Ma’ruza ish joyini tayorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish


ELEKTROSTANSIYA VA PODSTANSIYALARNING ELEKTR


Download 91.58 Kb.
bet12/18
Sana22.12.2022
Hajmi91.58 Kb.
#1043243
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
5-6-7-8

ELEKTROSTANSIYA VA PODSTANSIYALARNING ELEKTR
USKUNALARIDA ERGA ULAGICHNI O‘RNATISH
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish olib borish uchun ajratilgan uchastkaga kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‘lgan barcha taraflaridagi tok o‘tkazuvchi qismlarni xamma fazalari (qutblari) erga ulanishi shart. Butunlay o‘chirilib, bitta erga ulagich o‘rnatish etarli bo‘lgan umumiy shinadagi ish bundan mustasno.
O‘chirilgan tarmoq ayirgichlarida ish olib borganda, ulardagi erga ulagich pichoqlarining borligidan qatiy nazar, ayirgichlardan ketgan elektr uzatish simlariga, ish jarayonida ayirgichlarni o‘chirib-yoqqanda buzmaydigan qilib, qo‘shimcha erga ulagich o‘rnatilishi shart.
Elektr uskunalarning erga ulangan tok o‘tkazuvchi qismi kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismidan ko‘zga ko‘rinadigan qilib uzilgan joy bilan ajratilishi shart.
O‘rnatilgan erga ulagichlar bevosita ish bajarilayotgan tok o‘tkazuvchi qismlardan o‘chirilgan o‘chirgichlar, ajratgichlar, uzgichlar yoki quvvat ayirgichlari, olib qo‘yilgan saqlagichlar, olib tashlangan shina va simlar orqali ajratilgan bo‘lishi mumkin.
Agar boshqa kuchlanish ostidagi elektr uskunalari elektr maydoni ta’sirida ish joyida kuchlanish (potensial) xosil qilishi mumkin bo‘lsa, bevosita ish joyiga qo‘shimcha erga ulagich qo‘yilishi shart.
Ko‘chma erga ulagichlar tok o‘tkazuvchi qismlarning bo‘yoqlaridan tozalangan joylariga qo‘yilishi kerak.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarining umumiy shinalari, (izolyasiyali simlardan qilingan shinalardan tashqari) va shchitlarida ish olib borganda, ushbu uskunalardan kuchlanish olinishi va erga ulanishi shart.
Bu taqsimlovchi elektr uskunalarning ulamalariga ulangan elektr tarmoqlariga, shchitlariga yig‘imlari va ularga ulangan jixozlariga erga ulagichni o‘rnatish kerakligini va mumkinligini naryad beruvchi yoki farmoyish beruvchi aniqlaydi.
Ishni bajarish xususiyati (izolyasiya qarshiligini o‘lchash va x.q) talab qilgan taqdirda ish joyini tayyorlashda qo‘yilgan erga ulagichni vaqtinchalik olib qo‘yishga ruxsat beriladi.
Erga ulagichni vaqtinchalik olish va qayta o‘z joyiga qo‘yishni navbatchi, tezkor-ta’mirlash xodimi yoki naryad beruvchi ko‘rsatmasi bilan ishboshchi amalga oshiradi.
Erga ulagichni vaqtinchalik olishga va uni ish bajaruvchi tomonidan amalga oshirilishini naryadning «Aloxida ko‘rsatmalar» satriga yozib qaerda va nima maqsadda erga ulagich olinishi kerakligi qayd qilinishi shart.
. Elektr uskunalarning erga ulagich o‘rnatish xavfli yoki o‘rnatishning iloji bo‘lmagan konstruksiyalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi yashiklarda, komplekt taqsimlovchi elektr uskunalarining ayrim tiplarida, fazalari vertikal joylashgan taqsimlovchi shchitlarda) ish joyini tayyorlashda erga ulagichni qo‘ymasdan ajratgich pichoqlariga dielektrik qo‘lqop kiygizish yoki kommutatsion apparatlarining kontaktlari orasiga izolyasion nakladka qo‘yish mumkin.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida erga ulagichni qo‘yish va olish III gruppaga ega bo‘lgan bir navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimiga ruxsat etiladi.
1000 V va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida:
Ko‘chma erga ulagichlarni o‘rnatishni ikki kishi bajarishi shart: biri IV gruppali (navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan), boshqasi III gruppali; III gruppali ishchi ta’mirlash xodimlaridan bo‘lishi mumkin, iste’molchilar ulamasiga erga ulagichni o‘rnatish iste’molchi xodimlari qatnashuvida bajariladi. Uzoqda joylashgan podstansillarda ma’muriy texnik xodimlarning yoki disietcherning ruxsati bilan asosiy sxemalarda erga ulagichni urnatishda ikkinchi xodim sifatida III gruppali iste’molchi xodimi ishlashiga ruxsat beriladi;
erga ulagich pichoqlarini IV gruppaga ega bo‘lgan navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan bir kishi ulashi mumkin;
erga ulagich pichoqlarini o‘chirish va ko‘chma erga ulagichni olishni navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan III gruppaga ega bo‘lgan bir kishi bajarishi mumkin.



Download 91.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling