Maruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish
Download 91.58 Kb.
|
5-6-7-8
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUCHLANISH YOQLIGINI TEKSHIRISH ISH RAXBARI TAYINLASH
- FARMOYISH BOYICHA ISH BAJARISH
5-maruza ISH JOYINI TAYORLASHGA VA ISHLASHGA IJOZAT BERISHGA RUXSAT ETISH. REJA:
ISH RAXBARI TAYINLASH FARMOYISH BOYICHA ISH BAJARISH NARYAD BOYICHA KOPZANJIRLI XAVO ELEKTR UZATISH TARMOQLARIDA BAJARILADIGAN ISHLAR KUCHLANISH YOQLIGINI TEKSHIRISH ISH RAXBARI TAYINLASH 1000 V kuchlanishdan yuqori bolgan xavo elektr uzatish tarmoqlarida quyidagi ishlarni bajarishda ish raxbari tayinlanadi: - xavo elektr tarmoqlarining qoriq maydonlarida yuk kotarish mashinalari va mexanizmlarni qollab ishlanganda; - xamma turdagi ustunlarni olib tashlashda va ornatishda; - xavo elektr uzatish tarmoqlarining transport magistrallari va boshqa xavo elektr uzatish tarmoqlari bilan kesishgan joylaridagi ishlarda; - yangi qurilgan xavo elektr tarmoqlarini elektr tizmasiga ulashda; - simlar va trosslarni ulash sxemalarini ozgartirishda; - kopzanjirli xavo elektr uzatish tarmoqlarida, agar uning bir zanjiri ikkinchisiga ustma-ust joylashgan bolsa, yoki zanjirlar soni ikkitadan kop bolgan va ularning biri yoki barcha qolganlari kuchlanish ostida qolsa, uning ochirilgan zanjirida ishlashda; - xavo elektr uzatish tarmogini aloxida fazalarida ishlashda; - kuchlanish tasiri ostida bolgan elektr uzatish tarmoqlarida ishlashda; - odamni erdan izolyasiya qilib elektr tarmoqlarining tok otkazuvchi qismida kuchlanish ostida ishlashda; YUqorida qayd qilingan ishlardan tashqari boshqa ishlarga xam naryad beruvchiga ish raxbari tayinlash ruxsat beriladi. FARMOYISH BOYICHA ISH BAJARISH Xavo elektr uzatish tarmoqlarining tok otkazmaydigan qismlarida elektr tarmogidan kuchlanishni olmasdan turib quyidagi ishlarni farmoyish bilan bajarish mumkin: - erdan odam oyogigacha xisoblaganda 3 m yuqorigacha kotarilib bajariladigan ishlar; - ustunlarning konstruktiv qismlarini buzmasdan bajariladigan ishlar; - ustunlar tagini 0,5 metrgacha chuqurlikla qazish ishlari; - xavo elektr uzatish tarmoqlari trassalarini daraxtlar va shox-shabbalardan tozalash ishlari (bunda kesilgan daraxtlar simga aganab tushmasligiga, shox-shabbalar kesilganda odamlarni simlarga yaqin kelib qolmasligiga va ularni simlar ustiga tushmasligiga qarshi koriladigan choralarini bajarish talab qilinmagan xollarda). Elektr xavfsizligi boyicha II gruppaga ega bolgan ishchiga xavo elektr uzatish tarmogida farmoyish bilan quyidagi ishlarni bajarishga ijozat beriladi: - ob-xavo yaxshi paytda va yaxshi yol sharoiti bor joylardagi xavo elektr uzatish tarmogini korib chiqish; - ustunlardagi doimiy belgilarni va yozuvlarni tiklash; - burchak olchash asboblari yordamida xavo elektr tarmoqlarini ergacha bolgan balandligini olchash; - ustunlar atrofini ot-olanlar va shox-shabbalardan yongin chiqmasligi uchun tozalash; Ustunlardagi bandajlarni boyash. Download 91.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling