Asosiy himoya vositalari:
1000 V gacha kuchlanishda: dielektrik qo`lqop, izolyatsiyalovchi shtanga, izolyatsiyalovchi va elektr o`lchash kleshlari, slesarlik ta'mirlash instrumentlari va kuchlanish kursatgichlar;
1000 V dan yuqori kuchlanishda: izolyatsiyalovchi shtanga, izolyatsiyalovchi va elektr o`lchash kleshlari, kuchlanish kursatgichlar, shuningdek 1000 V dan yuqori kuchlavnishda ishlatiladigan ta'mirlash asboblari;
Qo`shimcha izolyatsiyalovchi himoya vositalari:
1000 gacha kuchlanishda: dielektrik kovush va dielektrik gilamcha, shuningdek izolyachiyalovchi podstavkalar;
1000 V dan yuqori kuchlanishda: dielektrik qo`lqoplar, boti vva dielektrik rezina gilamcha, shuningdek izolyatsiyalovchi podstavkalar;
To`suvchi himoya vositalari tok o`tkazuvchi qismlarga tasodifan yaqinlashishdan va tegib ketishdan saqlaydi, shuningdek kommutatsion apparatlarni adashib qo`shib yuborishdan ogohlantiradi.
To`suvchi himoya vositalariga : ko`chma to`siq va sim to`rlar, vaqtinchalik ko`chma yerga ulagichlar va ogohlantiruvchi plakatlar kiradi.
Saqlovchi himoya vositalari xizmat ko`rsatuvchi xodimlarni individual ravishda yorug`lik, issiqlik va mexanik ta'sirlardan, kuyishdan, elektromagnit maydon ta'siridan shuningdek balandlikdan yiqilib ketishdan saqlaydi.
Saqlovchi himoya vositalariga: himoya ko`zoynaklar, maxsus qo`lqoplar, himoya kaskalari, protivogazlar, montyorlik kamarlari, maxsus arqonlar, montyorlik kogtilar shuningdek ekranlovchi vositalar kiradi.
Himoya vositalarni ishlatishda ma'lum qoidalarga rioya qilish kerak.
Izolyatsiyalovchi shtangalar.
Shtangalar faqat yopiq taqsimlash qurilmalarida qo`llanilishi shart. Ochiq taqsimlash qurilmalarida esa faqat quruq havoda qo`llash, tuman, qor va yomg`irda ishlatish mumkin emas. Shuningdek shtangani faqat malakali xodim kuzatuvchi bilan birgalikda ishlatishi kerak. Tutqichni himoya to`sig`ini balandgi qismidan ushlamaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |