Maruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish
KOMMUTATSION APPARATLAR VA KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI USKUNLLAR
Download 91.58 Kb.
|
5-6-7-8
- Bu sahifa navigatsiya:
- «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!»
- «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!» va «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!»
- «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!
- «Toxta! Kuchlanish!»
- «Ulanmasin! odamlar ishlamoqda!» yoki «Ulanmasin! Tarmoqda ish ketmoqda!»
KOMMUTATSION APPARATLAR VA KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI USKUNLLAR
Uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarda brigadani ishlashga ijozat berishdan oldin: - yordamchi elektr zanjirlari (boshqaruv, signalizatsiya, isitgich va boshqalar) va yuritmalarning kuch zanjirlari elektr tarmogidan ochirilishi shart. - ochirgich baklari va havo yuboruvchi quvurlardagi zadvijkalar yopilishi va ulardagi havo atmosferaga chiqarib yuborilishi, bunda havo chiqaruvchi probkalar (klapanlar) ochiq holda qoldirilishi shart. - ochirgichlarni elektr tarmogiga ulovchi yuki yoki ulovchi prujinalar ishsiz holatga keltirilishi shart. - uzoqdan boshqariladigan kommugatsion apparatlarning kalitlariga «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!», yopilgan zadvijkalarga esa «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osib qoyilishi shart. Kommutatsion apparatlarni sozlash va tartibga solish mobaynida sinab korish uchun privodlarning yordamchi kuch zanjirlarini vaqtinchalik ulash, shuningdek ochirgichga va yuritmasiga havo yuborishga ruxsat beriladi. Bunda «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!» va «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar olib qoyiladi. Kommutatsion apparatlarni sinab korish uchun uzoqdan boshqarib yoqish va ochirishni navbatchi xodim ruxsati bilan sozlash va tartibga solishni bajaruvchi ishchi amalga oshirishi mumkin. Mahalliy navbatchisi bolmagan elektr uskunalarida bunday ruxsatnoma talab qilinmaydi. Kommutatsion apparatlarning ishlashi sinab korilgandan keyin, navbatchi yoki ishboshchi tarafidan ishni davom ettirish zarur bolsa (apparatni uzoqdan boshqarib ochirib yoqqan shaxslar uchun) 10.1.-banddagi talablar bajarilishi shart. Ishchi bosim ostida bolgan havo ochirgichlarga faqat sinash va sozlash ishlari bajarilayotganda (dempferlar ishlashini tartibga solish, tebranish grafigini olish, olchov asboblarining simlarini ulash yoki boshatib ajratish, havo siljiyotgan joyni aniqlash va shunga oxshash ishlar uchun) kotarilishga ruxsat etiladi. Ishchi bosim ostida turgan va havo bilan toldiriladigan uzgichli ochirilgan havo ochirgichlariga kotarilish man qilinadi. Havo ochirgichlarini nam otkazmaslik qobiliyatini (zichligini) tekshirish, kam bosim ostida, zavod (korxona) yoriqnomasiga muvofiq bajarilishi zarur. Sinash va sozlash uchun havo ochirgichlariga kotarilishdan oldin: - boshqaruv zanjirlarini ochirish; - mahalliy boshqaruv tugmachasi va ishga tushirish klapanlari blokirovka qilinishi (masalan, havo otkazuvchi trubkalarni uzish, shkaflarni yopish va shunga oxshash) yoki ishboshchi korsatmasiga asosan ochirgich bilan ochirish-yoqishni bajaradigan aniq bir ishchini ochirgichda ishlashiga ijozat beruvchi yoriqnoma olgan brigada azosini ochirgich oldiga qoyish zarur. Bosim ostida bolgan havo ochirgichlarida odamlar bolgan paytda boshqarish va taqsimlovchi shkaflarda hamma ishlar toxtatilishi shart. Ochirgichlarni tekshirish, sozlash va sinash paytida ochirish va yoqish vaqtida xodimlarni havo ochirgichlari yaqinida turishlari man qilinadi. Sinash va sozlash ishlarini bajaruvchi ishboshchi (yoki u tomonidan tayinlangan brigada azosi) havo ochirgichini ulash va ochirish uchun ogzaki buyruqni, brigada azolari ochirgich oldidan pana joyga yoki xavfsiz masofaga chiqarilgandan keyingina, berishi shart. Xodimlarni havo yiguvchi idishlar ichiga tushib bajarishi bilan bogliq ishlarga ijozat berishda, quyidagilarga rioya qilish zarur: - havo yuborilishi mumkin bolgan quvurlarning zadvijkalari yopilib, kalit bilan qulflanishi va zadvijkalarga «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osilishi kerak; - havo yiguvchi idish ichidagi bosim ostida bolgan havoni tashqariga chiqarilib, havo chiqaruvchi probkalar (klapanlar) ochiq holda qoldirilishi shart; - havo yiguvchi idishdan havo yuboruvchi quvur ajratilishi va unga qopqoq (zaglushka) qoyilishi shart. Havo yiguvchi idishlar va ochirgich baklaridagi bosimni olchovchi manometrlarning nol korsatishi, ulardagi havo bosim ostida emasligini bildirmaydi. Baklar va havo yiguvchi idishlarni ichiga tushish uchun moljallangan teshik qopqogidagi gayka va boltlarini boshatib ochishdan oldin undagi bosim ostida bolgan havoni havo chiqaruvchi probkalar (klapanlar) yoki zadvijkalar ochiqligiga va haqiqatan ham havo yoq ekanligiga qarab ishonch hosil qilish zarur. Sigimga tushish uchun moljallangan qopqoqni gayka va boltlari burab mahkamlangandan keyingina, havo chiqarish probkalarini (klapanlarni) yoki zadvijkalarni berkitish mumkin. Komplekt taqsimlovchi uskunalarni shkaflari bolinmasida ishlanganda, uskunalar joylashtirilgan aravacha tashqariga tortib chiqarilib, kuchlanish ostida qolgan tok otkazuvchi qismlar bolinmasidagi temir tosiq berkitilib qulflanishi va «Toxta! Kuchlanish!» degan shior osilishi zarur. Ishlashga moljallangan bolinmaga esa «SHu erda shlang!» degan shior osiladi. Komplekt taqsimlovchi uskunalarni tashqarisida, ammo unga ulangan uskunalarda yoki undan chiqadigan havo va kabel tarmogida ishlanganda ochirgich joylashtirilgan aravacha shkafdan tashqariga tortib chiqarilishi, shkaf ichidagi temir tosiq yoki shkaf eshikchasi berkitilib, qulflanishi va unga «Ulanmasin! odamlar ishlamoqda!» yoki «Ulanmasin! Tarmoqda ish ketmoqda!» degan shior osilishi keraq Bunda quyidagilarga ruxsat beriladi: - erga ulagich pichoqlari bilan ochirgich joylashtirilgan aravacha orasida blokirovka bolsa, aravachani kontrol (nazorat) holatiga keltirish erga ulagich pichoqlari ulanganidan song bajariladi; - komplekt taqsimlovchi uskuna shkaflarida bunday blokirovka yoki erga ulagich pichoqlari bolmasa aravachani kontrol (nazorat) holati bilan shkafdan chiqarilgan holatdagi oraliqqa ornatish, shkaf qulflanishi sharti bilan bajariladi. Ushbu shkafga ulangan tarmoqda erga ulagich bor yoki yoqligidan qatiy nazar aravacha oraliq holatda ornatilishi mumkin. Elektr uzatish tarmogida ishlash zarur bolsa, komplekt taqsimlovchi uskunaning shkafiga ornatiladigan erga ulagichni ulashda 5.6.1.-band talablarini hisobga olish zarur. Komplekt taqsimlovchi uskunalarda ochirgichlar ornatilgan aravachani sinashga, boshqaruv va rele himoyasi zanjirlarida ish olib borish uchun kontrol (nazorat) holatiga, komplekt taqsimlovchi uskunalardan tashqaridagi elektr uzatish tarmoqlari va kabel tarmoqlarda yoki unga ulangan uskunalarda, elektrodvigatellar orqali ulangan mexanizmlarda ish bajarilmaydigan yoki komplekt taqsimlovchi uskuna shkafi ichida erga ulagich ornatilgan taqdirda qoyish mumkin. Download 91.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling