Ma’ruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish


Download 91.58 Kb.
bet6/18
Sana22.12.2022
Hajmi91.58 Kb.
#1043243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-6-7-8

TOK TRANSFORMATORLARI.
Tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amlariga ulangan zanjirlarni (simlarni) uzish qat’iyan man qilinadi.
Agarda bu zanjirlarni uzish zaruriyati tug‘ilgan taqdirda, avval uzish kerak bo‘lgan erdan oldinroq joyga (tok transformatori tarafga qarab) tok transformatori tomonini maxsus ulagich bilan qisqa tutashtirib qo‘yilishi shart. Maxsus ulagich bilan qisqa tutashtirishni bajarayotganda dastasi izolyasiyalangan asbobdan foydalanish zarur.
Tok transformatorlarida yoki uning ikkilamchi chulg‘amlariga ulangan zanjirlarda ish bajarilganda quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish talab qilinadi:
- tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘ami, unga ulanishi kerak bo‘lgan zanjirlardagi montaj ishlari tamom bo‘lgunga qadar, qisqa tutashtirib qo‘yilishi shart. Montaj qilingan zanjirlari tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amiga ulangandan keyin qisqa tutashtirgich yaqinroqdagi qisqichlar yig‘imiga ko‘chirilishi va u faqat hamma montaj ishlari batamom bitirilib, montaj qilingan zanjirlarni to‘g‘ri ulanganligini tekshirib chiqilgandan keyingina olib tashlanishi zarur;
- tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amiga o‘lchov asboblari ulangandan keyingina, uni birlamchi chulg‘amiga qutblarni tekshirish uchun impuls beriladi.
Tok transformatorlarini birlamchi chulg‘amini montaj va kavsharlash ishlarini bajarish uchun tok o‘tkazuvchi sifatida qo‘llash qat’iyan man qilinadi.
Nazorat savollari:

  1. Elektr motor yoki mexanizmda ish olib borishda qanday tadbirlar qo‘llaniladi?

  2. Qanday hollarda va ishlarda elektr motorini o‘chirishni amalga oshirmaslik mumkin?

  3. Qanday hollarda elektr motorini kabel elektr tarmogini erga ulash talab kilinmaydi?

  4. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektrodvigatelda ko‘chma erga ulash uskunasi qanday bo‘lishi kerak?

  5. Nasoslar, tutun mo‘rilari va havo yuboruvchi uskunalar elektrodvigatellarida ishlashga ijozat berishdan oldin qanday exti xavfsizlik choralari ko‘rilishi shart?




Download 91.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling