Ma’ruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish


Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish


Download 91.58 Kb.
bet17/18
Sana22.12.2022
Hajmi91.58 Kb.
#1043243
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
5-6-7-8

Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish
Raqamlanishi zarur bo‘lmagan gilamchalar, tagliklar, hamda xavfsizlik plakatlari va belgilaridan tashqari, ishlatilayotgan barcha izolyasiyalovchi himoya vositalari, himoya belbog‘lari ham raqamlangan bo‘lishi zarur. Elektrostansiya, elektr tarmoqlari va podstansiyalarda har bir himoya vositasi uchun alohida raqamlanadi. Inventar raqamlar bevosita himoya vositasiga yozib qo‘yiladi.
Agar himoya vositalari bir necha bo‘laklardan iborat bo‘lsa (kuchlanish ko‘rsatgichlari, izolyasiyalovchi shtangalar va hokazolar), ushbu vosita uchun umumiy bo‘lgan raqam jami bo‘laklarga alohida yozilishi zarur. Himoya vositalarining raqami barcha bo‘laklarda bir xilda bo‘lsa, zavod raqamini qo‘llash mumkin.
Elektrostansiya sexlari, podstansiya (markazlashtirilgan xizmat ko‘rsatilganda bo‘lim va uchastkada) laboratoriya, qurilish-montaj tashkilotlari uchastkalari va boshqa joylarda himoya vositalarini hisobga oluvchi va holatini nazorat qiluvchi, ularning nomi va raqami qayd qilingan, saqlanish joyi ko‘rsatilgan, vaqti-vaqti bilan sinash va ko‘rikdan o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan qayd etish jurnali olib borilishi zarur. Jurnal tavsiya qilingan shaklda (1-ilovaga qaralsin) to‘ldirilib borilishi va har 6 oyda bir marta himoya vositalari holatiga javobgar ma’muriy texnik xodim tomonidan nazorat qilib turilishi zarur. SHaxsiy foydalaniщda bo‘lgan himoya vositalari ham, himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnalida qayd kilinishi, ularning berilgan vaqti va xodimning vositani olganligi to‘g‘risidagi imzosi bo‘lishi zarur.
Himoya vositalari tayyorlangandan so‘ng har bir himoya vositasi namunasini qabul qilish va topshirish, davriy (vaqti-vaqti bilan) va namunaviy sinovlardan o‘tkazish talab qilinadi (GOST 16504-81). Ishlatilayotgan himoya vositalari davriy va navbatdan tashqari (ta’mirlashdan kyoyin o‘tkaziladigan) sinovlardan o‘tkazilishi lozim.
Izolyasiyalovchi tagliklar, dielektrik gilamchalar, ko‘chma erga ulagichlar, to‘siqlar, plakat va belgilardan tashqari, zavodlardan yoki omborlardan ishlatish uchun olingan hamma himoya vositalari ishlatish sinovlari me’yorlari bo‘yicha sinovdan tekshirilishi shart.
Izolyasiyalovchi dastakli uskuna va 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgachlaridan tashqari, sinovga bardosh bergan barcha himoya vositalariga quyidagi shakllarda keltirilgan shtamplardan biri qo‘yilishi zarur.
Elektr himoya vositalari uchun shtamp namunasi:

№ ____________________________
_________________________kV kuchlanishgacha yarokli.
Kyoyingi sinov muddati 200__ y "____" ________________________
___________________________________________________________
(laboratoriya nomi)

Elektr uskunalari kuchlanishidan qati nazar ishlatiladigan himoya vositalari va saqlagich moslamalari (dielektrik qo‘lqoplar, protivogazlar, montyorning himoya belbog‘lari, xavfsizlikni ta’minlovchi xavfsizlik arqonlari va h.k. lar) uchun shtamp namunasi:

№ ____________________________
_________________________kV kuchlanishgacha yarokli.
Keyingi sinov muddati 200__ y "____" ________________________
___________________________________________________________
(laboratoriya nomi)

SHtamp rezina mahsulotlari chetiga, saqlagich moslamalari va elektr himoya vositalarini izolyasiya qismidagi chegaralovchi halqa yoniga chidamli hamda yuvilib ketmaydigan bo‘yoq bilan bosilgan bo‘lishi yoki elimda yopishtirilishi kerak. Bir necha bo‘lakdan iborat bo‘lgan himoya vositasiga shtamp himoya vositasining faqat bir bo‘lagiga bosilishi lozim. Ishga yaroqsiz deb topilgan himoya vositasining eski shtampi qizil bo‘yoq bilan o‘chirib tashlanishi zarur.
Himoya vositalarini sinovdan o‘tkazuvchi laboratoriya elektr va mexanik sinov natijalarini ixtiyoriy shakldagi jurnalda qayd qiladi. Dielektrik rezinadan qilingan ko‘p miqdordagi himoya vositalarining sinov natijalarini alohida jurnalda qayd qilish mumkin (2-ilova). Begona tashkilotlarga tegishli himoya vositalariga ham shtamp bosiladi va bundan tashqari, buyurtmachiga sinov bayonnomasi beriladi (3-ilova).

Download 91.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling