Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)


Download 418.2 Kb.
bet13/13
Sana09.04.2023
Hajmi418.2 Kb.
#1344557
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1MARUZA

Hayvonlar sistematikasi. Biologiyada organizmlar o’xshashligi va qarindoshligiga asoslanib organizmlar alohidaguuruh - taksonlarga ajratib o’rganadi. Hayvonlarni taksonlarga ajratish bilan sistematika shug’ullanadi. Hayvonlar sistematikasida asosiy taksonlar tip, sinf, turkum, oila, urug’, turdan iborat. Ular orasida tur eng kichik, tip esa eng yirik takson hisoblanadi. Bitta turga kiruvchi hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirish tarzi o’zaro o’xshash bo’lib, umumiy arealni egallaydi. Muayyan tur o’zining morfologik, fiziologik, ekologik va irsiy xususiyatlari bilan boshqa turlardan farq qiladi. Bir turning individlari bir-biri bilan erkin chatishadi va ularning nasli serpusht bo’ladi.
Hayvonlarni muhofaza qilish tadbirlari. Hayvonlarning biologik xilma-xilligini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish uchun dastavval ularni ovlashni tartibga solish, noyob va soni kamayib borayotgan turlarni ovlashni qatiyan man etish lozim. Ovlash ruxsat etilgan turlar uchun ovlash muddati, miqdori va usuli belgilanadi. Ovlanadigan hayvonlardan oqilona foydalanish va ularni ko’paytirish uchun ovchilik xo’jaliklari tashkil etiladi. Ularda hayvonlar uchun pana joylar, suvloqlar tashkil etiladi; yem-xashak ekinlari ekiladi; hayvonlar soni nazorat qilib boriladi. O’zbekistonda sayg’oq, ondatra, tulki, chiyabo’ri, kaklik kabi hayvonlar maxsus ruxsatnoma asosida ovlanadi. Noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida Respublikamizda Chotqol, Zomin, Surxon, Qizilqum, Baday to’qay, Nurota, Zarafshon, Hisor qo’riqxonalari tashkil etilgan.
Download 418.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling