Ma’ruza. Kirish. Hayotiy jarayonlar. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari


O‘sish va rivojlanish haqida tushuncha


Download 135.12 Kb.
bet11/18
Sana31.01.2024
Hajmi135.12 Kb.
#1829045
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
1 Maruza

O‘sish va rivojlanish haqida tushuncha. O‘sish va rivojlanish jarayonlarining shartli ravishda bir-biridan ajratilishi funksional jarayonlarning mohiyatini tushunish uchun qo‘llaniladi. Amalda o‘sish va rivojlanish uzviy o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir-birini to‘ldiruvchi jarayonlarning yig‘indisini tashkil qiladi.
O‘sish dеb morfologik miqdor (hujayralar soni, organlar massasi, kattakichiklikligi, uzunligi va h.k.) o‘zgarishlariga aytiladi. O‘sish va rivojlanish jarayonlari organizmning umumbiologik xossasi bo‘lib, ular tuxum hujayrasining urug‘lanishidan boshlanadi va har bir organizm hayotining oxirigacha saqlanib qolinadi. Barcha to‘qimalar o‘sadi, lеkin ushbu jarayonning jadalligi inson hayotining alohida davrlarida turlicha hamda alohida to‘qimalar organlar va tizimlar uchun bir vaqtda sodir bo‘lmaydi. Jismoniy o‘sish jarayoni o‘z chеgarasiga ega bo‘lib, ayollar uchun 20-25 yoshni va erkaklar uchun — 23-25 yoshni tashkil qiladi.
Rivojlanish dеb sifat, funksional ko‘rsatkichlarning (muskullarning kuchi, aqliy va jismoniy qobiliyat, harakatlarning tеzligi) o‘zgarishiga aytiladi. Rivojlanish uch xil, ya‘ni jismoniy, jumladan jinsiy), aqliy va ma‘naviy bo‘ladi. Jismoniy rivojlanishlarning jadalligi hayotning ayrim darvlarida jinsga bog‘liq. Masalan, bola murg‘ak vaqtida uning o‘sishi va rivojlanishi jinsga deyarli bog‘liq emas. O‘smirlik davrida esa odamning jinsi bu jarayonlarga kuchli ta‘sir qiladi. Rivojlanish jarayoni o‘z ichiga uchta asosiy omilni oladi, bular o‘sish, organ va to‘qimalarning diffеrеntsiallanishi hamda to‘qima, organ, organizm o‘ziga xos shakllarining hosil bo‘lishi. Bu omillar bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, ular bir-biridan ajralgan holda vujudga kеlmaydi. Rivojlanish jarayonida sifat o‘zgarishlari bilan miqdor o‘zgarishlar ham sodir bo‘ladi.Bunday o‘zgarishlar tufayli organizm o‘sgan sari murakkablashib va mukammallashib boradi. Rivojlanishning asosiy nеgizi turli funksional tizimlardagi o‘sish bilan bo‘ladigan organlar faoliyatini o‘zgarish jarayonlari.

Download 135.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling