Ma’ruza Geofizik usullarining tasnifi va qisqacha tavsifi
Download 17.44 Kb.
|
Maruza 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gravirazvedka
- Magnitorazvedka
- Elektrrazvedka
- Seysmorazvedka
- Radiometrik va yadro-geofizik
- Quduqlarda geofizik tadqiqotlar (QGT)
Ma’ruza 1. Geofizik usullarining tasnifi va qisqacha tavsifi Geofizik usullar ikkita asosiy yoʻnalishga boʻlinadi: tabiiy va sunʻiy maydonlar metodlari. Tabiiy maydon – Yerda va yerqobigʻida sodir boʻladigan hodisalarning natijasidir (masalan: Yer magnit maydoni, Yerdagi tellur toklar oqimlari va boshqalar). Sunʻiy maydonlarni insonlar oʻzi maxsus yaratadi (masalan: elektr qidiruvlar olib borishda past yoki yuqori chastotali elektromagnit maydonlar, seysmik qidiruvda portlashlar yoki tebratuvchilar yordamida elastik toʻlqinlar va boshqalar). Oʻlchov uskunalarini joylashishiga qarab geofizik metodlar dala (yer ustidagi) va quduqlarda geofizik tadqiqotlar metodlariga boʻlinadi. Radioaktiv va geokimyoviy usullar biroz ajralib turadi, ularning amalda qoʻllanilishi boshqa metodlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlsada, ammo nazariyasi geokimyo va radiokimyo sohasiga taalluqlidir. Geofizik usullarga gravirazvedka, magnitorazvadka, elektrrazvedka, seimorazvedka, radiometrik va yadrogeofizik razvedka, geotermik razvedka kiradi. Mahsus Quduqlarning geofizik tadqiqotlari usullari mavjud. Ularning qisqacha ta’rifini keltiramiz. Gravirazvedka metodi geologik kesimning jinslari va qatlamlarining zichligining oʻzgarishi tufayli tortish kuchi maydonini oʻrganishga asoslangan. U chuqurlikda joylashgan geologik elementlarini zichliligi bo‘yicha farqini oʻrganish, maʻdanli tanalarni aniqlashda ishlatiladi. Magnitorazvedka metodi yer yuzidan magnit maydonning xususiyatlarini oʻrganishga asoslangan. Magnit maydonning foydali qazilmalar va atrofdagi togʻ jinslarning magnit xususiyatlariga qarab oʻzgarishini oʻrganiladi. Magnit qidiruv yer qobigʻning tuzilishini oʻrganishda, chuqurlikdagi geologik tuzilishni, tektonika va geologik xaritalarni tuzishda keng qoʻllaniladi. Elektrrazvedka metodi geologik obʻektlarda paydo boʻladigan tabiiy va sunʻiy elektr maydonlarini oʻrganishga asoslangan. Asosan, togʻ jinslaridagi elektr oʻtkazuvchanligi elektr qarshiligini aniqlash bilan oʻrganiladi. Odatda elektr profillash, tik elektr zondirlash metodlari keng qollaniladi. Seysmorazvedka metodi maxsus moslamalar yordamida yaratilgan qayishqoq toʻlqinlar tarqalishidagi tezligi turli togʻ jinslarida farqlanishiga asoslanadi. Ushbu metod chuqurlikning geologik va tektonik tuzilishini oʻrganishda keng qoʻllaniladi. Madanli geologiyada soyoz seysmik kuzatuv usullari yordamida foydali qazilma konining joylashish xususiyatlari aniqlanadi. Seysmik tolqinlar oʻtishiga qarab geologik kesim tabaqalanishi, qatlamlarning koʻrsatkichlarini oʻrganish mumkin. Bu usul neft va gaz geologiyasida keng qo‘llaniladi. Radiometrik va yadro-geofizik metodlar geologik kesimdagi jinslarning radioaktivligini oʻrganishga asoslangan. Ular radioaktivlik darajasini baholash va turli koʻrsatkichlar boʻyicha kesimni litologik ajratish uchun - zichlik, gillilik, litologik oʻzgaruvchanlik, tektonik yoriqlar zonalarini aniqlashda, shuningdek baʻzi turdagi foydali qazilma konlar massivlarini xaritalash va chegaralashda qoʻllaniladi. Quduqlarda geofizik tadqiqotlar (QGT) geologik kesimning yotqizilarining fizik xususiyatlaridagi farqlarga asoslangan va quduqning geologik kesimini hujjatlashtirish, litologik tabaqalash, qatlamlar koʻrsatkishlarini aniqlash, quduqlarning texnik holatini oʻrganish vazifalarini yechishda qoʻllaniladi. Download 17.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling