Maruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish
Download 91.58 Kb.
|
5-6-7-8
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Toxta! Kuchlanish!»
6-maruza
Elektr motorlari, KOMMUTATSION APPARATLAR VA KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI USKUNLLAR, XAMDA TOK TRANSFORMATORLARINING ELEKTR XAVFSIZLIGI. REJA: Elektr motorlari KOMMUTATSION APPARATLAR VA KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI USKUNLLAR. TOK TRANSFORMATORLARI. riladigan masalalar: Bazi elektr qurilmalarida ishlarni xavfsiz otkazish masalalarini korib chiqish. Elektrodvigatellar va uning harakatga keltiruvchi mexanizmlarining tok otkazuvchi va aylanayotgan qismlariga tegish bilan bogliq bolgan ishlar olib borilganda, elektrodvigateldan kuchlanish olib tashlanishi shart. Elektrodvigatellarni tok otkazuvchi qismlari va uning harakatga keltiruvchi mexanizmlariga va aylanayotgan qismlariga tegib ishlash kerak bolmagan barcha ishlarni dvigatel ishlab turgan paytida bajarish mumkin. Elektrodvigatelda ish olib borilganda erga ulagichni elektrodvigatelni taqsimlovchi uskuna (shchit) bilan boglovchi kabel elektr tarmogining istalgan qismiga qoyish mumkin. Mexanizmlarning aylanayotgan qismiga tegish darkor bolmagan ishlarni bajarishda va ulovchi muftani boshatib ajratish kerak bolgan taqdirda kabel elektr tarmogini erga ulash talab qilinmaydi. Agar ochirilgan elektrodvigateldagi ishlar bajarilmayotgan yoki bir necha kunga toxtatilgan bolsa, elektrodvigatelni elektr tarmogi bilan ulaydigan kabel elektr tarmogi elektrodvigatel tomonidan erga ulab qoyilishi shart. Kabelning kondalang kesimi kochma erga ulash uskunasini qollashga imkon bermasa, 1000 V kuchlanishgacha bolgan elektrodvigatellarda kabelning fazalari payining kondalang kesimidan kam bolmagan mis sim bilan yoki kabelni fazalari paylarini ozaro bir-biriga ulab ularni izolyasiyalash keraq Ushbu erga ulash yoki kabel fazasi paylarini bir-biriga ulash, tezkor-dispetcherlik jurnalida kochma erga ulagichlar singari hisobga olinishi shart. Nasoslar, tugun morilari va havo yuboruvchi uskunalar elektrodvigatellarida, agar ushbu uskunalarga ulangan mexanizmlar orqali elektrodvigatelni aylanib ketishi mumkin bolsa, elektrodvigatellarda ishlashga ijozat berishdan oldin ularning zadvijka va shiberlari yopilishi va qulflanishi, shuningdek elektrodvigatel rotorlarini tormozlash choralari korilishi shart. Ish olib borilayotgan elektrodvigatel yaqinida joylashgan bir xil turdagi yoki unga oxshash gabaritli elektrodvigatellarga, ishlab turishidan yoki zaxirada turganidan qatiy nazar «Toxta! Kuchlanish!» degan shiorlar osilishi shart. Elektrodvigatellar ishlab turgan paytida aylanayotgan qismlariga qoyilgan tosiqlarni olish man qilinadi. YUritmasi qoldan boshqariladigan yurgizish apparatlari bilan jihozlangan elektrodvigatellarni ulash yoki (yoqish) va ochirish dielektrik qolqopda bajarilishi zarur. Boshqaruv mexanizmlarining elektr yuritmalari shiber, zadvijka va boshqa qurilmalar bilan ulangan bolsa, zadvijkalarning elektr yuritmasini ishlash-ishlamasligini tekshirish, osha uskuna ornatilgan texnologik sexning smena boshligi ruxsati bilan maxsus brigada amalga oshirishi shart. Ruxsatnoma berilganligi togrisida texnologik sexning tezkorlik-jurnaliga, bu ruxsatni olganligi haqida esa ishlash-ishlamasligini tekshiruvchi sexning (bolimning) tezkorlik jurnaliga yozib qoyiladi. Boshqaruvchi mexanizmlar, tartibga soluvchi organlari va ochib-yopuvchi apparatlarga ulanmagan elektroprivodlarni, elektr yuritmalarning elektr chizmalarini tamirlash va sozlash farmoyish bilan bajarilishi mumkin. Ularni ishlash-ishlamasligini tekshirishga farmoyish bergan xodim ruxsat beradi. Bu togridagi yozuvni farmoyish royxatga olinayotganda yoziladi. Ish batamom bitirilgunga qadar elektrodvigatelni ishlash-ishlamasligini tekshirish uchun, uni elektr tarmogiga ulash tartibi quyidagicha: - ish naryad boyicha bajarilayotgan bolsa, ishboshchi naryadning 3-jadvalida ish tamom bolganligini rasmiylashtirib, naryadni topshiradi; - ish farmoyish boyicha bajarilayotgan bolsa, ish toxtatilishi va brigada ish joyidan chiqarilishi shart. Ishlash ishlamasligi tekshirilgandan song naryadning 3-jadvali rasmiylashtirilib, brigada qayta ishlashga ijozat beriladi. Ish farmoyish boyicha bajarilayotgan bolsa, brigadaga qayta ishlashga ijozat berish uchun yangi farmoyish beriladi. Download 91.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling