XI. O’QUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH UCHUN NAMUNAVIY
TEST SAVOLLARI
Kertmalarning uchi detallarning qirqilgan chiziqlarining uchlari, bahyaqator yo’liga necha sm. yetmasligi kerak?
A) 0,1-0,15;
B) 1-1,2;
C) 0,5-0,7;
D) 1-1,5;
E) 0,7–1.
Belgi chiziqlari iz tushirgich bilan ko’chirganda uning g’ildirakchasi chiziq qalinligining qaeridan yuritilishi zarur?
A) Chetidan;
B) Yarmidan;
C) O’rtasidan;
D) Teskarisidan;
E) Hamma javob to’g’ri.
Detallarni bir-biriga vaqtincha qaviqqator bilan ko’klashda ipning rangi qanday tanlanadi?
A) Asosiy detal bilan bir xil;
B) Asosiy detal rangiga qaralmaydi;
C) Asosiy detal rangidan ancha farq qiladi;
D) Hammasi to’g’ri.
Qaviq yirikligi va qaviqqator zichligi nimaga bog’liq bo’ladi?
A) Gazlama qalinligiga;
B) Qaviqqa qo’yilgan talabga;
C) Qaviq yirikligi va qaviq qator zichligi, gazlama qalin-yupqaligiga va shu qaviqqa qo’yilgan talablarga bog’liq bo’ladi;
D) Hammasi to’g’ri.
Ipning uchi qaviqqator boshida tugilsa oxirida nima qilinadi?
A) Tugiladi;
B) Uzunroq ip qoldiriladi;
C) Bir joyning o’zida 2-3 qaviq solib puxtalanadi;
D) hamma javob to’g’ri.
Doimiy qaviq va qaviqqatorlar uchun ipning rangi qanday tanlanadi?
A) Asosiy detalning rangiga mos;
B) Asosiy detalning rangiga qaralmaydi;
C) Ixtiyoriy;
D) Hamma javob to’g’ri.
Qalin va yupqa gazlamalardan bichilgan detallarning qaysi tomonidan tikiladi?
A) Qalin gazlama tomondan;
B) Yupqa gazlama tomonidan;
C) Ixtiyoriy tomonidan;
D) Hammasi to’g’ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |