Maruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish
Download 91.58 Kb.
|
5-6-7-8
YERGA ULOVCHILARNI TURLARI.
Yerga ulovchi qurilmalar deb-yerga ulagichlar-o`tkazgichlar (elektrodlar)ni yerga tegib turgan holatida o`zaro bog`lanishi va yerga ulovchi o`tkazgichlarning elektr qurilmalarni yerga ulanuvchi qismlarini yerga ulovchilar bilan bog`lanishiga aytiladi. Yerga ulanuvchi jixozlarga nisbatan yerga ulagichlarni joylashtirilish joyiga qarab chiqarilgan va konturli turlarga bo`linadi. Chiqarilgan yerga ulovchi qurilmalar yerga ulagichlar maydon chegarasida chiqarilgan bo`lib, yoki maydonning bir chekkasiga umumlashtirilgan. Shuning uchun bu chiqarilgan yerga ulagichlar bir joyga umumlashtirilgan deb ataladi. Bu yerga ulagichni kamchiligi himoya kilinuvchi ob'yektdan yerga ulagichni o`zoqlashtirilganligidir. Shuning uchun himoya territoriyasi qismida tegish koeffitsenti. Shu kamchiligi bilan kuchlanishi 1000 V gacha va yerga qisqa toki yoki kichiq bo`lganda ya'ni yerga ulagichni potentsiali tegish kuchlanishini ruxsat etilgan kiymatidan oshmaganda qo`llaniladi. Avzallik tomoni esa gruntni qarshiligi kichiq bo`lgan joyga elektrodlarni joylashtirishni tanlashni mumkinligidir. Kontur yerga ulovchi qurilmalar elektrodlar va ularni yerga ulagichlari kontur bo`yicha joylashgan bo`lib, yerga ulanishi kerak bo`lgan jixozlar joylashgan maydon ichida joylashtirilishni xarakterlaydi. Maydonda ko`p hollarda elektrodlar maydondan tekis joylashtiriladi va shuning uchun bu konturli yerga ulovchi qurilmalar taqsimlangan deb ataladi. Chiqarilgan yerga ulagich qurilmasi 1-yerga ulagich,2-yerga ulovchi sim,3-yerga ulanuvchi jixoz. qonturli yerga ulagichlar Yerga ulagichlar sun'iy yerga ulash maqsadida sun'iy yerga ulash uchun va tabiiy yerda yotgan predmetlardan qo`llaniladigan yerga ulanishlarga bo`linadi. Sun'iy yerga ulagichlar sifatida odatda tik va gorizontal elektrodlar qo`llaniladi. Tik elektrodlar sifatida diametri 5-6 sm pulat trubalar devorini qalinligi 3.5 mm dan kichiq bo`lmagan qalinligi 4 mmdan kichiq bo`lmagan burchak elektrodlar (ulchamlari 40X40 va 60X60) o`zunligi esa 2.5 -3.0 m bo`lgan turlari qo`llaniladi. Tik elektrodlarni bir-biri bilan birlashtirishda gorizontal elektrodlar sifatida yuzasi 4 X12 mm bo`lgan polasaismon va aylana kundalang kesim yuzali diametri 6mm dan kichik bo`lmagan pulat polasalar qo`llaniladi. Elektrodlarni joylashtirish loyixa asosida bajariladi. Elektrodlarni joylashtirishda yerni quritadigan isiklik trubalar yakinida va neft, moy simiradigan gruntlarda o`rnatish tavsiya etilmaydi chunki yerni quritib qarshiligi oshiradi. Tik elektrodlarni o`rnatish uchun chukurligi 0.7-0.8 m (transheya) uzun chukurchalar kovlanadi, so`ng truba yoki burchak elekrodlar maxsus mexanizmlar-gidroprsesslar, vibratsiyali elektr chuqurga joylashtiruvchilar yordamida bajariladi. Diametri 10-12 mm uzunligi 4-4.5 m bo`lgan pulat sterjenlarni maxsus moslamalar yordamida undan ham o`zunlarni vibratorlar yordamida yer ostiga buralib qoqiladi. Tik elektrodlarning yuqorigi qismi pulat palosalar yordamida payvandlash bilan bir-biriga bog`lanadi. Bunda polosalarni (na rebro)yonbosh qilib qo`yilib payvandlanadi. (Transheyani) chuqurga ariiqni ichiga mayda toshchalardan tozalangan yer sepiladi va yaxshi (trambovka) qisiladi. Bu esa o`z navbatida yerga ulagichni oqish qarshiligi kamaytiradi va metall iqtisodiy tejamni oshiradi. Sun'iy yerga ulanishlar sifatida elektr o`tkazuvchi betonlar ham qo`llanilishi mumkin. Tabiiy yerga ulagichlar sifatida yerda o`rnatilgan suv trubalari va boshqa metall trubalar (yonuvchi suyuqlik, yonuvchi va portlash xavfli gaz trubalaridan tashqari) qo`llaniladi. Shu bilan bir katorda binolarning metall temir beton qonstruktsiyalari yerga ulan ganlari kabellarning kurgoshin kobiqlari gidrotexnik inshoatlarning metall qismlaridan ham qo`llaniladi. Podstantsiyalarda va liniyaga chikuvchi tayanchlarning yerga ulovchilari qo`llanilib bu qurilmalar liniyani chaqmoqdan himoyalovchi trosslariga ulangan bo`ladi. Sun'iy paytlarda tabiiy yerga ulagichlar sifatida xavoda elektr uzatish liniyalarida tayanchlarning temir-beton fundamentlari qo`llanilmoqda. Kapiliyarlik xususiyati bilan beton suv tomchilarini va namlikni simirib armaturalari qarshiligi kamayib o`tkazuvchan bo`lib turadi. Kachiligi-elektr bilan bog`liq bo`lmagan personalarni bu yerga ulagichlarda ishlashi va bu ulagichlarning yerdan ajralish extimolidir (ta'mirlashda,almashtirishda) Download 91.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling