Maruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish
Download 91.58 Kb.
|
5-6-7-8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Himoya vositalaridan foydalanish tartibi. Umumiy nizomlar
Kuchlanish ko`rsatkich.
Kuchlanish ko`rsatkichlar 1000 V gacha kuchlanishda himoya vositasisiz ishlatilishi mumkin. Kuchlanishni tekshirish uchun kontrol lampadan foydalanish mumkin emas. Slesarlik ta'mirlash instrumentlari. Izolyatsiya tutqichli slesarlik ta'mirlash instrumentlarini ishlatishda xizmat ko`rsatuvchi xodim yerdan izolyatsiyalangan bo`lishi kerak. Ishlatishdan oldin barcha instrumentlar ko`zdan kechirilishi kerak. Rezinali dielektrik himoya vositalari . Bu vositalar ishlatishdan oldin har safar ko`zdan kechirish kerak. Yirtilgan yoki teshilgan ximoya vositasini ishlatish mumkin emas. Ularni qorong`i va quruq joyda saqlash kerak. Himoya vositalaridan foydalanish tartibi. Umumiy nizomlar Elektr uskunalariga xizmat korsatuvchi xodim xavfsiz ish bajarilishini taminlovchi barcha zarur himoya vositalari bilan taminlangan bolishi shart. Himoya vositalari inventar sifatida taqsimlovchi uskunalar, elektrostansiya sexlari, elektr tarmoqlarini taqsimlovchi punktlari va transformator podstansiyalarida saqlanishi yoki tezkor harakatdagi brigada, markazlashgan tamirlash brigadasi, kochma laboratoriya va hokazolarning inventar mulkiga kiritilishi hamda shaxsiy foydalanish uchun berilishi mumkin. Inventar himoya vositalari ishlatishni tashkil qilish sistemasi, mahalliy sharoitlar va keltirilgan komplektlash meyorlari (6-ilova) asosida obektlar, tezkor chiqadigan brigadalar va boshqalar ortasida taqsimlanadi. Himoya vositalarining saqlanish joyini korsatgan holda ushbu taqsimlanish royxatlarda qayd etilgan bolishi va u korxona bosh muhandisi yoki tuman elektr tarmoqlari boshligi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Xodimlarni oz vaqtida himoya vositalari bilan taminlash va elektr uskunalarini meyorlariga muvofiq sinovdan otkazilgan himoya vositalari bilan komplektlash, ularni togri saqlashni tashkil kilish va zarur zaxirani hosil qilish, muntazam kuzatuv va sinovlarni oz vaqtida olib borish, yaroqsiz himoya vositalarini chiqarib tashlash hamda himoya vositalarini hisobga olishni tashkil qilish javobgarligi sex, xizmat joyi, podstansiya, elektr uzatish tarmoqlari uchastkasi boshligi va uchastka ustasi zimmasida boladi, umumiy korxona boyicha esa masuliyat bosh muhandisga yuklatiladi. Alohida elektr uskunalari uchun berilgan himoya vositalari yaroqsiz bolib qolganligi aniqlangan taqdirda, ushbu uskunani ishlatuvchi xodim himoya vositasini ishlatishdan darhol chikarib tashlashi, 1.2.3-bandda korsatilgan shaxslardan biriga malum qilishi va himoya vositalari qayd etiladigan jurnalga yoki operativ hujjatlarga yozib qoyishi zarur. Himoya vositalarini yakka ozi ishlatish uchun olgan shaxslar ushbu himoya vositalarini togri ishlatishga va oz vaqtida yaroqli-yaroqsizligini aniqlashga javob beradilar. Download 91.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling