Ma’ruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish


Download 91.58 Kb.
bet13/18
Sana22.12.2022
Hajmi91.58 Kb.
#1043243
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
5-6-7-8

Nazorat savollari.

  1. Himoyalab o`chirish deganda nimani tushunasiz?

  2. Himoyalab o`chirish qurilmasining asosiy elementlari nimalardan iborat?

  3. Himoyalab o`chirish qurilmasining qo`llanilishi va unga qo`yilgan talablar nima?

  4. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan qurilmalar erlagichi qarshiligining ruxsat etilgan chegaraviy qiymati.

  5. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan qurilmalar erlagichi qarshiligining ruxsat etilgan chegaraviy qiymati.

  6. Havo liniyalari erlagichi qanday o‘rnatiladi?


8-MA’RUZA
ELEKTR HIMOYA VOSITALARINING TURLARI, ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA FOYDALANISH QOIDALARI


Reja

  1. Qoidalarning maqsadi va qo‘llanilishi.

  2. Himoya vositalaridan foydalanish tartibi. Umumiy nizomlar.

  3. Himoya vositalarini saqlash tartibi.

  4. Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish.

  5. Himoya vositalaridan foydalanishning umumiy qoidalari.

Tayanch iboralar: himoya vositasi, asosiy , qo`shimcha, qurilma , qisqa tutashuv, qo`llash, ko`rsatuvchi xodimlar, asosiy himoya vositalari, dielektrik qo`lqop, izolyatsiyalovchi shtanga, Qo`shimcha izolyatsiyalovchi himoya vositalar, To`suvchi himoya vositalari.


1. Qoidalarning maqsadi va qo‘llanilishi
Ushbu Qoidalar "o‘zbekenergo" Davlat aksionerlik kompaniyasi qaramog‘idagi barcha qurilish-montaj tashkilotlari, trestlar, zavodlar, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa korxona hamda tashkilotlar uchun taalluqlidir.
Ushbu Qoidalarni elektr uskunalarini ta’mirlovchi, foydalanuvchi, quruvchi va montaj qiluvchi muhandis-texnik xodimlar va ishchilar egallab turgan lavozimi yoki kasbi hajmida bilishlari shart.
Qoidalarda himoya vositalarining tasniflari, ularga qo‘yiladigan talablar bayon qilingan, foydalanish usullari va sinov me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan.
Mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydigan himoya vositalarini ishlatish man qilinadi.
Himoya vositalari, ularni amalga tadbiq Qilish harakteriga qarab ikki turga bo‘linadi: kollektiv himoya vositalari, shaxsiy himoya vositalari (GOST 12. 4. 011-75).
Elektr uskunalari konstruksiyalarining himoya vositasi funksiyasini bajaruvchi (muntazam to‘siqlar, statsionar erga ulagich pichoqlar va hokazolar) qismlari himoya vositalari tushunchasiga kirmaydi.
Elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- izolyasiyalovchi shtangalar (operativ, o‘lchov, erga ulagichni o‘rnatish uchun), izolyasiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash operatsiyalari uchun), kuchlanish ko‘rsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichi va hokazolar;
- 1000 V dan yuqori kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun ishlatiladigan izolyasiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish ostidagi elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan izolyasiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari;
- dielektrik qo‘lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolyasiyalovchi qoplamalar va izolyasiyalovchi tagliklar;
- shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
- ko‘chma erga ulagichlar;
- to‘siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar;
- xavfsizlik plakatlari va belgilari.
YUqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr uskunalarida ish olib borilganda himoya ko‘zoynagi va kaskalar, protivogazlar, qo‘lqoplar, montyorning himoya belbog‘lari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash mumkin.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- izolyasiyalovchi shtangalar, izolyasiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar, kuchlanishni ko‘rsatgichlar, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi kuchlanish ko‘rsatgichlari;
- elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turib ta’mirlash ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan izolyasiyalovchi qurilma va asbob-uskunalar (izolyasiyalovchi narvonlar, havozalar, bevosita simlarga tegib turadigan izolyasiyalovchi tortqilar, arqonlar, teleskopik minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma minoralar va hokazolar).
Asosiy himoya vositalarining izolyasiyalovchi qismi dielektrik xususiyati chidamli bo‘lgan materiallardan (chinni, qog‘ozbakilet quvurlari, ebanit, getinaks, yog‘och qatlamli plastiklar, plastik va shisha epoksid materiallar va hokazolardan) tayyorlanishi zarur.
o‘ziga nam tortuvchi materiallar (qog‘ozbakelit quvurlar, yog‘och va boshqalar) namga chidamli lak bilan qoplangan va bu materiallar yorilmagan, darz ketmagan, tekis yuzali va tirnalmagan bo‘lishi kerak.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida qo‘llaniladigan qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- dielektrik qo‘lqoplar;
- dielektrik etiklar;
- dielektrik gilamchalar;
- shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
- izolyasiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
- dielektrik qalpoqlar;
- ko‘chma erga ulagichlar;
- to‘siq qurilmalari;
- xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan asosiy elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- izolyasiyalovchi shtangalar;
- izolyasiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar;
- kuchlanish ko‘rsatgichlari;
- dielektrik qo‘lqoplar;
- izolyasiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- dielektrik kalishlar;
- dielektrik gilamchalar;
- ko‘chma erga ulagichlar;
- izolyasiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
- to‘siq qurilmalari;
- xavfsizlik plakatlari va belgilari.
Elektr uskunalarini operativ holda almashlab ulashlarda va boshqa ishlarni bajarish uchun zarur himoya vositalarini tanlab olish mazkur Qoidalar asosida, «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari», «Sanoat chastotasida ishlayotgan o‘zgaruvchan tokli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiyalarida ish bajarish jarayonida mehnatni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalari" hamda boshqa tegishli me’yoriy texnik hujjatlar bilan, shuningdek, mazkur hujjatlarda talab etilganidek mahalliy sharoitga qarab aniqlanadi.
Asosiy himoya vositalaridan foydalanilganda qo‘shimcha himoya vositalarining birini ishlatish kifoyadir, bundan faqat elektr uskunalari tokidan shikastlangan odamlarni qutqarish holati mustasnodir. Bunday hollarda qadam kuchlanishdan saqlanish uchun shuningdek, dielektrik etik yoki kalish ham ishlatiladi.
Himoya vositalari elektr uskunalari ishchi kuchlanishning1 (Bu erda va bundan kyoyin kuchlanish deganda himoya vositalari uchun mo‘ljallangan kuchlanish sinfi tushuniladi.) eng yuqori qiymatida ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur (GOST 1516.1-76 va 20690-75).
Elektr qurilmalarga xizmat ko`rsatishda xizmat ko`rsatuvchi xodimlarni xavfsizligini taminlash maqsadida turli xil elektr himoya vositalari qo`llanadi. Ushbu himoya vositalari elektr tokidan jarohatlanishdan, elektr yoyi ta'siridan, elektr maydon ta'siridan, kuyishdan, balandlikdan yiqilishdan himoya qiladi.
Elektr himoya vositalari shartli ravishda 3 turga bo`linadi: izolyatsiyalovchi, to`suvchi va saqlovchi.
Izolyatsiyalovchi himoya vositalari insonni tok o`tkazuvchi qismlardan, yerga ulangan qismlardan va yerdan izolyatsiyalaydi. Bu himoya vositalar 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishda asosiy va qo`shimcha turlarga bo`linadi.

Download 91.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling