Maruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish
Download 91.58 Kb.
|
5-6-7-8
KUCHLANISH YOQLIGINI TEKSHIRISH
Kuchlanish yoqligini kuchlanishi korsatuvchi asbob yordamida tekshiriladi. Uni ishlatish oldidan ishga yaroqligini tekshirishga moljallangan maxsus asbob yordamida yoki yaqin orada avvaldan kuchlanish ostida bolgan tok otkazuvchi qismga yaqinlashtirib tekshirib olinadi. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida kuchlanish korsatuvchi asbobdan dielektrik qolqop kiyib foydalanish kerak. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida kuchlanish yoqligini izolyasion shtanga bilan uni tok otkazuvchi qismga bir necha marta tekkizib tekshirish mumkin. Kuchlanish yoqligi uchqun chiqish va chirsillash alomatini yoqligidan xisoblanadi. Bir zanjirli 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yoqligi koronatsiya alomati ovozi chiqib tojlanishni yoqligidir. Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida kuchlanish yoqligini 1000 V kuchlanishdan yuqorisida IV gruppaga ega bolgan, va 1000 V kuchlanishgacha bolgan uskunalarida III gruppaga ega bolgan bitta navbatchi yoki tezkor-tamirlash xodimi tomonidan tekshirishga ruxsat etiladi. Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yoqligini ikki ishchi bajarishi shart: 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmoqlarida IV va III gruppali; 1000 V kuchlanishgacha bolgan elektr uzatish tarmoqlarida III gruppali bolishlari zarur. Kuchlanish yoqligini sxemaga solishtirib joyida tekshirish quyidagi xollarda ruxsat etiladi: ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarida, tashqarida ornatiladigan komplekt taqsimlovchi elektr uskunalar va komplekt transformator punktlarida, shuningdek elektr uzatish tarmoqlarida tuman, yomgir, qor yogayotgan taqdirda maxsus kuchlanishni korsatuvchi asbob yoq, bolgan xollarda; 330 kV va undan yuqori kuchlanishli ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va ikki zanjirli 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida; Xavo va kabel elektr tarmoqlarining kirimlarida kuchlanish yoqligini sxemaga qarab joyida tekshirilgan taqdirda, buni tarmoqning boshqaruvi kimning ixtiyorida bolsa, osha navbatchi tasdiqlaydi. Xavo elektr tarmogida kuchlanish yoqligini sxemaga qarab joyida tekshirish dispetcherlik nomiga mos kelgan tarmoqni yonalishi va tashqi belgisini xamda uning ustunlariga yozilgan belgilariga qarab aniqlashdan iborat. 6-20 kV kuchlanishli yogoch yoki temir-beton ustunli elektr uzatish tarmoqlarida, shuningdek teleskoiik minorada turib ozidan sigim toki oqishi asosida ishlangan kuchlanish korsatuvchi asbob bilan kuchlanish yoqligini tekshirganda, ushbu asbobni etarlicha sezuvchanligi taminlanishi keraq Buning uchun ushbu asbobni ishchi qismini erga ulash kerak. Simlari xar xil balandlikda osilgan elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yoqligini kuchlanish korsatuvchi asbob yoki izolyasion shtanga bilan tekshirish va erga ulagichlarni ornatish eng pastdagi simdan yuqorisiga qarab bajarilishi shart. Simlari gorizontal xolda osilgan elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yoqligini tekshirish eng yaqin joylashgan simdan boshlab bajarilishi kerak. Neytrali erga ulangan 1000 V kuchlanishgacha bolgan elektr uskunalarida ikki qutbli kuchlanish korsatuvchi asbob ishlatilganda ozaro kuchlanish yoqligini xam fazalar orasida, xam fazalar orasi bilan uskunalarning erga ulangan korpusi yoki erga ulangan nollari umumlashtirilgan sim orasida tekshirish kerak. Oldindan tekshirilgan voltmetr xam ishlatishga ruxsat etiladi. Kontrol lampa qollash man qilinadi. Kommutatsion apparatlarning ochganligini xabar qiluvchi uskunalar, blokirovka uskunalari, doimiy ulanib ishlab turgan voltmetrlar va boshqalar faqat kuchlanish yoqligini bildiruvchi qoshimcha vosita xisoblanib, ularning malumotlari boyicha kuchlanishni yoqligi togrisida xulosa chiqarish mumkin emas. Download 91.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling