Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)


Download 418.2 Kb.
bet10/13
Sana09.04.2023
Hajmi418.2 Kb.
#1344557
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1MARUZA

Ko’ payish. Hayvonlar jinssiz va jinsiy ko’payadi. Jinssiz ko’payish sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun xos bo’lib, asosan ikki xil usulda boradi. Bir hujayralilarning jinssiz ko’payishi organizmning teng ikkiga bo’linishi, ko’p hujayralilarda esa kurtaklanish va ko’p marta bo’linish orqali sodir bo’ladi. Kurtaklanishda ona organizmda kichik kortakcha hosil bo’lib, undan yangi organizm shakllanadi. Ko’p marta bo’linishda ona organizm juda ko’p bo’laklarga bo’linib, har qaysi bo’lakdan yangi organizm hosil bo’ladi. Bu xildagi bo’linish yassi va halqali chuvalchanglar uchun xos. Jinssiz ko’payish hayvonlar tanasida kam ixtisoslashgan, lekin boshqa hamma to’qima va organlarni hosil qilish xususiyatiga ega bo’lgan maxsus hujayralar bilan bog’liq.
Jinsiy ko’payish jinsiy hujayralar - gametalar hosil bo’lishi va ularning o’zaro qo’shilib, urug’langan zigota hosil bo’lishidan iborat. Bir hujayralilarning gametalari bitta hujayranng o’zidan yetishib chiqadi. Ko’p hujayralilarning gametalari maxsus jinsiy bezlar - gonadalarda hosil bo’ladi. Urug’ hujayralar- spermatozoidlar, ya’ni mikrogametalar, urg’ochilik hujayralar tuxum hujayra yoki makrogameta deyiladi. Odatda spermatozoidlar nisbatan kichik, bir yoki bir necha xivchinli va harakatchan bo’ladi. Ancha yirik va harakatsiz tuxum hujayrada embrionning rivojlanishi uchun zarur oziq moddalarga boy bo’ladi.
Urug’lanish jarayonida urug’ hujayra tuxum hujayra ichiga kirib oladi, ularning yadro va sitoplazmasi qo’shilishi natijasida ikkita hujayradan bitta yangi hujayra — zigota hosil bo’ladi. Zigotadan embrional rivojlanish jarayonida yangi organizm shakllanadi. Jinsiy ko’payish organizm uchun bir qancha afzalliklarga ega. Bir-biridan uzoq formalardan hosil bo’ lgan jinsiy hujayralarning genlar tarkibi turlicha bo’lganidan ularning qo’shilishidan hosil bo’lgan yangi organizmlarning ona organizmga nisbatan yashovchanligi yuqori bo’ladi. Bunday organizmlar tabiiy tanlanish jarayonida saqlanib qolib, nasl beradi.
Ko’pchilik hayvonlar ayrim jinsli bo’ lib, ularning urg’ochilari va erkaklari bo’ladi. Ayrim jinsli hayvonlarda o’z-o’zini urug’lantirish yuz bermaydi. Nerv va harakatlanish sistemasining rivojlanganligi tufayli erkak va urg’ochi hayvonlar bir-birini oson topishadi. Kam harakat yoki harakatsiz o’troq yashovchi hayvonlarda ikki jinsni bir-birini topishi qiyinlashishi tufayli ularda ikki jinslilik, ya’ni germafroditlik kelib chiqqan. Germafrodit organizm zarur paytda o’z-o’zini urug’lantirishi mumkin. Lekin bu hodisa tabiatda kamdan-kam yuz beradi. Odatda ikkita germafrodit individlar bir-birini urug’lantiradi.
Tuxum hujayrani tashqi muhitda urug’lanishi tashqi urug’lanish, organizm ichida urug’lanishi esa ichki urug’lanish deyiladi. Tashqi urug’lanish faqat suv muhitida sodir bo’lganidan haqiqiy suv hayvonlari va suv bilan ko’proq bog’liq bo’lgan suvda hamda quruqlikda yashovchilar uchun xos. Qurukdikda yashovchi va ikkilamchi suvda yashashga o’tgan hayvonlarda faqat ichki urug’lanish ma’lum. Tashqi urug’lanadigan hayvonlar juda ko’p jinsiy hujayralar hosil qiladi. Lekin tashqi muhitda hujayralarning ko’p qismi halok bo’ladi. Ichki urug’lanadigan hayvonlarning jinsiy organlari murakkab tuzilgan bo’ladi.
Umurtqasiz hayvonlar orasida urug’lanmagan tuxum qoyib ko’payadigan
Download 418.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling