Ustki yoqani ostki yoqaga, adipni old bo’lak bortiga bostirib ko’klash. |
|
Ikki detalni bir-birining ustiga qo’yib, vaqtincha qaviqqator bilan biriktirish.
|
4. Ko’klab o’tkazish.
|
Yengni yeng o’miziga ko’klab o’tqazish, yoqani yoqa o’miziga ko’klab o’tqazish.
|
|
Ikki detalni oval kontur bo’ylab bir-biriga vaqtincha qaviqlar bilan ulash.
|
5. Ziy ko’klash.
|
Ag’darma chok bilan tikib ag’darilgan yoqa, cho’ntak qopqoq, bort va hokazolrning ziylarini ko’klash.
|
|
Tikib ag’darilgan detal chetlaridan kant hosil qilib, vaqtincha qaviqqatorlar bilan mahkamlash.
|
6. Bukib ko’klash.
|
Yeng uchini, ko’ylak etagini, qoplama cho’ntak chetlarini bukib ko’klash.
|
|
Detal chetlarini bukib, vaqtincha sirma qaviq bilan mahkamlash.
|
7. Bukib tikish.
|
Ko’ylak etagini, yeng uchini, qoplama cho’ntak yuqori chetini bukib tikish.
|
|
Biror detalni bukib, shu detalga yoki bir detalni bukib, ikkinchi detalga doimiy qaviq qator bilan mahkamlash.
|
8. Yo’rmalash.
|
Astarsiz kiyim qirqimlarini petlalarni yo’rmalash.
|
|
Detal qirqimlarini titilishdan saqlash uchun qaviqlar bilan mahkamlash.
|
9. Qadash.
|
Ko’ylak, kostyum va hokazolarga tugma qadash.
|
|
Asosiy detalga furniturani doimiy qaviq bilan mahkamlash.
|
10. Chatish.
|
Asosiy detalga temir ilgak, petla, kiyim bezaklarini chatish va h.k.
|
|
Bir detalni ikkinchisiga va ayrim elementlarni doimiy qaviq bilan mahkamlash.
|