Ma’ruza. Kirish. Hayotiy jarayonlar. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari


Download 135.12 Kb.
bet14/18
Sana31.01.2024
Hajmi135.12 Kb.
#1829045
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1 Maruza

Prenatal davr. Organizmning individual o’sishi va rivojlanishi tuxum hujayrasining urug’lanishidan boshlanadi. Urug’langan tuxum hujayra blastomerlarga bo’linadi va bu jarayon 5-6 kun davom etadi. Blastomerlar bir haftalik bo’lgandan boshlab bachadonning shilliq kavatida rivojlanadi. Keyingi ikki haftada gastrulyatsiya jarayoni bo’ladi va a’zolar shakllana boshlaydi. Gastrulyatsiya davomida embrionning ikki qavati ekto - va endodermalar hosil buladi. Keyinchalik ular orasida uchinchi qavat - mezoderma paydo bo’ladi. Endodermadan ovqat hazm bo’lishida ishtirok etuvchi bezlar, oshqozon va ichaklar shilliq qavatlari, ichki sekretsiya bezlar, o’pkalar hosil bo’ladi.
Ektodermadan epiteliy to’qimasi, og’iz va burun shilliq qavati, nerv va sensor tizimlar hosil bo’ladi. Mezodermadan skelet muskullari, ayirish a’zolari, jinsiy bezlar, biriktiruvchi to’qimalar, qon tomirlari, qon hosil kiluvchi a’zolar shakllanadi. Olti haftali homilaning bo’yi 2 santimetrga yetadi, unda bilinar-bilinmas qo’l va oyoq panjalari, ustki va pastki jag’lar shakllana boshlaydi. Sakkiz haftali homilaning bo’yi taxminan 4-5 santimetrga yetadi, bosh qismi kattalashadi, bosh miya yarim sharlari rivojlana boshlaydi. Uning yuz qismdagi a’zolarni ham bir-biridan ajrata olish mumkin.
Uch oylik embrion odam qiyofasiga kirgan bo’ladi va embrion yoidosh yordamida oziqlanishga o’tganda homila davri boshlanadi. Homilaning uzunligi o’rtacha 8-10 sm bo’lib, bosh qismi tanasiga nisbatan katta bo’ladi. Uning yuz qismi to’liq shakllanadi. Homila hayotining 28 haftasida tez o’sadi va rivojlanadi hamda ona organizmidan tashqarida hayot kechirishga layoqatli bo’ladi. Bunday homilaning bo’yi 35,5 sm va massasi esa 1300 g bo’ladi. To’kqiz oylik homilaning bo’yi 50 santimetrga yaqin, og’irligi esa 3,0 — 3,5 kilogrammga yetishi mumkin. Har bir organizmning prenatal davrda bosib o’tiladigan hayot jarayonlari, a’zo va tizimlarning shakllanishi genetik dasturga kiritilgan bo’lib, dasturning rivojlanishida tashqi muhit omillarining (ijtimo’ly omil, ovqatlanish omili, iqlim omillari va boshqalar) roli katta bo’ladi.

Download 135.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling