changini olib kelardi. (P.K.) Beklar ba’zan podshoga, ba’zan Navoiyga tikilib jim o’tirishardi. (O.) To’tiqiz bir Dilshodga, bir xolisga, bir onasiga qarab qoyardi. (M.I.)
Ayiruvchi bog’lovchilarning ikknchi bir guruxi (yoxud…, yoxud …, yoki …, yoki …, yo …, yo …;) uyushuq bo’laklarning birini ikkinchisidan ajratib ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
Masalan: Gulnorning o’ylab qo’ygan oxirgi chorasi yo o’lim, yoki Yodgor bilan birga qochib ketish edi. (S.A.)

Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling