Ma`ruza. Iqtisodiyotning siklliligi Reja Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Iqtisodiy sikl nazariyalari


Download 160 Kb.
bet4/6
Sana28.10.2023
Hajmi160 Kb.
#1732385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
29 - Ma`ruza. Iqtisodiyotning siklliligi

Psixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda iqtisodiy nazariyalar bilan bir qatorda psixologik nazariyalar ham keng o‘rin olib bormoqda. Psixologik nazariya tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kiritish mumkin. Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga ob’ektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi.
Kreditning kengayishi, talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning kayfiyatini ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi yuqori bo‘lgan pul jamg‘arishga moyilligi ortib borishi va o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etishini ko‘rsatishadi.


3. Sikllarning asosiy turlari

Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi2.Quyidagi 19.1-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.


19.1-jadval
Sikllarning asosiy turlari



Sikl turlari

Siklning
davomiyligi

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2–4 yil

Zaxiralar miqdori YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

Juglar sikli

7–12 yil

Investitsion sikl YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi

Kuznes sikli

16-25 yil

Daromad immigratsiya uy-joy qurilishi yalpi talab daromad

Kondratev sikli

40-60 yil

Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar

Forrester sikli

200 yil

Energiya va materiallar

Toffler sikli

1000-2000
yil

Sivilizatsiyalarning rivojlanishi



Kitchin sikli zaxiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 y.) o‘zining e’tiborini tovar zaxiralarining harakat chog‘idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to‘lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa, u siklning davomiyligini jahondagi oltin zaxiralarining tebranishlari bilan bog‘lab, uni 3 yilu 4 oyga teng, deb hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda ko‘pchilik iqtisodchilarni qoniqtirmaydi.

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling