Maruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish
NARYAD BOYICHA KOPZANJIRLI XAVO ELEKTR UZATISH
Download 91.58 Kb.
|
5-6-7-8
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ulamang! Odamlar ishlamoqda!»
- «Ochmang! Odamlar ishlamoqda!»
- «CHiqma! Oldiradi!»
NARYAD BOYICHA KOPZANJIRLI XAVO ELEKTR UZATISH
TARMOQLARIDA BAJARILADIGAN ISHLAR Xar bir xavo elektr uzatish tarmogiga, kop zanjirli elektr uzatish tarmoqning xar bir tarmogiga aloxida naryad beriladi. Bir necha xavo elektr uzatish tarmoqlariga (zanjirlariga) quyidagi xollarda bitta naryad beriladi: barcha zanjirlardagi kuchlanish olib tashlanganda yoki kopzanjirli xavo elektr uzatish tarmoqning biror-bir zanjiridan kuchlanish olinmaganda kuchlanish ostida bajariladigan ishlarga: Xavo elektr uzatish tarmoqlarini bir-biri bilan kesishgan joylarda bajariladigan ishlarga; transformator punktlari yoki komplekt transformator punktlari ochirib qoyilgan joydan chiqqan 1000 V kuchlanishgacha bolgan elektr uzatish tarmoqlarida navbatma-navbat bajariladigan ishlarga; bir nechta elektr uzatish tarmoqlarining tok otkazmaydigan qismlaridagi kuchlanishni olmasdan turib bir turdagi bajariladigan ishlarga. Naryadda tamirlanayotgan elektr uzatish tarmogini qaysi elektr uzatish tarmogi kesib otgan bolsa, uni ochirish va erga ulash kerakligi korsatilishi shart (erga ulagichlarni ish joyi yaqiniga xamda 5.6.1.-bandda korsatilgan joylarga qoyish sharti bilan). Xuddi shunday korsatma agar ish sharoiti tamirlanayotgan elektr uzatish tarmogi yaqinidan otgan elektr uzatish tarmogini ochirish talab qilinadigan bolsa u xaqda xam xuddi shunday korsatma naryadda qayd qilinishi kerak. Bunda tamirlanayotgan elektr uzatish tarmogini kesib otgan yoki yaqinidan ottan elektr uzatish tarmogini erga ulash, brigadani ishlashiga ijozat berishdan oldin bajarilishi kerak. Ushbu elektr uzatish tarmoqlaridan erga ulagichni ish tola tamomlanmaguncha olish man qilinadi. Xavo elektr uzatish tarmoqlarini aloxida fazalarida bajariladigan ishlarga naryad ushbu elektr uzatish tarmogining faqat bir transpozitsiya raqami oraligida berilishi mumkin. Ikkita anker ustuni oraligi 2 kilometrdan oshiq bolsa simlar va trosslarni osish va almashtirishdan boshqa ishlarda ochirilgan tarmoqlarda brigada azolarini 2 kilometrdan kop bolmagan uchastkada taqsimlanishiga ijozat beriladi. Bunday paytda bir brigada uchastkasining uzunligini naryad beruvchi belgilaydi. Agar brigada kuchlanish ostidagi elektr uzatish tarmogini tok otkazuvchi qismida ish bajaradigan bolsa, u bir ustunda (2 ustun oraligida) yoki ikki yonma-yon turgan ustunda turishi keraq Agar brigada bir naryad bilan xar xil uchastkalarda, xavo elektr uzatish tarmogi ustunlarida ish olib borsa, brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga otkazish naryadning 3-jadvalida rasmiylashtirilmaydi. YOqilishi bilan ish joyiga kuchlanish berilishi mumkin bolgan ajratgich, uzgich va quvvat ochirgichlarining yuritmalariga, uzoqdan boshqaruvchi knopkalar va kalitlarni, 1000 V kuchlanishgacha bolgan kommutatsion apparatlarga (avtomatlar, rubilniklar, ochirgichlarga) «Ulamang! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osib qoyilishi zarur. 1000 V kuchlanishgacha bolgan avtomat, rubilnigi va ochirgichi bolmagan ulamalarda shiorlar saqlagichlar olib qoyilgan joylarga osiladi. Izolyasion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarda shiorlar tosiqlarga, bir kutbli ajratgichlarda esa shiorlar xar bir ajratgichning yuritmasiga osiladi. Komplekt taqsimlovchi elektr uskunalarda shiorlar 10.9., 10.10.-bandlarga mos ravishda osiladi. Ajratgichlarning pnevmatik yuritmalariga xavo ochadigan zadvijkalariga «Ochmang! Odamlar ishlamoqda!» degan shior osiladi. Kabel va xavo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarish uchun ochirilgan ajratgichlarning yuritmalariga ishlayotgan brigadalarni sonidan qatiy nazar bitta «Ulamang! Odamlar ishlamoqda!» degan shior osiladi. Bu shior ish joyini tayyorlashga farmoyish beruvchi va tarmoqda ishlayotgan brigadalarni xisobga olib turuvchi xodimning korsatmasi boyicha osiladi va echib olinadi. Kuchlanish ostida qolgan tok otkazuvchi qismlarga qoyish uchun vaqtinchalik tosiqlar yogochdan yoki boshqa izolyasion materiallardan yasalgan shchit, shirma, ekran va boshqalar ishlatilishi mumkin. Kuchlanishni olmasdan turib qoyiladigan vaqtinchalik tosiqlardan tok otkazuvchi qismgacha bolgan masofa 3.1.-jadvalida korsatilgan masofadan kam bolmasligi kerak. 6-10 kV kuchlanishli elektr uskunalarida kerak bolib qolgan xollarda bu masofa 0,35 metrgacha kamaytirilishi mumkin. Vaqtinchalik tosiqlarga «Toxta! Kuchlanish!» degan yozuv yozib qoyilgan yoki kerakli xavfsizlik shiorlari maxkamlangan bolishi zarur. 6-15 kV kuchlanishli elektr uskunalarida tok otkazuvchi qismlarni shchitlar bilan tosishni iloji bolmagan xollarda ochirilgan va kuchlanish ostida qolgan qismlar orasiga (masalan, ochirilgan ajratgichning kontaktlari orasiga) izolyasion qoplagich qoyishga ruxsat beriladi. Bu izolyasion qoplagich kuchlanish ostidagi tok otkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin. Izolyasion qoplagichni qoyish va olishni elektr xavfsizligi boyicha IV va III gruppaga (ulardan biri navbatchi yoki tezkor-tamirlash xodimi) ega bolgan ikki kishi dielektrik qolqop va izolyasion shtanga yoki maxsus ombir yordamida bajarilishi zarur. Ish joyi bilan chegaradosh xujra, shkaf va panellarning tosiqlariga «Toxta! Kuchlanish!» degan shior osib qoyish zarur. Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarida fundamentlarga va aloxida konstruksiyalarga ornatilgan jixozlarda erda turib va jixozlarning ozida ish bajarilganda, ish joyi osimlik yoki sintetik tolalardan qilingan mustaxkam ip yoki shnurlar bilan orasida otish uchun ochiq joy qoldirilib tosilgan bolishi, tosilgan maydon ichiga qaratib tosiqlarga «Toxta! Kuchlanish!» degan shiorlar osilishi zarur. Arqonlarni boglash uchun moljallangan maydondan tashqaridagi, ularning oralgan maydondan tashqarida qolish sharti bilan, qurilmalardan foydalanishga ruxsat etiladi. Elektr uzatish tarmoq ajratkichidan tashqari ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarining barcha uskunalaridan kuchlanish olinganda, ajratgich ornatilgan qurilmalar arqon bilan tosilib tashqari tarafdan «Toxta! Kuchlanish!» degan shior osilishi zarur. Farmoyish bilan ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarining ikkilamchi zanjirlarida bajariladigan ishlarda tosiqlar qoyish talab qilinmaydi. Xavo va kabel elektr tarmoqlaridan tashqari, elektr uskunalarida ish bajarish uchun tayyorlangan ish joylariga «SHu erda ishlang!» degan shior osilishi zarur. Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarini qurilmalarida ish joyiga otish mumkin bolgan ish joyiga chegaradosh kuchlanish ostida bolgan uchastkalardagi konstruksiyalarga kozga yaqqol korinadigan «Toxta! Kuchlanish!» degan shior osib qoyilishi zarur. Bu shiorlarni ishlashga ijozat beruvchi raxbarligida elektr xavfsizligi boyicha III gruppaga ega bolgan tamirlash xodimi qoyishi mumkin. YUqoriga chiqishga ruxsat etilgan konstruksiyalar yonidagi boshqa barcha konstruksiyalarning pastiga «CHiqma! Oldiradi!» degan shior osiladi. Ish bajarish uchun yuqoriga chiqishga ruxsat berilgan doimiy qurilma va narvonlarga «SHu erdan chiq!» degan shior osilishi zarur. Ish xajmi toliq tamom bolmaguncha ish joyi tayyorlash paytida qoyilgan tosiqlar va shiorlarni olib tashlash yoki boshqa erga kochirish man qilinadi. Download 91.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling