Himoya vositalaridan foydalanishning umumiy koidalari
Malum kuchlanishga moljallangan elektr himoya vositalaridan kuchlanishi ushbu miqdordan katta bolmagan elektr uskunalaridagina belgilangan maqsadda foydalanish lozim.
Asosiy elektr himoya vositalari yopiq xonalarda ornatilgan elektr uskunalarida qollash uchun moljallangan, ochiq elektr uskunalari va havo elektr uzatish tarmoqlarida esa faqat quruq havo sharoitlarida ishlatishga moljallangan. Ochiq havodagi namgarchilik paytlarida ushbu sharoitlarga moljallangan himoya vositalaridan foydalanish lozim.
Himoya vositalarini tayyorlash, sinash va ishlatish faqat belgilangan davlat standartlari, texnik shartlar va yoriqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Himoya vositalarini ishlatishdan oldin, ishchi ushbu himoya vositalarini ishga yaroqliligi, tashqi tomonida shikastlangan joyi yoqligi, changdan tozalab artilgan holda, unga bosilgan shtampga asosan, yaroqlilik muddatini tekshirishi lozim. Dielektrik qolqoplar ishlatishdan oldin ularni barmoqlari tomon burab, teshigi bor-yoqligini tekshirib olish zarur. Ishga yaroqlilik muddati otib ketgan himoya vositalaridan foydalanish man qilinadi.
OZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
Do'stlaringiz bilan baham: |