Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja


Ko‘krakka taqiladigan taqinchoqlar


Download 108.44 Kb.
bet25/29
Sana02.01.2022
Hajmi108.44 Kb.
#200880
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
2-mavzu (1)

Ko‘krakka taqiladigan taqinchoqlar. Zebizardon, tapishe dil, tavk, kalitbog‘i, tumor, nozigardon nomli taqinchoqlar ko‘krakka taqib yurilgan. Bulardan tashqari ko‘ylak umuzi: ko‘ylakka taqiladigan zeb-ziynat buyumlari ham xilma- xil bo‘lgan.

Ko‘ylak umuziga “peshvoz” taqilgan. Peshvoz kichkinagina bejirim ishlangan xaltacha bo‘lib, unda pardoz buyumlari (kumush, mo‘ychinak, xilol (tish tozalagich), quloq tirnoq tozalagich, surmadon, atirdon, va boshqalar) saqlangan.

“Tapishe dil” ko‘krak taqinchog‘ining nomi “yurak urushi” degan ma'noni anglatgan. Ba'zi hollarda qo‘ltiqqa ham taqib yurilgan. “Tapishe dil” zanjirga osig‘lik turunjdan iborat bo‘lib, unga zumrad va la'ldan shokilalar o‘rnatilgan.

Ko‘krakka taqib yurilgan taqinchoqlar orasida turli tuman tumorlar alohida ahamiyatga egadir. Ular ins-jinslardan saqlashga xizmat qilgan. “Tumor” so‘zi arabchada “bir parcha qog‘ozga duo” ma'nosini anglatadi. Tumorlarning turi ko‘p bo‘lgan: bo‘yin tumor, ko‘krak tumor, qo‘ltiq tumor. Hammasining turli geometrik shaklidagi g‘iloflari bo‘lgan. G‘iloflar kumushdan qopqoqchali qilib yasalgan.




Download 108.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling