Ma`ruza. Iqtisodiyotning siklliligi Reja Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Iqtisodiy sikl nazariyalari


Download 160 Kb.
bet3/6
Sana09.05.2023
Hajmi160 Kb.
#1447970
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
29 - Ma`ruza. Iqtisodiyotning siklliligi

Sof monetar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha bozor iqtisodiyotida markaziy o‘rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning siklli o‘zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o‘zgartirishga bog‘liq.
Iqtisodiy faollikning o‘sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, uning turg‘unlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o‘zgarishidir. Tovarlarga talabning ortishi natijasida savdo, chakana narx o‘sib, ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi.
Shunday qilib, bu nazariya tarafdorlari jamg‘arishning davriy ravishda oshib ketishi va mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulni ko‘rsatadilar. Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik o‘zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg‘arishning ko`rayib ketishidagi rolini ko‘rsatishadi. Monetar va nomonetar yo‘nalish o‘rtasidagi farq uncha katta emas, biri ikkinchisini to‘ldiradi.Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning kuchayishiga iste’mol emas, balki investitsiya sabab bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi.
Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyaning mohiyati ko‘proq jamg‘arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining sababi qilib ko‘rsatiladi:

  1. mablag‘ni jamg‘arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg‘unlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablag‘ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi;

  2. pulni jamg‘arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, chunki u iste’molga sarflanmaydi.

  3. natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg‘arish hajmi o‘sib borib, iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.

Jamg‘arish nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra iqtisodiy sikl ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari o‘rtasida katta farq bor.
Kundalik iste’mol mollari doimiy ravishda iste’mol qilinadi. Ularning iste’mol miqdori o‘zgargan taqdirda ham uncha katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling