Mavzu: Qo’lda bajariladigan ishlar uchun ish o’rnini tashkil etish. Qo’lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalar. Oddiy qaviqlarni tiklishi. O’qituvchi


Download 98.73 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi98.73 Kb.
#224235
Bog'liq
MAVZU 3

MAVZU: Murakkab qaviqlarning tikilishi. O’QITUVCHI:

O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

Sirdaryo tuman kasb – hunar maktabi

“Tikuvchilik ishlab chiqarish” yo`nalishi

Murakkab qaviqlarni tikilishi.

Reja:

  • Xalqa qaviq.
  • Puxtalama qaviq
  • Tugma qadash
  • Temir ilgak va knopkalar.

Qaviqlar va ularning turlari

  • Gazlamadagi iplar chalishuvining tugallangan tsikli baxya deyiladi. Qo’lda solingan baxya halq tilida qaviq deb yuritiladi. Bir necha ketma-ket takrorlangan baxyalardan baxyaqator, qaviqlardan esa qaviqqator hosil bo’ladi. Qaviqqatorlardan bo’lak chetigacha yoki qirqimigacha bo’lgan masofa chok kengligi deb ataladi. Qaviqlar tuzilish jihatdan oddiy va murakkab bo’ladi.
  • Qaviqlar tuzilish jihatdan oddiy va murakkab bo’ladi.

  • Oddiy qaviqlar:
  • To’g’ri sirma qaviq.
  • Qiya sirma qaviq.
  • Yo’rma qaviq.
  • Qiya biriktirma qaviq
  • Yashirin biriktirma qaviq.
  • Iroqisimon biriktirma qaviq.
  • Solqi qaviq.
  • Tepchima qaviq.
  • Yolg’on qaviq.
  • To’rsimon qaviq.
  • To’r qaviq.

Murakkab qaviqlar
  • Xalqa qaviq.
  • Puxtalama qaviq
  • Tugma qadash
  • Temir ilgak va knopkalar.

Xalqali qaviq

Izmalarni yo’rmalashda yoki titiladigan gazlamadan tikiladigan bo’laklar qirqimini yo’rmalashda, tugma taqish uchun mo’ljallangan ip izmalarni yo’rmalashda ishlatiladi.

Izmaning yo’rma xalqasi mustahkamroq bo’lishi va hosil bo’ladigan jim-jima bo’rtib turishi uchun ust kiyim petlasi bo’ylab gazlama qirqimidan 0,1-0,2 sm masofada ikki bo’klangan 10-20 nomerli ip yoki maxsus shnur qo’yib yo’rmalanadi. Xalqa qaviq hosil qilish uchun igna gazlama chetidan 0,3 sm beriroqqa sanchiladi, keyin igna ko’zi tomonidagi ipni igna uchiga chapdan o’ngga aylantirib tashlab, hosil bo’lgan xalqa bir maromda tortiladi.

Qaviqlar orasida ochiq joy qoldirmay, zich qilib yo’rmalanadi.

Xalqali qaviq


Qaviq zichligi 1 sm da 6-8 ta, karkasli petlalarda 1 sm da 12-15 ta, ipdan yasalgan petlalarda 1 sm 10-15 ta bo’ladi

Puxatalama qaviq

Cho’ntak og’zini, izma uchini, taxlama uchlarini va halqa joylarni puxtalashda ishlatiladi. Bu qaviqni bajarish uchun 2-3 to’g’ri qaviq tushiriladi, shu qaviqlar atrofidan qiya qaviq tushirib o’rab chiqiladi. Qaviq iplari bir-biriga juda yaqin joylashtiriladi. Ip uchini bo’lak teskari tomonidan o’tkazib, ikki-uch qaviq bilan puxtalab qo’yiladi



Puxatalama qaviq

Puxtalamaning uzunligi 0,5-1,5 sm o’ram qaviqlarning zichligi 10 mm da 7-10 ta.



Tugma qadash

Tugma gazlamaga tirgakli yoki tirgaksiz qilib qadaladi. Tugmani tirgakli qilib qadash gazlama bilan tugma orasida qaviq ishlaridan solqi iplar ustiga 4-5 marta ip o’rab tirgak hosil qilinadi. Ip uchini 2-3 qaviq bilan puxtalab qo’yiladi.

Tugmani gazlamaga qadab (tirgaksiz) qadashda qaviq iplari to’la tortilib qadaladi-da, ip uchlari 2-3 qaviq bilan puxtalanadi.

To’rt teshikli tugmani qadashda 6-8 qaviq bilan ikki teshikli tugmani esa 4-5 qaviq bilan qadaladi.

Tugma qadash


Tirgaksiz 2-3 qaviq 4 teshiklida 6-8 qaviq 2 teshiklida 4-5 qaviq temir ilgak petlya knopkalarda 3-4 qiya qaviq.

Temir ilgak, izma va knopkalar

Temir ilgak, petlya va knopkalar 3-4 joydan chatiladi, har bir ko’zi va bukilgan joyga 3-4 qiya qaviq solib chatiladi. Ommaviy kiyim tikishda ilgak va knopkalarni maxsus mashinalarda tikish mumkin.


petlya va knopkalar 3-4 joydan chatiladi, har bir ko’zi va bukilgan joyga 3-4 qiya qaviq solib chatiladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 98.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling