«тикувчилик ишлаб чи+ариш» йыналиши быйича ы+ув амалиёти +ылланмаси


Download 168 Kb.
bet1/7
Sana03.02.2023
Hajmi168 Kb.
#1152509
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Т - 4. Qol choklari atamalari


«Tikuvchilik ishlab chiqarish» tayyorlov yo’nalishi bo’yicha
o’quv amaliyoti qo’llanmasi
I. MODUL RAQAMI: T.4.


II. MAVZU: «Qo’l choklari atamalari. Qo’lda bajariladigan ishlarga qo’yiladigan texnik shartlar».


III. MAQSAD: Qo’l choklari atamalarini o’zlashtirish. Qo’lda bajariladigan ishlarning texnik shartlariga rioya qilish.


IV. O’QUV SOATLARI: 6 soat. (240 daqiqa).


V. MODULNI O’RGANISh JARAYoNIDA EGALLANADIGAN AMALIY
KO’NIKMALAR:

  • Detalning yon qirqimlari va yelkasini sirmalash;

  • Cho’ntak qopqoqni old bo’lakka ko’klab ulash;

  • Ustki yoqani osti yoqaga bostirib ko’klash;

  • Yengni yeng o’miziga ko’klab o’tkazish;

  • Cho’ntak qopqoq ziylarini ko’klash;

  • Ko’ylak etagini bukib ko’klash;

  • Petlyani yo’rmash;

  • Tugma qadash. Ilgak tikish.



VI. MODULNI O’RGANISh DAVOMIDA ShAKLLANADIGAN NAZARIY
BILIMLAR;

  • Sirmalash usullari;

  • Ko’klab ulash tartibi;

  • Bostirib ko’klash usuli;

  • Ko’klab o’tkazish usuli;

  • Ziy ko’klash usuli;

  • Bukib ko’klash usuli;

  • Bukib tikish usuli;

  • Yo’rmash usuli;

  • Qadash, chatish tartibi.

VII. MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR

Ma’lumki tikuvchilik sanoatida har xil qo’l ishlari bajariladi. Qo’l ishlari atamasi ishning xarakterlari nimadan iborat ekanligi va qaerda qo’llanishi haqida ma’lumot beradi.


Qo’l ishlari atamalari quyidagilar: sirmalash, ko’klab ulash, bostirib ko’klash, bukib tikish, yo’rmalash, qadash va chatishdir.
Qo’lda bajariladigan ishlarga quyidagi texnik talablar qo’yiladi.

  • bort yoki burchaklari ag’darma choklarining bezak baxyaqatorlar chiziqlarini yordamchi andazalar bilan belgilaganda, belgi chiziqlar yo’g’onligi 0,1 sm. dan oshmasligi lozim;

  • Detallarni bir-biriga vaqtincha qaviqqator bilan ko’klashda ipning rangi asosiy detal rangidan ancha farq qilishi kerak;

  • qaviq yirikligi va qaviqqator zichligi qalin-yupqaligiga va shu qaviqqa qo’yilgan talablarga bog’liq bo’ladi;

  • ipning uchi qaviqqator boshida tugilib, oxirida bir joyning o’ziga ikki-uchta qaviq solib puxtalanadi;

  • doimiy qaviq va qaviqqatorlar uchun ishlatiladigan ipning rangi asosiy gazlama rangiga mos bo’lishi kerak;

  • qalinligi har xil gazlamadan bichilgan detallarni ulashda yupqa gazlamadan bichilgan detalni ust tomonga qo’yish kerak;

  • kertmalarning uchi detallarning qirqilgan chiziqlarining uchlari baxyaqator yo’liga 0,1-0,15 sm. yetmasligi kerak;

  • belgi chiziqni iz tushirgich bilan ko’chirganda uning g’ildirakchasi chiziq qalinligining o’rtasidan yuritilishi lozim;

  • ko’klash operatsiyasini osonlashtirish va tezlashtirish hamda sifatini yaxshilash uchun detallar oldini to’g’nog’ichlar bilan to’g’nab olinadi.

  • Ko’klash qaviqqatorlarining keyingi tikish paytida mashina bahyaqatori tagida qolmasligi uchun hamma ko’klash iplari bo’r bilan belgilangan chiziqdan detalning qirqimi tomonga 0,1-0,15 sm. yaqinlashtirib bajariladi;

  • Detallarni vaqtincha ko’klab qo’yilgan iplarini so’kib tashlash uchun qaviqqatorni har 10-15 sm. oraliqda qaychi bilan qirqib, so’ngra iplar uchidan tortib olinadi;

  • Ignalarning nomeri gazlama qalinligiga va bajariladigan operatsiyaning xarakteriga mos bo’lishi kerak;

  • Ipak ip bilan bajariladigan bezak qaviqqatorlarning (izma yo’rmalash, puxtalash) uchlari teskari tomondan uch-to’rt qaytma qaviq bilan puxtalab qo’yiladi;

  • Gazlamada igna hosil qilgan qo’shni teshiklar orasida iplar chalishuvining bitta tugallangan tsikli qo’lda bajarilgan bo’lsa, qaviq deyiladi. Ketma-ket takrorlangan qaviqlardan qaviqqator hosil bo’ladi;

  • qaviq va qaviqqatorlarni qo’lda bajarishda diametri 0,6-1,8 mm., uzunligi 30-75 mm. Bo’lgan 1-12 nomerli ignalardan foydalaniladi. Qaviq solishning 2 usuli mavjud:




  1. Igna materialning 1 tomonidan sanchilib, shu tomondan chiqariladi.

  2. Bir tomondan sanchilib, boshqa tomondan chiqariladi.


Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling